4-MODUL. AXBOROT TIZIMLARI VA AXBOROT XAVFSIZLIGI Biznes jarayonlarni boshqarish tizimlari
Axborotlarga bo’ladigan tahdidlarva va hujumlar
Antivirus dasturlar tahlili
Qishloq xо‘jaligida foydalanilayotgan axborot tizimlari va ularning imkoniyatlari.
Mustaqil о‘zlashtiriladigan mavzular bо‘yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.
3.
V. Ta’lim natijalari /Kasbiy kompetensiyalari Talaba bilishi kerak:
Axborot texnologiyasining о‘rni va ahamiyati, axborotning nazariy asoslari va ularning kompyuterda tasvirlanish jarayonlari, axborot jarayonlarining apparat va dasturiy ta’minoti, kommunikatsion texnologiyalar sohasidagi meyoriy-huquqiy hujjatlarni, obyekt va jarayonlar holati haqida yangi sifatdagi axborotlarga ega bо‘lish maqsadida axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, saqlash va uzatish usul va vositalar majmuasi sifatida axborot texnologiyalarining rivojlanish yо‘nalishlari haqida tasavvurgaga ega bо‘lishi; (bilim)
zamonaviy kompyuter va uning dasturiy vositalari, kompyuterga xizmat kо‘rsatuvchi dasturlar asosida fayllar tizimi bilan ishlash, axborotlarga ishlov beruvchi dasturiy vositalardan, internet tarmog‘i va milliy tarmoq resurslaridan, interaktiv xizmatlaridan, ma’lumotlar bazalaridan, axborot tizimlaridan foydalanish bilishi va ulardan foydalani olishi; (kо‘nikma)
dasturlash tillari va amaliy dasturiy vositalar orqali qishloq xo‘jaligi soxasiga oid masalalarni yechish, axborotlarga ishlov berish dasturlari orqali matn, tasvir va grafika ko‘rinishdagi elektron hujjatlarni yaratish va ularni qayta ishlash, axborot texnologiyaning dasturiy vositalari va usullaridan xamda axborot tizimlaridan soxaning ishlab chiqarish jarayonlrini boshqarishda foydalana olish, kompyuterlarda qishloq xo‘jaligi sohasiga oid axborotlarini qayta ishlash va ular asosida boshqaruv qarorlarini qabul qilish kо‘nikmalariga ega bо‘lishi kerak. (malaka)