Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə60/116
tarix07.01.2024
ölçüsü1,64 Mb.
#202599
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   116
INFORMA-lot (1 var)

«Автофигуры» (Avtoshakllar) bo‘limini ishlatsangiz matnga tayyor geometrik shakl­lar kiritish imkoniyatini qo‘lga kiritasiz. Masalan, to‘g‘ri to‘rtburchak, aylana, turli chiziqlar, har xil shaklli ko‘rsatkichlar, blok-sxemalar elementlari, yuldo‘zchalar, bayroqchalar va h.k. Shakllar o‘lchovini o‘zgartirish talab etilsa yuqorida rasm uchun bajargan amallarni takrorlang. Shakllar chegarasini, aylanishini, rangini, soyasini hamda xajmli effektlarni qo‘llash uchun avtoshaklni belgilab, rasm piktogrammalari qatoridagi «Рисование» (Chizish) knopkalardan foydalanish kerak:

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18
1. Grafik obyektlar va matn o‘rtasidagi tartibni o‘rnatish, grafik obyektlarni guruhlash, tarqatish, qayta guruhlash, turni o‘rnatish, to‘rdagi tugun nuqtalarni siljitish, tekislash, taqsimlash, aylantirish, akslantirish va o‘zgartirish, avtoshakllarni o‘zgartirish uchun xizmat qiladi.
2. Obyektni tanlaydi.
3. Tanlangan obyektni ixtiyoriy burchakka aylantirish.
4. Tayyor geometrik shakllar.
5. Chiziqlar chizish.
6. Ko‘rsatkichli chiziqlar chizish.
7. Kvadrat yoki tug‘ri to‘rtburchak chizish.
8. Ellips yoki aylana chizish.
9. Faol oynada yozuv yaratish (rasm yoki diagrammalarda, sarlavhalarda ishlatiladi).
10. WordArt ilovasidan foydalanish (keyinroq batafsil ko‘rib chiqamiz).
11. Belgilangan obyekt ichidagi rangni o‘zgartirish, olib tashlash.
12. Belgilangan obyekt chiziqlari rangini o‘zgartirish, qo‘shish yoki olib tashlash.
13. Belgilangan matn shriftining rangini o‘zgartirish.
14. Chiziq turi (belgilangan chiziq turi va qalinligini o‘zgartirish).
15. Shtrix turi (belgilangan chiziqni shtrix yoki punktir chiziq qilib jihozlash).
16. Ko‘rsatkich turi (belgilangan chiziq uchun ko‘rsatkich turini tanlash).
17. Soya ( belgilangan obyektga soya quyish).
18. Hajm ( belgilangan obyektni hajmli qilish).

«Рисунок» (Rasm) buyrug‘idagi Obyekt WordArt bo‘limini ishlatish yordamida matnni chiroyli shakllarga keltirish mumkin.
Namoyon bo‘lgan oynada (7.20-rasm) sizga yokkan usulni tanlab oling va OK tugmachasini bosing. Izmeneniye teksta WordArt oynasi paydo bo‘ladi. Mazkur oynaning Текст надписии (Yozuv matni) qatoriga kerakli matnni kiriting, boshka parametrlarni o‘zgartiring va yana OK tugmachasini bosing. Boshqa murakkabroq o‘zgartirishlar kiritish uchun WordArt piktogrammalar panelidan foydalanish mumkin.

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
Bu piktogrammalar qo‘yidagi amallar uchun xizmat qiladi:
1. WordArt obyektini qo‘shish.
2. Matnni o‘zgartirish.
3. WordArt to‘plami.
4. Obyekt bichimi.
5. WordArt shakli (obyektni kog‘ozda bir necha xil usulda joylashtirish mumkin.) (7.21-rasm).

6. Ixtiyoriy aylantirish.
7. WordArt harflarini balandligi bo‘yicha tekislash.
8. WordArt matnini vertikal va gorizontal joylashtirish.
9. WordArt tekislash.
10. WordArt simvollari o‘rtasidagi masofani o‘zgartirish.
WordArt obyektining o‘lchovlarini siz bilgan usulda o‘zgartirish mumkin.



Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin