Bundan tashqari quyidagi tugmachalar ham Excel dasturining ichki obyektlariga kiradi:
8-rasm
Bu tugmachalardan Excel dasturida quyidagicha foydalaniladi:
9-rasm
Diagrammalarni joylashtirish Diagrammani yaratish oldidan, diagrammadan qanday foydalanishni ta’kidlash zarur.
Agar u ishchi varag‘idagi ma’lumotlarga ko‘rgazma uchun, masalan, hisobot tuzish uchun foydalanilsa, u holda joriy qilingan diagramani yaratish kerak.
Diagramma varag‘i avtomatik tarzda o‘zi asoslagan ma’lumotlarda ishchi varag‘ining chap tomoniga joylashtiriladi. Diagramma varag‘i taqdimot yoki o‘qitish uchun mos keladi. Masalan, slayd yoki tarqatma materiallar tayyorlash, shuningdek chop etilgan materiallarni (masalan, ro‘znomalardagi maqola va reklamalar) to‘ldirish uchun mos keladi. Tatbiqqilingan va diagrammaning alohida varag‘ida joylashgan diagrammalar o‘zlari yaratilganda qo‘llaniladigan ishchi varaqdagi ma’lumotlar bilan aloqadorligini ta’kidlab o‘tish kerak.
Diagrammalarni joylashtirish usullari:
Uskunalar panelidagi diagrammalar «Ustasi» (dastlab o‘quvchilardan ishchi varaqda diagrammalar tuzish uchun mo‘ljallangan ma’lumotlardan foydalanib, jadval (masalan, ushbu sinf o‘quvchilarining oxirgi uch oy mobaynidagi matematika, fizika, ingliz tili va kompyuter savodxonligi asoslari predmetlaridan o‘zlashtirish foizlari) tuzishni so‘rang :
Ishchi varag‘ida diagramma tuzilishi kerak bo‘lgan, shu jumladan diagrammada qo‘llanilishi zarur bo‘lgan kategoriya va qatorlarni o‘z ichiga olgan katakchalarni hisobga olgan holda, ma’lumotlarni ajratish (avvaldanoq kategoriya va qatorlarga nimalar kirishini aniqlab olinsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan, predmet - kategoriya, oy - qator, o‘zlashtirish foizi- qiymat):
diagrammaning joyini avtomatik tarzda tanlash uchun ishchi varag‘i bo‘yicha «sichqoncha» tugmasini bosing. Ishchi varag‘ida diagrammaning joyini mustaqil ravishda berish uchun «sichqoncha» ko‘rsatkichining kesishmasini diagramma joylashishi kerak bo‘lgan joyga qo‘ying va diagramma qo‘yilishi kerak bo‘lgan, istalgan o‘lchamdagi to‘rtburchakni ajrating.
Kvadrat diagrammani aniqtuzish uchun SHIFT tugmasini bosing va «sichqoncha» ko‘rsatkichini yurgizgan vaqtda uni bosib turing:
so‘ngra diagrammalar «Ustasi»ning ko‘rsatmasi bo‘yicha ish tuting;
navbatdagi qadam yoki oldingisiga qaytish uchun «qadam»tugmasini bosing;
diagramma tuzishning ixtiyoriy qadamida tamomlash tugmasini bosish avtomatik tarzda diagramma tuzishni tamomlashga olib keladi.