Nazorat va mulohaza savollari
1. Transport logistikasining mohiyati va vazifalari.
2. Transport tizimi turlari va uning texnik - iqtisodiy xususiyatlari.
3. Transport turlarining moddiy-texnika bazasi.
4. Avtotransport xizmatlari.
5. Mahsulotlarni yetkazib berish tizimini boshqarish.
69
7-bob
LOGISTIKA TIZIMIDA ZAHIRALARNI BOSHQARISH
7.1. Zahiralarni boshqarish va tovar siyosati
Tabiatdan olingan xomashyo oxirgi iste’molchiga tayyor mahsulot
ko‘rinishida yetib borgunga qadar harakatlanadi, boshqa materiallar bilan aloqada
bo‘ladi, unga qayta ishlov beriladi va hokazo. Moddiy harakatlanuvchi zanjir
bo‘yicha harakatlanib, xomashyo (keyinchalik yarim tayyor va tayyor mahsulot)
doimo to‘xtab qoladi, u yoki bu ishlab chiqarish yoki logistika operatsiyasida o‘z
navbatini kutadi. Zahiralar to‘g‘risidagi umumiy qabul qilingan ta’rif quyidagilar:
moddiy zahira - ishlab chiqarish va muomalaning har xil bosqichlarida bo‘lgan
sanoat - texnik mo‘ljaldagi mahsulot ishlab chiqarish yoki shaxsiy iste’mol
jarayoniga kirishni kutayotgan xalq iste’moli tovarlari va boshqa tovarlardir.
Zahiralarni tashkil etish doimo harajatlar bilan bog‘liqdir. Zahiralarni tashkil
qilish va saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy harajatlar quyidagicha:
- muzlatilgan moliya mablag‘lari;
- maxsus jihozlangan xonalarni tashkil etish bo‘yicha harajatlar;
- maxsus xodimlarning ish haqlari;
- buzilishi, o‘g‘rilikning doimiy tavakkali.
Zahiralarning mavjudligi - harajatlar. Ammo zahiralarning mavjud emasligi
ham harajatlar, lekin ular har xil yo‘qotishlar shaklida bo‘ladi. Zahiralarning
mavjud emasligi bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy yo‘qotishlar quyidagicha:
- ishlab chiqarishning turib qolishidagi yo‘qotishlar;
- talab mavjud bo‘lgan vaqtda omborda tovar yo‘qligi natijasidagi
yo‘qotishlar;
- yuqori narxlarda kichik hajmdagi tovar to‘dalarini sotib olish natijasidagi
yo‘qotishlar va boshqalar.
Quyida moddiy zahiralarni tashkil etish uchun qanday asoslar borligi sanab
o‘tilgan:
- mustahkamlangan yetkazib berilish jadvalining buzilishi ehtimoli. Bunda
ishlab chiqarish jarayoni to‘xtab qolmasligi uchun zahira kerakdir. Bu, asosan
uzluksiz ishlab chiqarish davriga ega bo‘lgan korxonalar uchun muhimdir;
- talab tebranishi ehtimoli. Biror - bir tovar guruhiga talabni oldindan ayta
bilish mumkin, ammo aniq tovarga talabni istiqbollash qiyindir. Shuning uchun
tovarning yetarli zahirasiga ega bo‘linmasa, talabning qondirilmaslik ehtimoli bor,
ya’ni mijoz orqaga xaridsiz va pul bilan qaytadi;
- ba’zi tovar turlarining mavsumiy ishlab chiqarish tebranishlari, asosan
qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga tegishlidir;
- yirik tovar to‘plamasini sotib olganlik uchun chegirmalar ham zahiralarni
tashkil etish sababi bo‘lib qolishi mumkin;
70
- olibsotarlik natijasida ba’zi bir tovarlar narxi tez ko‘tarilishi mumkin. Bu
narx ko‘tarilishini oldindan ko‘rib bilgan korxona bozor narxining ko‘tarilishi
natijasida foyda olish maqsadida tovarlar zahirasini tashkil etadi;
- buyurtmani qayd etish bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar har bir yangi
buyurtmani qayd etish qator ma’muriy xarakterdagi harajatlar bilan bog‘liq
(yetkazib beruvchini qidirish, u bilan muzokaralar o‘tkazish, mehnat yo‘llanmalari
va boshqalar). Bu harajatlarning buyurtmalari sonini kamaytirish natijasida yangi
buyurtirilgan to‘dalar hajmini oshirish natijasida va zahirani tashkil etish natijasida
kamaytirish mumkin;
- ishlab chiqarish va taqsimlash bo‘yicha jarayonlarni bir tekis tashkil etish
imkoniyati. Faoliyatning bu ikki turi bir-biri bilan bog‘liqdir: ishlab chiqarilgan
mahsulot taqsimlanadi. Zahiralar mavjud emasligida taqsimlash tizimidagi moddiy
oqimlar tezkorligi o‘zgarishiga mos holda o‘zgaradi. Taqsimlash tizimidagi
zahiralarning mavjudligi realizatsiya jarayonini ishlab chiqarishdagi shart -
sharoitdan qat’iy nazar, muntazam tashkil etishga imkoniyat yaratadi. O‘z
navbatida ishlab chiqarish zahirasining mavjudligi xomashyo va yarim tayyor
mahsulotlarni yetkazib berishdagi uzilishlarni tekislaydi, ishlab chiqarish
jarayonining tekis borishini ta’minlaydi;
- xaridorlarga zudlik bilan xizmat ko‘rsatish imkoniyati. Xaridorning
buyurtmasini quyidagi usullarning biridan foydalanib, bajarish mumkin:
a) buyurtma qilingan tovarni ishlab chiqarish;
b) buyurtma qilingan tovarni sotib olish;
v) buyurtma qilingan tovarni mavjud bo‘lgan zahiradan olib berish.
