Mavzu: Axborotlashuv jarayonining jamiyat taraqqiyotiga ta'siri



Yüklə 67,39 Kb.
səhifə1/23
tarix28.04.2023
ölçüsü67,39 Kb.
#104243
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Mediasavodxonlik va Axborot texnologiyalari


Mavzu:Axborotlashuv jarayonining jamiyat taraqqiyotiga ta'siri.

Insoniyat yaralibdiki, uning axborot tizimlaridan tegishli ma’lumotlarni qabul qilishi va shu asosda o’z ijtimoiy “men”ligini shakllantirishga bo’lgan ehtiyoji tobora ortib kelgan va hozir ham shunday davom etmoqda. Bu esa har bir shaxsdagi


dunyoqarash, e’tiqod, hissiy holat va o’zgalarga bo’lgan munosabatlar tizimiga keng
darajada ta’sir ko’rsatadi. Xuddi ana shu ta’sir ko’lamini o’rganib, tahlil qilib va tegishli muhim xulosalar chiqargan holda, ma’lum tadbirlarni belgilash hamda amalga oshirish orqali insonni o’zgartirishga qodir bo’lgan ochiq axborotlardan psixologik himoyalanish tamoyillarini yaratish mumkin.
Qolaversa, inson bugun turli xil axborotlar tazyiqidan psixologik himoyalanmas ekan, uning borliqni ob’ektiv anglashga bo’lgan imkoniyatlariga putur etaveradi. U qanchalik mukammal bilim va tajribaga ega bo’lmasin, ma’lum maqsadga yo’naltirilgan axborot tahdidlari uning hissiy kechinmalariga jiddiy darajada salbiy ta’sir etaveradi. Shu boisdan hozirgi paytda inson ongini egallash va shu yo’l bilan turli xil siyosiy maqsadlarni amalga oshirishga intilish tobora kuchayib bormoqda. Chunki bu yo’l juda katta mablag’ talab qilmaydigan, kuchli armiya yoki qurol-yarog’ ishlatmasdan turib muayyan maqsadli natijaga erishiladigan yo’l ekanligini barcha siyosiy oqimlar yaxshi bilishadi. Shuning uchun dunyodagi barcha davlatlar bugun ma’lum kuchlar an’anaviy
qurollardan foydalanish bilan bir qatorda inson ongiga manipulyativ ta’sir
ko’rsatishlaridan ham tashvishga tushmoqda. Bunday tashvish, albatta, bizning mamlakatimizni ham chetlab o’tayotgani yo’q. Ayni paytda, ayrim yoshlarimiz bilib-bilmay turli xil oqimlar girdobiga tushib qolishlari
natijasida gohida yolg’on, bo’hton axborotlarni ob’ektiv voqelik haqiqatlaridan
ajratolmay qolayaptilar. Tabiiyki, bunday holat o’z vaqtida bartaraf etilmas ekan, katta ijtimoiy zarar ko’rishimizni va buning og’ir oqibatlarini tugatish ancha mushkul bo’lishini oldindan anglashimiz kerak bo’ladi.
Bugungi kunda axborot ko’proq ma’lumotlar, xabarlar shaklida namoyon
bo’lmoqda. Ma’lumotlar moddiy dunyo ob’ektlarining ifodasi o’laroq hosil bo’ladi.
Ochiq axborot tizimlarida “xabar” atamasi kishilar, ijtimoiy guruhlar, umuman,
jamiyatni qurshab turgan olamda mo’ljal topa bilishi ko’zlangan ijtimoiy ahamiyatga ega ma’lumot ma’nosini ifodalaydi. Shuningdek, u muayyan jamiyatning ijtimoiy tabiati belgilab beradigan ma’naviy qadriyatlarni qaror toptirishga xizmat qiladi. XX asrning ikkinchi yarmi va, ayniqsa, XXI asr boshlanishida tezkor, keng ko’lamdagi axborot tizimi va telekommunikatsiya texnologiyalari zamonaviy rivojlanishning asosiy belgisi sifatida barcha jabhalarga kirib keldi. Shu boisdan ayni paytda axborot makonining globallashuvi butun dunyo taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatgan va ko’rsatayotgan omil sifatida e’tirof etiladi.
„Axborot jamiyati“ — bu zamonaviy xalqlar jamiyatlarida, ayniqsa Ikkinchi jahon urushidan keyin axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi va keng qoʻllanilishi bilan bogʻliq ijtimoiy, iqtisodiy, texnologik va madaniy oʻzgarishlarni tavsiflash uchun ishlatiladigan keng atama.[1] Axborot jamiyati — bu axborotni yaratish, tarqatish va manipulyatsiya qilish eng muhim iqtisodiy va madaniy faoliyatga aylangan jamiyat. Axborot jamiyati iqtisodiy asosi asosan sanoat yoki agrar jamiyatlarga qarama-qarshi boʻlishi mumkin. Axborot jamiyatining dastgohlari stanoklar yoki pulluklar emas, balki kompyuterlar va telekommunikatsiyalardir.
Axborot jamiyati — ishchilarning koʻpchiligi axborotni, ayniqsa uning eng yuqori shakli — bilimni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotish bilan shugʻullanadigan jamiyat.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya sohasidagi taraqqiyot barchaning hayot tarzini oʻzgartirmoqda: qanday ishlash va biznes qilish, farzandlarga qanday taʼlim berish, oʻqib-oʻrganish va tadqiqot qilish, qanday zavq olish — bularning barchasi zamonaviy axborot texnologiyalari taʼsirida oʻzgarmoqda. Axborot jamiyati nafaqat odamlarning oʻzaro munosabatlariga taʼsir qilmoqda, balki anʼanaviy tashkiliy tuzilmalarni yanada moslashuvchan va markazlashtirilmagan boʻlishini talab qilmoqda
Axborot jamiyati tushunchasi asrimizning eng dolzarb fenomenlaridan biri boʻlib, koʻplab mutaxassislar oʻz ishlarida shu tushunchaga oʻz tavsiflarini berishgan. Quyida shulardan eng ommaboplarini koʻrib chiqamiz:
Axborot jamiyati tushunchasi — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari toʻliq qoʻllanilgan va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning omili sifatida kundalik hayotning bir qismi boʻlgan mamlakat yoki mintaqani nazarda tutadi.
Axborot jamiyati — bu axborotni yaratish, tarqatish, foydalanish, birlashtirish va manipulyatsiya qilish muhim iqtisodiy, siyosiy va madaniy faoliyat boʻlgan jamiyat.

Yüklə 67,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin