158
V.I.Sergeev logistik harakatlarni o‘zgacha tavsifini taklif qiladi. Uning
fikricha umumiy logistik xarajatlarni elementar va kompleks operatsiyalar, zaxira
vositalarini ko‘chirishdagi xarajatlar, logistik menejment va xizmat sifatining
etmaslikdan zarar, logistikani ma’muriylashtirish xarajatlaridan tashkil topadi.
Taklif qilingan tavsifni ko‘rib chiqib quyidagi xulosaga kelamiz: avtor so‘zsiz
logistik xarajatlarni logistik operatsiya xarajatlari deb aniqlagan. Xarajatlarning
bunday tavsifi an’anaviy jarajatlarga qo‘lanilishi mumkin, shuningdek obyekt
logistizatsiya xarajati deb xam aniqlanishi mumkin.
Xarajatlarning shakllanish manbaasiga ko‘ra yetkazib beruvchi xarajatlari,
transport, vositachi tashkilotlar va iste’molchilar xarajatlariga bo‘lish mumkin.
Xarajatlarni boshqaruvchi tizim yangi daromadlarni talab qiladi. Obyekt
logistizatsiya xarajatlari boshqaruvi tushunchasi ostida kompleks jarayon yotadi.
Obyekt logistizatsiya xarajatlarini boshqarish va nazorat qilish maqsadida
javobgarlik markazida ko‘p darajali hisob tizimini ko‘rish kerak, keyinchalik
xarajat, daromadlar va ohirida operatsiyalar markazlari bo‘yicha. Xarajatlarni
hisoblash yo‘li bilan ularni funksional qobiq va tashuvchilarga taqsimlash orqali
ular ustidan nazorat va boshqaruvni o‘rnatib bo‘lmaydi. Bu muammo aniq shaxs
faoliyatidagi daromad va xarajatlarning o‘zaro bog‘liqligida aniqlanadi. Xarajatlar
hisobiga bunday yondoshish ko‘pincha, javobgarlik markazi bo‘yicha xarajatlari
hisobi nomi bilan ma’lum. U logistik zanjir va korxona tashkiliy tizimi afzalliklari
asosida javobgarlik zonalariga ajratish prinsipiga asoslangan. Bu zona javobgarlik
markazi deb ataladi va u materiallarni harakatlanish maydoni ham deb aniqlash
mumkin.
Xarajatlar rejasi tuzish zarurligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri javobgarlik markazi bilan
bog‘liq. Qaror qabul qilish va reja tuzishning muhim bosqichi rejalashtirilgan va
aniq natijalarni solishtirib ko‘rishdir.
Xarajatlar nazorati tizimining harakati ta’minlash uchun javobgarlik markazi
menejeri
nazorati
darajasi
guruhlanadi.
Xarajatlar
boshqariladigan
va
boshqarilmaydiganga bo‘linadi. Biroq hamma xarajatlar boshqaruvining past
darajasiga tartibga solinishi mumkin, shuning uchun buxgalter javobgarlik markazi
bo‘yicha smeta bajarilishi hisobotini tuzib xarajatlarni boshqariladigan va
boshqarilmaydigan ajratadi. Undan tashqari menejerlar ishi xarajatlar darajasi
bo‘yicha aniqlanadi, agar ular boshqarilmaydigan xarajatlarga ham bog‘liqligini
bilsalar o‘z ishlarini yomon bajarishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: