Операцион системалар



Yüklə 35,5 Kb.
səhifə1/2
tarix14.06.2023
ölçüsü35,5 Kb.
#130368
  1   2
Operatsion sistemaning tarixi


Operatsion sistemaning tarixi

Reja:
1. Operatsion sistemalar va ularning turlari.


2. MS DOS OC ning tarkibi.
3. MS DOS ning boshlang`ich yuklanishi
Operatsion sistemalar va ularning turlari.
Operatsion sistema (OS) kompyuter bilan foydalanuvchi o`rtasida muloqotni o`rnatadi, kompyuter asosiy qurilma manbalarini, qo`shimcha qurilmalarning ishini bajaradi.
Operatsion sistema kompyuter ishga tushurilishi bilan yuklanuvchi dastur bo`lib, bu dastur foydalanuvchiga shaxsiy kompyuter bilan muloqot qilish vositasi bo`lib xizmat qiladi, uning barcha qurilmalari ishini boshqarish imkonini beradi. Operatsion sistema yordamida tezkor xotiradan foydalanish, disklardagi ma`lumotlarni o`qish, yoki axborotlarni disketlarga yozish, amaliy dasturlarni ishga tushurish va shu kabi turli ishlarni amalga oshiradi. Bundan tashqari quyidagi ishlarni ham amalga oshiradi:
- disketlarni turli xilda formatlash;
- disketlarda fayllarning joylashish jadvalini tashkil etish, ularni joylashtirish ishlarini, masalan nusxa olish jarayonlarini kuraylik . Nusxa olish dasturi ishi vaqtida bir necha o`nlab maxsus vaziyatlarga duch kelinishi mumkin, masalan axborotlarni o`qish yoki yozishdaga xatolik (disketdagi kerakli axborot joylashgan ba`zi yo`llarning ishdan chiqishi), disk yurituvchilarning ishga tayyor emasligi, (disk o`z o`rnida emas), nusxa olinayotgan fayl uchun diskda joy yo`qligi va h.k. Ana shu vaziyatlardan chiqish ishlarini bajarish va foydalanuvchiga bu xaqida kerakli xabar berib borishi kerak.
Shunday qilib, operatsion sistemaning asosiy vazifasi foydalanuvchini uning bajarishi va umuman bilishi ham kerak bo`lmagan ana shu zerikarli xamda juda murakkab ishlardan xolis etish, kompyuter bilan muloqot qilishda qulayliklar yaratishdir.
Dunyoda juda ko`p kompyuter modellari bo`lib, ularning birortasi ham operatsion sistemasiz ishlamaydi.
Operatsion sistema shunday programmaki, u kompyuter yoqilishi bilan foydalanuvchi bilan muloqotga keladi, kompyuterni boshqaradi, operativ xotira va magnitli disklardagi joylarni nazorat qiladi, lozim bo`lgan programma va komandalarning bajarilishini ta`minlaydi.
OS programmalarni operativ xotiraga ko`chiradi, bu programmalarning talablarini bajarib, ishini ta`minlaydi. Programma vazifasini bajarib bo`lgandan keyin operativ xotirani undan tozalaydi, ya`ni foydalanuvchi ishlashi uchun operativ xotirada keng maydon yaratadi.
Bu komandalar asosida foydalanuvchi diskni nomlash, fayllar nusxasini ko`chirish, ekranda kataloglar ketma-ketligini olish, ixtiyoriy programmalar, printer, displey bilan bevosita ishlash imkoniyatiga ega bo`ladi.
Odatda IBM PC kompyuterlarida Microsoft Corporation firmasining MS DOS yoki uning variantlari (PC DOS, Novell DOS, Compact DOS va boshqalar) o`rnatiladi.
IBM PC kompyuterlarida MS DOS, UNIX, OS/2, Windows 95 98, 2000, NT OClari ham ko`p qo`llaniladi.
Apple Macintosh kompyuterlari uchun eng oxirgi OS sifatida SYSTEM 7.1 ishlatiladi.
Bizlar birinchi navbatda MS DOS OC ni o`rganib chiqamiz.
Agar DOS foydalanuvchi bilan muloqotga tayyor bo`lsa, u xolda kompyuter ekranida quyidagi taklifnoma paydo bo`ladi:

C:\>_ (yoki A>) - OSning komandalar satri


Biror buyruqni kompyuterga kiritish uchun, uni dastlab klaviatura qurilmasidan terish va so`ngra "Enter" tugmachasini bosish lozim.


DOS komandasi bajarilishi uchun dastlab mazkur komanda nomini va so`ngra qo`shimcha nomini kiritish lozim.
Komanda yoki programmaning bajarilishini to`xtatish uchun "Ctrl" va "Break" tugmachalari bir vaqtda bosiladi, agar u yordam bermasa, Ctrl+Alt+Del tugmachalarni bosib DOSni qayta ishga tushirish kerak. Ba`zi hollarda oxirgi aytib o`tgan komanda yordamida ham kompyuterni ishga tushirish imkoniyati bo`lmay qoladi, u holda kompyuter old qismida joylashgan "Reset" tugmachasi bosiladi.



Yüklə 35,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin