Paskal tilida dasturni sozlash jarayonida dastur kiritalgandan keyin boshlanadi.
Dasturni chaqirish uchun katalogdan TURBO.EXE fayli topiladi va Enter klavishasi bosiladi. Natijada ekranda Paskal 7.0 haqidagi ma’lumotlar quyida gi ko‘rinishda chiqadi.
Har bo‘lim o‘z bandlariga ega bo‘lib, ularning ichida … belgi bilan tugaganlari aloxida muloqot darchalariga ega bo‘ladilar. FILE bo‘limiga murojaat etilganda xosil bo‘lgan majmuada OPEN … bandi kompyuter xotirasidan Paskal fayllarini ekranga chiqarish uchun muljallangan. Mazkur band faollashtirilganda muloqot darchasi xosil bo‘lib, u yerda kerakli fayl katalog ichidan axtariladi.
New yordamida yangi dastur matnini kiritish uchun oyna ochiladi.
Save dasturni xotiraga kiritadi.
Save as … dasturni biror nom ostida xotiraga kiritadi.
Save all barcha fayllarni xotiraga kiritadi.
Change dir … yangi katalog xosil qiladi.
Print dastur matnini chop etadi.
Get info … dastur hisoblashi davomida kompyuter imkoniyatlaridan foydalanish darajasi haqida ma’lumot beradi.
Dos sell dasturdan vaktincha operatsion tizimga chikib turish imkoniyatini yaratadi.
Exit NC ga chiqiladi.
Edit Paskal dasturlarni taxrir qilish vazifasini bajaradi. Taxrir qilish davrida belgilangan bo‘laklar ustida amal bajarish uchun klaviaturadagi tugmalarning quyida gi majmuasidan foydalanishimiz mumkin:
Ctrl + K+ B – ajratiluvchi bo‘lakning boshini belgilash;
Ctrl + K+ K – ajratiluvchi bo‘lakning oxirini belgilash;
Ctrl + K+ S – belgilangan bo‘lakning nusxasini olish;
Ctrl + K+ V – belgilangan bo‘lakni boshka joyga kuchirish;
Ctrl + K+ Y – belgilangan bo‘lakni uchirish;
Ctrl + K+ R – belgilangan bo‘lakni chop etish;
Ctrl + K+ N – belgilash amalini bekor qilish;