Операцион системалар



Yüklə 35,5 Kb.
səhifə2/2
tarix14.06.2023
ölçüsü35,5 Kb.
#130368
1   2
Operatsion sistemaning tarixi

MS DOS OC ning tarkibi

MS DOS OC quyidagi qismlardan tashkil topadi:


1) BIOS (Base Input-Output System) kompyuterning doimiy xotirasida joylashgan. Uning vazifasi kiritish-chikarish bilan boglik bulgan OSning eng sodda va universal xizmatlarini bajarishdan iborat. Bu sistema kompyuter yoqilganda, uning xotirasi va qurilmalarini ishlashini tekshiruvchi testni ham o`z ichida saqlaydi. Bundan tashqari, unda OS yuklovchisini chaqiruvchi programma joylashadi.


2) OS yuklovchisi juda qisqa programma bo`lib, u MS DOSli disketaning birinchi sektorida joylashadi va uning vazifasi MS DOSni qolgan 2 modulini o`qishdan iborat.
3) IO.SYS va MSDOS.SYS diskli fayllar. Ularni OS yuklovchisi xotiraga ko`chiradi va kompyuter xotirasida doimo saqlaydi.
IO.SYS - BIOSning xotiradagi davomi hisoblanadi.
MSDOS.SYS - DOSning yuqori darajadagi vazifalarini bajaradi.
4) MS DOSning buyruq protsessori foydalanuvchi kiritgan komandalarni qayta ishlaydi. Buyruq protsessori OS yuklanayotgan diskning COMMAND.COM faylida joylashadi. Foydalanuvchining "ichki" deb ataluvchi ba`zi komandalarini, ya`ni type, dir, copy kabilarni buyruq protsessori o`zi bajaradi. Qolgan tashqi komandalarni bajarish uchun mos programmani qidiradi, uni xotiraga ko`chirib, boshqarishni unga uzatadi.
5) MS DOSning tashqi komandalari - OS bilan birgalikda yuklanadigan alohida fayllardagi programmalardir, masalan format.
Drayver qurilmalari MS DOSning kiritish-chiqarish sistemasini to`ldiruvchi va yangi qurilmalarning ishini ta`minlovchi maxsus programmalardir. Masalan, drayver yordamida kopyuter xotirasining qismi bo`lgan "elektron disk" bilan ishlash imkoniyati tug`iladi. Drayverlar nomi
CONFIG.SYS faylida ko`rsatiladi.


MS DOSning boshlang`ich yuklanishi
MS DOSning ta`minoti quyidagi hollarda avtomatik tarzda bajariladi:
1) kompyuter yoqilganda;
2) "RESET" tugmachasi bosilganda;
3) [Ctrl], [Alt], [Del] tugmachalar birga bosilganda.

Qoidaga ko`ra, OS qattiq diskda ta`minlovchi firma tomonidan yozilgan bo`ladi.


Sistema yuklanishi boshida kompyuter doimiy xotirasidagi qurilmalar tekshiriladi. Agar xatolik bo`lsa, xato kodi beriladi. Xatolik murakkab bo`lmasa, "F1" tugmachasi bosiladi. Aks holda kompyuterni maxsus texnik mutaxassislarga ko`rsatish lozim.
OS yuklovchisi programmasi o`qilgandan keyin bu programma kompyuter xotirasiga OS modullari IO.SYS va MSDOS.SYSni ko`chirib, ularga boshkaruvni topshiradi. Sungra CONFIG.SYS - sistema konfiguratsiyasini ko`rsatuvchi fayl, unda ko`rsatilgan drayverlar o`qilib, OS parametri o`rnatiladi. Bundan keyin COMMAND.COM boshqaruvchi protsessor o`qilib, boshqarish unga beriladi va AUTOEXEC.BAT bajariladi. Bu faylda kompyuter yoqilganda bajariladigan komanda va programmalar ko`rsatiladi. (Masalan, rus xarflar ishini ta`minlovchi programma).
Shu bilan, kompyuterni yuklash jarayoni tugaydi va MS DOS komanda berishga taklif qiladi.
Windows 9.x operatsion sistemalari, ularning imkoniyatlari va ishlash shartlari.
Yüklə 35,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin