«Мастер функций» (Funktsiyalar ustasi) ni qo‘llash funktsiyaning yozilishi va uning hamma argumentlarini sintaktik to‘g‘ri tartibda kiritilishini ta’minlaydi. «Мастер функций» (Funktsiyalar ustasi) ni ishga tushirish uchun standart uskunalar panelidagi
piktogrammasini sichqoncha ko‘rsatkichi bilan tanlash lozim. «Мастер функций» (Funktsiyalar ustasi) ikkita muloqat shaklidagi darchasiga ega. Kategoriyalar darchada 11 ta turli xil sohalarga tegishli bo‘lgan funktsiyalar kategoriyalari berilgan. Agar foydalanuvchining masxus funktsiyalari ham qo‘llanilsa, bu kategoriyalar soni undan ham ko‘p bo‘lishi mumkin. Funktsiyalar ro‘yxatidagi kategoriyalardan biri tanlab olinsa, muloqot oynasida shu funktsiya kategoriyasiga tegishli funktsiyalarning ro‘yxati chiqadi. Ro‘yxatlar darchasida funktsiyalardan biri tanlab olinsa, argumentlar ro‘yxati bilan foydalanish haqida qisqacha ma’lumot paydo bo‘ladi. Bu quyidagi rasmda keltirilgan (5.9-rasm):
«Мастер функций» (funktsiyalar ustasi) bilan ishlash haqida tavsiyanomalar 1. Agar tanlangan funktsiya haqida qo‘shimcha ma’lumot olmoqchi bo‘lsangiz, unda sichqoncha ko‘rsatkichini «Справка» (Ma’lumot) tugmasiga olib borib bosing.
2. Yangi funktsiyani kiritishda «Мастер функций» (Funktsiyalar ustasi) avtomatik ravishda qator boshiga «q» (teng) belgisini qo‘yadi.
3. «Мастер функций» (Funktsiyalar ustasi) ni chaqirishda yacheyka bo‘sh bo‘lmasa, unda yacheykadagi ma’lumotlar o‘chirib tashlanadi.
«Мастер функций» (Funktsiyalar ustasi) ni mavjud bo‘lgan formulaga yangi funktsiyani kiritishda qo‘llash mumkin. Buning uchun formulani tahrirlashda funktsiya kiritilishi kerak bo‘lgan joyga kursorni qo‘yish, keyin esa bu kiritishni amalga oshirish uchun «Мастер функций» (Funktsiyalar ustasi)ni ishga tushirish kerak.
Tayanch iboralar:
Microsoft EXCEL - bu elektron jadvallar bilan ishlishga mo‘ljallangan dastur.