Hujjatlarni saqlash Hujjat tayyor bo‘lgandan so‘ng uni saqlab qo‘yish lozim. Buning uchun «Файл» menyusidagi «Сохранить как» buyrug‘ini ishlatamiz (7.8-rasm):
Ekranda namoyon bo‘lgan oynani tahlil etib chiqaylik. Papka darchasida hujjatni eslab qolish lozim bo‘lgan jild yoki disk nomi turadi. Rasmda «Мои документы» (Mening hujjatlarim) jildi aks ettirilgan. Agar ro‘yxatdan jildning nomi almashtirilmasa, kompyuter hamisha hujjatni «Мои документы» (Mening hujjatlarim) jildiga saqlaydi. Agar hujjatni disketada saqlash talab etilsa, ro‘yxatdan disk nomi tanlab olinadi (Disk 3,5 A).
«Имя файла» (Fayl nomi) darchasida hujjatga nom beriladi. Uni kirill yoki lotin alifbosida berishingiz mumkin. Nom bir so‘zdan, jumladan, gapdan, sondan iborat bo‘lishi mumkin. «Тип файла» (Fayl turi) darchasida fayl turi tanlanadi. U doc, rtf, html fayl yoki Word muharririning oldingi versiyalarida saqlanishi mumkin.
Barcha zarur ma’lumotlar kiritilgandan so‘ng, «Сохранить» (Saqlash) tugmachasi bosiladi. Agar biror xatolik o‘tib ketgan bo‘lsa, «Отмена» (Bekor qilish) tugmachasi bosiladi.
«Папка» (Jild) darchasidan keyin joylashgan piktogrammalar quyidagilarni bildiradi:
— bir pog‘ona yuqoriga o‘tish, ya’ni jildning ichidan yuqori -qatlamga chiqish;
— «Избранное» («Tanlangan») jildini tanlash;
— yangi jild yaratish;
— jild va fayllarni ro‘yxat ko‘rinishida tasvirlash;
— jild va fayllarni jadval ko‘rinishida (hajmi, yaratilgan sanasi, vaqti va q.k.) tasvir etish;
— jild va fayllarning xususiyatlarini aks ettirish;
— buyruqlar va rejimlar piktogrammasi.
Mazkur hujjatga ishlov berish tugaganidan keyin uni yopish zaruriyati tug‘iladi. Buning uchun «Файл» menyusidagi «Закрыть» (Yopish) buyrug‘ini faollashtirish lozim.
Dastur ishini tugatmasdan barcha ochilgan fayllarni yopish uchun SHIFT tugmachasini bosib, «Файл» menyusida «Закрыть все» (Barchasini yopish) buyrug‘ini faollashtirish kerak.