So‘nggi usul eng qimmat usul hisoblanadi, chunki zahiralar saqlanishini
talab etadi. Ammo raqobat sharoitida buyurtmani tezda bajarish xaridor uchun
kurashda hal qiluvchi omil hisoblanishi mumkin;
- ehtiyot qismlari yo‘qligi natijasida ishlab chiqarishning turib qolishini
minimumga olib kelish;
- ishlab chiqarishning boshqarish jarayonini yengillashtirish. Korxona ichida
ishlab chiqarish jarayonining har xil bosqichlarida yarim tayyor mahsulotlar
zahiralarini yaratish.
Yuqorida sanab o‘tilgan sabablar shuni ko‘rsatadiki, tadbirkorlar ishlab
chiqarishda ham, savdoda ham zahiralarni tashkil etishi lozimdir, aks holda
muomala harajatlari ko‘payadi, ya’ni foyda kamayadi.
Zahiralarni boshqarish strategiyasini ishlab chiqishga korxonalarning tovar
siyosati e’tiborga olinadi. Tovar xaridorning istak-ehtiyojlarini qondirish, unga
foyda olib kela oladigan fizik obyekt yoki xizmat, shuningdek ramziy xususiyatlar
va majburiyatlar. Shu tomondan tovar xaridor nuqtai nazaridan ko‘riladi. Xaridor
faqatgina tovarni fizik obyekt sifatida emas, balki bu tovar sotilishiga yordam
beradigan xizmatlarni ham sotib oladi. Shunday qilib, aytish mumkinki, tovarlar
moddiy, xizmatlar esa mavhum, ammo birinchilari ham, ikkinchilari ham xaridor
talabini qondirishga mo‘ljallangan va logistikaning o‘rganish predmeti hisoblanadi.
71
Logistikada tovar tushunchasi o‘z ichiga haqiqiy tovarni moddiy shaklda
oladi, xizmat esa tovarning harakatlanish usullari sotish, rag‘batlantirish, mahsulot
sifatini yaxshilash bilan bog‘liq ishlab chiqarish jarayonlari tushuniladi.
Tovar birlamchi, ya’ni mahsulotning aniq maxsus turida ko‘rinishi mumkin.
Tovar assortimenti va tovar nomenklaturasi tushunchalari mavjud. Tovar
assortimenti - o‘zaro bir yoki undan ko‘p belgi bo‘yicha bir - biri bilan bo‘lgan
tovar guruhidir: umumiy xaridor guruhi, umumiy taqsimlash kanali, narxlarning
o‘xshash kengligi. Tovar nomenklaturasi - savdoga taklif etiladigan barcha tovar
assortimenti guruhlari tovar birliklarining yig‘indisidir. Tovar nomenklaturasi uch
ko‘rsatkich bilan xarakterlanadi:
1. Kenglik.
2. Chuqurlik.
3. Ketma - ketlik.
Tovar nomenklaturasining kengligi - har bir assortiment guruhining
umumiy yig‘indisi.
Tovar nomenklaturasining guruhliligi - har bir assortiment guruhida alohida
tovar turining soni.
Tovar nomenklaturasining ketma-ketligi - oxirgi iste’mol, taqsimlash
kanallari va boshqa ko‘rsatkichlari nuqtai nazaridan har xil assortiment guruh
tovarlar o‘rtasidagi yaqinligi darajasini belgilaydi.
Tovar
siyosati
mahsulot
zahiralarini
korxonalarda
shakllantiradi.
Logistikada «aniq muddat» tamoyili zahiralarni qisqartirish yoki yo‘qotgan uchun
xaridda ishlatiladi. Kerakli material mos bo‘lgan tovar taqsimlash markazida,
kerakli vaqtda va uni buyurtmadan so‘ng yo‘qotishlarsiz va yaxshi holatda
yetkazib berish ko‘zda tutiladi.
«Aniq muddatga» tamoyili uzoq muddatga mo‘ljallangan va xizmat
ko‘rsatkichlarining yuqori sifatini ta’minlovchi bir kechada ishonchli yetkazib
beruvchilarni ko‘zda tutadi. Ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar
orasidagi yaqin hamkorlik buyurtmani loyihalashtirish, sifat ustidan nazoratni
ta’minlash, ishlab chiqarishning barqaror jadvallarini ishlab chiqishda o‘zaro
aloqadorlikni ko‘zda tutadi.
Bu uslub bo‘yicha mahsulotning omadli sotilishi uchun transport turi va
tovarni unga ortish turi katta ahamiyatga ega. Shuningdek, ayrim kompaniyalar
«aniq muddatga» uslubidan foydalanish uchun, yetkazib beruvchilar sonini
kamaytirib, ularni o‘z korxonalariga geografik yaqinlashtiradilar.
Dostları ilə paylaş: |