Fizika” kafedrasining 8-sonli yig`ilish bayonnomasidan k o` chirm a farg`ona shahri



Yüklə 15,07 Kb.
tarix23.05.2023
ölçüsü15,07 Kb.
#120810
Oxista opa 2


Fizika” kafedrasining 8-sonli yig`ilish bayonnomasidan
K O` CH I R M A
Farg`ona shahri 31.03.2023 yil


Qatnashdi: Kafedra professor-o’qituvchilari: kafedra mudiri K.Onarqulov, professor R.Rasulov, dotsentlar M.Sobirov, Sh.Yakubova, M.Nabiyev, Z.Xaydarov, D.Yusupova, V.Rasulov, S.Zaynolobidinova, katta o'qituvchi f.-m.f.f.d. (PhD) I.Mo’minov, o’qituvchilar: Q.G’aynazarova, G’.Raxmatov, T.Azimov, O.Dehqonova, J.Roziqov, A.Yuldashev, B.Omonov, A.Zokirov, V.Ro’ziboyev, E.Ergashev, A.Qo’chqorov, X.Xoshimov, N.Alimov, tayanch doktarantlar: M.Xoldorov, Sh.Yuldashev, M.Mamatova, texnik xodimlar: F.Yusupova, F.Qurbonova, D.Mamadaliyeva, N.Qunduzova, N.Azizova, A.Vaxobova, X.Alaberdiyeva, M.Kamolova.


K U N T A R T I B I:
4. Turli masalalar
4.4. Fizika kafedrasi dotsenti Sh.Yakubova va o’qituvchi O.Dehqonovalarning “Umumiy fizika fanidan laboratoriya mashg’ulotlari uchun uslubiy ko’rsatma” nomli uslubiy ko’rsatmasini nashr qilish uchun universitet Ilmiy kengashidan so`rash maqsadida fakultet kengashiga tavsiya qilish.

Eshitildi: Ushbu masala yuzasidan kafedra professori K.Onarqulov so’z olib, Fizika kafedrasi dotsenti Sh.Yakubova va o’qituvchi O.Dehqonovalarning “Umumiy fizika fanidan laboratoriya mashg’ulotlari” nomli uslubiy ko’rsatmasini tayyorlaganligini aytib o’tdi. Umumiy fizika fanidan laboratoriya mashg’ulotlarini nazariy ma’lumotlari talabalarga aniq va tushunarli holatda bayon qilinganligini aytib o’tdi.


Yig’ilishda Fizika kafedrasining dotsenti D.Yusupova so’zga chiqib, Fizika kafedrasi dotsenti Sh.Yakubova va o’qituvchi O.Dehqonovalarning “Umumiy fizika fanidan laboratoriya mashg’ulotlari” nomli uslubiy ko’rsatmasi 60530100 – Kimyo(turlari bo’yicha) va 60510100-Biologiya (turlari bo`yicha) ta’lim yo’nalishi bo’yicha birinchi bosqich bakalavriat talabalari uchun “Umumiy fizika” fanidan bajarishlari lozim bo’lgan laboratoriya mashg’ulotlarining mazmuni va bajarish uchun tavsiyalar berilgan. Uslubiy ko’rsatmaga umumiy fizika kursiga oid 22 ta laboratoriya mashg’ulotlari kiritilgan. Har bir mashg’ulotda ishning maqsadi, kerakli asbob va jihozlar, qisqacha nazariy ma’lumotlar, ish bajarish ketma-ketligi, rasm(sxema)lar, ish natijalarini tahlil qilish uchun jadvallar hamda mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari keltirilganligini aytib o’tdi.

Ko’rilgan masala yuzasidan


QAROR QABUL QILINDI:
1. Fizika kafedrasi professori K.Onarqulov hamda dotsent D.Yusupovalarning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Fizika kafedrasi dotsenti Sh.Yakubova va kafedrasi o’qituvchisi O.Dehqonovalarning “Umumiy fizika fanidan laboratoriya mashg’ulotlari” nomli uslubiy ko’rsatmasi nashr qilish uchun universitet Ilmiy kengashidan so`rash maqsadida fakultet kengashiga tavsiya etilsin.
Kafedra mudiri K.Onarqulov


Kotib A.Zokirov
Yüklə 15,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin