Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


Shaxsiy kompyuterning qo‘shimcha va yordamchi qurilmalar qurilmalari



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə9/116
tarix07.01.2024
ölçüsü1,64 Mb.
#202599
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   116
INFORMA-lot (1 var)

3. Shaxsiy kompyuterning qo‘shimcha va yordamchi qurilmalar qurilmalari

Kompyuter imkoniyatlarini oshirish maqsadida unga turli qo‘shimcha qurilmalar ulanishi mumkin. Bu – printer, “sichqoncha”, modem, skaner va xokazolardir.


Har bir qurilma protsessorda joylashgan mos ulagichga ulanadi yoki o‘rnatiladi. Qo‘shimcha qurilmani ulashdan avval kompyuterni o‘chirish zarur, aks holda kompyuter ishdan chiqishi mumkin. Quyida ular to’grisida batafsil ma’lumot beriladi.
Printer - ma’lumotlarni qog‘ozga chiqaruvchi qurilma. Barcha printerlar matnli ma’lumotlarni ko‘pchiligi esa rasm va grafiklarni ham qog‘ozga chiqaradi. Rangli tasvirlarni chiqaruvchi maxsus printerlar ham bor. Printerlar quyidagi turlari mavjud; ignali, siyohli va lazerli.
«Sichqoncha» - kompyuter bilan foydalanuvchi muloqotini yengillashtiruvchi manipulyator. “Sichqoncha“ stol yoki maxsus yuzada harakati natijasida ekrandagi kursorni mos ravishda harakatlantiradi. menyuning birortasini bajarish uchun “Sichqoncha” mos tugmachasi bosiladi. Ba’zi bir amaliy dasturlar faqatgina “Sichqoncha“ bilan ishlashga moslashgan.
CD ROM - kompakt disklardan ma’lumotlarni o‘qish imkonini beradi. Bu kompakt disklar ishonchliroq, 650 Mbayt hajmdagi ma’lumotni saqlaydi.
Skaner - Kompyuterga matnli yoki tasvirli ma’lumtolarni tasviriy ravishda kirituvchi qurilma. Skanerlar 2 xil bo‘ladi; avtomatik va avtomatik bo‘lmagan. Birinchisi ma’lumotni varaqlab o‘qiydi, ikkinchisi satrlab, buning uchun skanerni kerakli satrga qo‘l bilan surib turish kerak.
Multimedia - Kompyuter yordamida musiqa ijro etilishini ta’minlovchi qurilma. Odatda u kolonka va mikrofon bilan birgalikda sotiladi. Uning yordamida musiqani tahrirlash inson nutqini yozib olish mumkin.
Modem - telefon tarmog‘i orqali boshqa kompyuter bilan ma’lumot almashuvini ta’minlaydi. Modemlar ma’lumot uzatish tezligi bilan farqlanadi.
Plotter – murakkab va katta hajmdagi chizmalarni qog‘ozga chiqaruvchi qurilma. Plotterlar 2 xil bo‘ladi -barabanli va planshetli. Barabanli plotter, rulonli, planshetli plotter esa varaqli qog‘ozga chizmalarni chiqaradi. Plotterlar asosan chizma loyihalarini avtomatlashtirishda foydalaniladi.
Strimer – kompyuter xotirasidagi (vinchester) ma’lumotlarni magnit lentalarga ko‘chirib oluvchi qurilma. Kompyuter xotirasidagi ma’lumotlar o‘chib ketgan xollarda qayta tiklash imkoniyatiga ega.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin