Kattalashtirish tugmachasi - Windows muxitida darchani butun ekranga yoyuvchi, darcha sarlavxasidan o‘ungda joylashgan tugmacha.
Kichraytirish tugmachasi - Windows muxitida darchani kichraytiruvchi, darcha sarlavxasidan o‘ngda joylashgan tugmacha.
Kommanda - foydalanuvchining kompyuterga beradigan aniq buyrug‘i.
Makroslar- amallar ketma - ketligini tugmacha yoki menyu kommandasi yordamida birdaniga bajarilishini ta’minlovchi kommanda.
Mastablash - ma’lumot ko‘rinishini kichraytiruvchi yoki kattalashtiruvchi komanda.
Menyu - bajarilish mumkin bo‘lgan imkoniyatlar ro‘yxati.
Menyu satri - menyu komandalari joylashgan satr.
Menyuga kirish - menyuning biror komandasini tanlash.
Menyudagi makros- amallar ketma-ketligini bajaruvchi menyuning mos komandasi.
Muloqot darchasi - Windows ayrim komandalari bajarilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni aniqlash uchun xosil bo‘ladigan darcha.
Nusxa ko‘chirish- belgilangan fayl, katalog, jadval yoki uning qismi nusxasini ko‘rsatilgan joyga ko‘chirish.
Nazorat savollari:
Sudrab o‘tish orqali nusxalash qanday amalga oshiriladi?
Avtomatik to‘ldirish nima? U qanday amalga oshiriladi?
Formula nima? U yacheykalarga qanday kiritiladi?
Formulalar qanday elementlardan tuziladi?
Yacheykaga formulalar kiritishning necha usuli mavjud?
Yacheykalardagi ma’lumotlar boshqa ishchi jadvallarga qanday utkaziladi?
Microsoft Excel da funktsiya nima ?
Funktsiyalar qanday ishlarni bajarish imkonini beradi ?
Funktsiyalarni ishlatish usullari qanday ?
«Мастер функций» (Funktsiyalar ustasi) nima ish bajaradi ?
«Мастер функций» (Funktsiyalar ustasi) bilan funktsiyalar qanday kiritiladi ?
Diagramma nima va u qanday ishlaydi?
Microsoft Excel da diagrammalarni joylashtirish usullari qanday?
Diagrammalarning qanday turlari mavjud?
«Мастер диаграмм» (Diagrammalar ustasi) nima ish bajaradi va u qanday ishga tushiriladi?
«Мастер диаграмм» (Diagrammalar ustasi) yordamida diagrammalarni ko‘rish usullarini aytib bering?
Microsoft Excelda ichki obyektlarga nimalar kiradi?
Microsoft Excelda tashqi obyektlarga nimalar kiradi?
Adabiyotlar:
A. Axmedov va N. Taylaqov. «Informatika» Toshkent «O‘zbekiston» 2001 yil.
Sattorov A. Informatika va axborot texnologiyalari.Toshkent «O‘qituvchi» 2002 yil.
4. U. YU. Yuldashev, R.R. Boqiyev, F.M. Zokirova «Informatika» Toshkent – 2002 yil.