Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


Algoritmlarni tasvirlash usullari



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə98/116
tarix07.01.2024
ölçüsü1,64 Mb.
#202599
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   116
INFORMA-lot (1 var)

Algoritmlarni tasvirlash usullari
Algoritmlarning o‘zi ham besh xil tasvirlanish usuliga ega, ular:
- so‘z;
- formula-so‘z;
- blok-sxema;
- operator-sxemasi;
- dasturlash tili.
So‘z shaklidagi algoritmlar asosan gaplar yordamida tashkil qilinadi. Unga misol tariqasida korxonalarning ish tartibini yoki ishchining ish jarayoni kabilarni misol keltirish mumkin.
Masalan:
1-qadam ishni boshla, o‘t 2 ga;
2-qadam mahsulotni ol, o‘t 3 ga;
3-qadam dastgoxni ishga tushir, o‘t 4 ga;
4-qadam ....
.....
n-qadam algoritm tugadi kabi bo‘lishi mumkin.
Formula-so‘z shaklidagi algoritmga, ham so‘z, ham formula ishlatiladigan misolni keltirish mumkin.
Masalan, y=ax+b ga yozamiz.
1-qadam algoritm boshlandi, o‘t 2ga;
2-qadam a, x, b ni kirit, o‘t 3 ga;
3-qadam a ni x ga ko‘paytir, o‘t 4 ga;
4-qadam u ga ax+b ni yukla, o‘t 5 ga;
5-qadam natijani chiqar, o‘t 6 ga;
6-qadam algoritm tamom.
Blok-sxema ko‘rinishidagi algoritmlar asosan geometrik shakllar yordamida tashkil qilinadi.
Demak algoritmni geometrik shakllar yordamida tashkil qilinishi blok-sxema deb atalar ekan.
Blok-sxema geometrik shakllari:

— kiritish va chiqarishda foydalaniladigan blok;



— hisoblash yoki bajarishni bildiruvchi blok;


— shartli o‘tishda foydalaniladigan blok;




— shakllarni birlashtiruvchi yo‘nalish ko‘rsatkichlari;




— algoritmni boshlanishi hamda tugallanishini bildiruvchi


blok va boshqa shu kabilar mavjud.

Operator sxemasida murakkab jarayonlar amalga oshirilib unda bir operator sxemasidan bir nechtasiga o‘tilishi yoki bir nechtasini operatorlari bajarilishi mumkin. Demak, bir operatorning bajarilishi bir qancha operatorlarning ketma-ket tartibda bajarilishiga bog‘liq ekan.


Dasturlash tili esa EHMda bevosita ma’lumotlarni qayta ishlashni ta’minlovchi vosita hisoblanadi. Ularning yordamida yaratilgan dastur (mahsulot) axborotni EHM da qayta ishlanishini ta’minlaydi.



Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin