Jadvallar yaratish. Jadval vertikal va gorizontal chiziqlardan iboratdir. Ular kesishib, panjara (reshetka) hosil qiladi. Shu panjara ichidagi har bir katakcha yacheyka deyiladi.
Qator — bu gorizontal chiziqda joylashgan yacheykalardir, ustun — bu vertikal chiziqda joylashgan yacheykalardir.
J advallardan sonlarni ustunda tekislash uchun foydalanish mumkin; bu holda ularni saralash va ular o‘stida hisoblash amallarini bajarish soddalashadi. Shuningdek, jadvallarni matnning abzatslarini va ularga mos rasmlarni tekislashda ishlatish mumkin. Bush jadvalni yaratish uchun «Добавить таблицы» (Jadval qo‘shish) piktogrammasini (u standart uskunalar panelida joylashgan) bosish kerak, sung zarur bo‘lgan qatorlar va ustunlar sonini
sichqoncha ko‘rsatkichini siljitish yuli bilan belgilash kerak.
Jadvallar ma’lumotni tartiblash va sahifada grafika va matnni ustun holatida joylashtirish orqali tashkil qilingan qizik maketlar yaratish uchun ishlatiladi. Oddiy jadvalni, masalan, ustun va qatorlar soni bir xil bo‘lgan jadval yaratishning qiska yuli «Добавить таблицы» (Jadvalni qo‘shish) tugmachasini ishlatishdir.
Murakkabroq jadvalni, masalan, turli balandlikdagi yacheykalarni hamda qator va ustunlari har xil bo‘lgan jadvalni yaratish uchun «Нарисовать Таблицы» (Jadvalni chizish) tugmachasidan foydalaniladi. Bu usul qo‘lda jadval chizishga uxshaydi.
Yangi jadval yaratib, bo‘sh yacheykalarni to‘ldirish mumkin va, aksincha, mavjud matnni jadvalga aylantirish mumkin. Shuningdek, jadvalni mavjud ma’lumotlar yordamida, masalan, ma’lumotlar bazasi yoki elektron jadvallar yordamida tuzish mumkin.
Amaldagi matnni jadvalga aylantirish uchun uni ajratib olib, so‘ng «Таблица» (Jadval) menyusida «Преобразовать таблицы» (Jadvalga aylantirish) buyrug‘ini tanlash kerak.
Jadvaldan yacheykalarni, qatorlarni va ustunlarni yuqotish Yacheykalarni o‘chirishdan oldin yacheyka belgilarini aks ettiruvchi rejimni yokish zarur. Katorlarni o‘chirishdan oldin qator belgilarini aks ettiruvchi rejimni yoqish zarur (7.22-rasm).
O‘chirilishi zarur bo‘lgan yacheyka, ustun va qator belgilanadi. «Таблица» (Jadval) menyusida «Удалить ячейки» (Yacheykalarni yukotish),