4. Hujjatlarni yaratish, saqlash va chop etish.
Hujjatlarni yaratish
Avvalo matn nimalardan tashkil topadi, uning elementlari qaysilar kabi savollarga javob berib o‘tamiz.
Matn — simvol, so‘z, qator, parcha, Abzats (xat boshi), sahifa kabilardan tashkil topgan.
Simvol (belgi) — bu matnning eng kichik elementidir. U o‘lchov, yozilish usuli (oddiy, qalin, yozma, chiziqli), rang, shrift, pozitsiya (yozilish o‘rni) kabi xususiyatlarga ega.
Simvollar ketma-ketligi quyidagi obyektlarni tashkil etadi -so‘z, parcha, Abzats, matn sahifasi.
So‘z — bu ikki tomondan ajratuvchi simvollar (bo‘sh simvol, nuqta, vergul va h.k.) bilan chegaralangan simvollar ketma-ketligidir. Keltirilgan xususiyatlarga qo‘shimcha -birinchi (oxirgi) simvol mavjudligi hamda simvollar soni cheklanganligi (so‘z o‘zunligi).
Qator — shu nomli kod bilan tugagan simvollar ketma-ketligi.
Qo‘shimcha xususiyatlar -qator boshi va oxiri, matnda qator tartib raqami, qator o‘zunligi, qatorning chap va o‘ng chegarasi mavjudligi.
Parcha — matnning belgilab olingan qismi.
Abzats — Abzats belgisi bilan ajratilgan simvollar ketma-ketligi. Abzats simvoli chop etilmaydi, matnga ENTER tugmachasi bosilganda kiritiladi. Abzatsning qo‘shimcha xususiyatlari -chap va o‘ng chegaralari, Abzats boshidagi siljish, qatorlar soni, qatorlar o‘rtasidagi interval, varaqdagi joylanishi.
Sahifa — bu saqifa kodi bilan tugallanuvchi qatorlar to‘plami. Qo‘shimcha xususiyatlari -saqifa tartib raqami, saqifadagi qatorlar soni.
Asosiy global obyekt — matnning o‘zidir. qo‘shimcha xususiyatlari -matn boshi va oxiri, matndagi qatorlar soni, matnning varaqda joylanishi.
Kompyuterga matn kiritish qoidalari quyidagicha:
- Simvol kursor turgan joyga kiritiladi.
- Sichqoncha ko‘rsatkichi kursorni kerakli joyga tez olib borish uchun ishlatiladi va matn terish jarayonida qatnashmaydi.
- ENTER tugmachasini faqat Abzats oxirida bosish zarur.
- Matnni o‘rtaga joylashtirish, Abzats siljishini qo‘yish va matnni bir tomonga surish uchun «Пробел» (Bo‘sh joy) tugmachasidan foydalanish tavsiya etilmaydi.
- Matn terish jarayonida uni tez-tez xotiraga saqlab qo‘yish lozim.
- Sahifalarga tartib raqami klaviaturadan kiritilmaydi.
- Nuqta va verguldan oldin bo‘sh simvol qo‘yish tavsiya etilmaydi.
Endi matnda harakatlanish uchun ishlatiladigan asosiy tugmachalarni ko‘rib chiqayliq:
Bitta bo‘sh qator kiritish uchun kursorni oldingi qatorning oxirgi simvolidan keyin qo‘yib, ENTER tugmachasi bosiladi.
Bitta qatorni ikkiga bo‘lish uchun yangi qator boshlanishi kerak bo‘lgan pozitsiyaga kursorni olib borib, ENTER tugmachasi bosiladi.
Ikkita qatorni birlashtirish uchun kursorni birinchi qatorning oxirgi simvolidan keyin qo‘yib, Delete tugmachasi bosiladi.
Word matn muharririda yangi hujjatlar yaratish bir necha usullar bilan amalga oshiriladi -
1. Standart piktogrammalar qatorida piktogrammasi ustida sichqoncha bosiladi. Ekranda «toza qog‘oz» paydo bo‘ladi. Yangi hujjat ochilishini oynaning sarlavha qatorida Документ so‘zi yonidagi tartib raqamining o‘zgarishidan bilamiz.
2. Xuddi shu amalni «Файл» menyusidagi «Создать» (Yaratish) buyrug‘i orqali ham amalga oshirish mumkin. Bu holda ekranda quyidagi oyna namoyon bo‘ladi.
Bu oynalarni savol-javob (dialog) oynalari deb atashadi. Mazkur oynada tizim sizga bir nechta andozalarni (shablonlarni) tavsiya etadi. Masalan, hisobotlar shakli, fakslar, xatlar, yozuvlar va boshqa hujjatlar andozalari shu yerda jamlangan. Siz o‘z hisobotingizni mavjud andozaga solib yaratishingiz mumkin.
Ma’lumki, yozuv mashinkasida matn yozilganda qog‘ozga chegara qo‘yiladi. Bunda karetka ma’lum joyga kelgach, qatordan qatorga avtomatik ravishda o‘tadi. Shunga o‘xshash amallarni WORDda bajarish uchun «Файл» menyusidan o‘rin olgan «Параметры страницы» (Sahifa parametrlari) buyrug‘ini ishlatish lozim
Namoyon bo‘lgan oynaning «Поля» qismida qog‘ozga chegaralar (yuqori, quyi, chap, o‘ng tomonlardan) qo‘yiladi. Buning uchun har bir darchaning yonida tepaga va pastga qaragan uchburchaklar mavjud. Ular mos ravishda chegara enini oshiradi va kamaytiradi.
Dostları ilə paylaş: |