Yacheyka – ma’lumot, raqam yoki formula kiritiladigan katakcha.
Ma’lumotlar bazasi - bu bir xil strukturali ma’lumotlar majmuidir.
EXCELning varag‘i - yacheykalaridan tashkil topgan jadvaldan iborat bo‘ladi.
Avtoformat - mavjud jadval shakllar asosida kerakli ko‘rinishini olishi.
Asboblar paneli - bu odatda darcha orqasidagi joylashgan tugmachalar majmuyidan iborat bo‘lgan menyu. Bunda tugmachani bosish natijasida biror komanda tezroq bajariladi. Xar bir tugmacha aniq vazifa va nomga ega. Tugmachalar biri birdan tasviri bilan farqlanadi. Kommandani bajarish yoki bekor qilish uchun tugmachada sichqoncha chap tugmasini bir marta bosish zarur.
Belgilarni formatlash - belgi shrifti turini, rangini o‘lchamini o‘zgartirish.
Jadvalni taxrirlash - jadval yacheykalari ustida qo‘shish, o‘chirish va taxrirlash amallari bajarish tushuniladi.
Jadvalni formatlash - jadval katakchalari, belgilari shakllantiradi.
Joriy xolat - ayni daqiqada ishlayotgan xolat tushuniladi.
Imloni tekshirish - matnni to‘liq yoki belgilangan qismining imlo xatolari tekshiriladi va zarur xolda to‘g‘rilanadi.
Nazorat savollari:
Microsoft Excel dasturi nima va nima uchun ishlab chiqilgan?
Microsoft Excel da ma’lumotlar qanday ko‘rinishda yoziladi?
Elektron jadvallar yacheykalari necha xil bo‘ladi?
Formulalar nima va ular qayerda yoziladi?
Microsoft Excel ning asosiy ish obyekti nima?
Ishchi kitob nima va u nimalarni o‘z ichiga oladi?
Microsoft Excel dasturini ishga tushirish usullarini aytib bering.
Ilovalar darchasining asosiy elementlari nimalardan iborat?
Uskunalar paneli necha turga bo‘linadi?
Elektron jadvalning asosiy elementlarini aytib bering.
Ishchi hujjat darchasining asosiy elementlari nimalardan iborat?
Yacheyka yoki diapazonni ajratib ko‘rsatish qanday amalga oshiriladi?
Ustunlar sarlavxasi qanday belgilanadi?
Varaq yorlig‘i nima?
Yangi ishchi kitob qanday yaratiladi?
Ishchi varaq qanday faollashtiriladi?
Ishchi jadvaldagi varaqlar qanday kayta nomlanadi?
Ishchi kitobga yangi varaqlar kiritish qanday amalga oshiriladi?
Ishchi kitobdan varaqlar qanday olib tashlanadi?
Microsoft Excel da matnlar deyilganda nima tushuniladi?
Yacheyka kengligi va balandligi qanday o‘zgartiriladi?
Ustunlar kengligi qanday o‘zgartiriladi?
Qatorlar balandligi qanday o‘zgartiriladi?
Microsoft Excel da sonlarni kiritish usullari qanday?
Sonli qiymatlar necha xilda bichimlanadi? Ularni sanab bering.
Sonlarni bichimlash qanday usullarda amalga oshiriladi?
Yacheykadagi ma’lumotlar qanday yo‘qotiladi?
Yacheykadagi ma’lumotlarni tahrirlash qaysi usullar bilan amalga oshiriladi?
Ma’lumotlarni nusxalash usullari qanday?
Uskunalar paneli yordamida nusxalash qanday amalga oshiriladi?