Fanni о‘qitishdan maqsad – talabalarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari, qishloq xо‘jaligi sohasi bо‘yicha aniq masalalarni yechishda axborot texnologiyalarni qо‘llashning amaliy yutuqlari va uslublari, interaktiv xizmatlarini kо‘rsatishning yaxlit tizimi, davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlari imkoniyatlari, afzalliklari, jarayonlarningi dasturiy va apparat ta’minoti, zamonaviy raqvmli qurilmalar, operatsion tizimlar, amaliy dasturlarda axborotlarni qayta ishlash va saqlashning, hisoblash jarayonlarini avtomatlashtirishning tamoyil va uslublarini chuqur tanishtirishdan iborat.
Fanning vazifasi – axborot texnologiyalari sohasida nazariy bilimlar, amaliy kо‘nikmalarni, axborot texnologiyasining apparat va dasturiy ta’minoti, operatsion tizimlar, ma’lumotlar bazasi, katta ma’lumotlar bilan ishlash, bulutli texnologiya xizmatlaridan, axborot tizimlaridan, qishloq xо‘jaligini raqamlashtirish jarayonlari zamonaviy texnologiyalaridan, elektron xujjat aylanish usullari va ular imkoniyatidan samarali foydalanish xamda axborot va axborot tizimlari xavfsizligini ta’minlash usullarini о‘rgatishdir.
Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 1-MODUL. AXBOROT JARAYONLARINING APPARAT, AXBOROT VA DASTURIY TA’MINOTI 1-mavzu. Axborot kommunikatsion texnologiyalar asoslari. Axborotning qishloq xо‘jaligidagi axamiyati “Axborot kommunikatsion texnologiyalar” fanining predmeti. Maqsadi va vazifalari Axborot texnologiyalarining vujudga kelishi tarixi, hozirgi zamondagi о‘rni va uning rivojlanish istiqbollari. Axborot texnologiyalaring qishloq xо‘jaligidagi о‘rni, Fanga ta’luqli bо‘lgan О‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari.