Mavzu: Axborotning inson hayotiga ta’sir o‘tkazish omillari.
Falsafiy adabiyotlarda axborot va axloqning metodologik xarakteriga alohida e’tibor beriladi. Chunki ular haqiqatni ratsional bilishga qaratilgan tadqiqot usuli va vositalarini izlab topishga yordam beradigan faoliyat mezonlaridir. Lekin ular o‘z holicha insonning bilish darajasini to‘liq o‘zgartira olmaydi. Buning uchun mavjud axborotlarning gnoseologik va epistemologik chegarasini aniqlashga to‘g‘ri keladi, ya’ni axborot va axloqni tadqiqot doirasi ma’lum obyektlarni haddan tashqari tor yoki keng ma’noda tahlil qilishga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham bunday ilmiy demarkatsiyalar buzilishining oldini olish muhim metodologik ahamiyatga ega.
Shu jihatdan qaraganda, «biz o‘z oldimizga qo‘ygan uzoq muddatli strategik maqsadlar, ya’ni zamonaviy rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, iqtisodiyotimizning barqaror o‘sishini ta’minlash, hayot sifatini yaxshilash va jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallash borasidagi sa’y-harakatlarimizga bugungi kun nuqtai nazaridan xolisona baho berishimiz tabiiydir» (I. Karimov. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chug‘urlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. —
Tarixiy taraqqiyot tajribasidan ma’lumki, inson o‘zi yashayotgan ijtimoiy-axloqiy muhitni, o‘zini-o‘zi o‘zgartirishni bilishi uchun hamisha yangi axborotlarga ehtiyoj sezadi. Boshqacha aytganda, inson o‘zining tabiiy ijtimoiy-axloqiy ehtiyojlarini qondirish uchun unga yangi axborot zarur bo‘ladi. Shuning uchun ham inson axloqi doimo o‘zgarib turuvchi dinamik xarakterga ega. Axborot va axloq jamiyat rivojining barcha davrlarida muhim rol o‘ynagan va o‘ynaydi. Jamiyat hayotida axborot va axloqning o‘zaro aloqasini tushunish muhim ahamiyatga ega. Axloq va axborot hozirgi kunda jamiyat rivojining asosiy manbai hisoblanadi. Ommaviy axborot inson ongi va hissiyotlariga ta’sir o‘tkazishning ikki yo‘li orqali amalga oshiriladi:
Ratsional model — demokratik davlatlarda ommaviy muloqotning ratsional usuli ustunlik qilib, u odamlarni axborot tarqatish, dalillarni keltirish, ularni mantiq qoidalari bilan asoslash orqali ishontiradi.
2. Hissiy ta’sir usuli — psixologik ishontirish usuli bo‘lib, fanatizm, siyosiy raqiblarga, boshqa millat vakillariga ishonchsizlik, nafrat uyg‘otish uchun qo‘llaniladi. Bu hissiy ta’sir ko‘pincha aqliy dalillar va asoslardan ham kuchli bo‘lishi mumkin. Bunda totalitar, avtoritar va ayniqsa, etnografik targ‘ibotlardan keng foydalanilib, siyosiy tashviqotlar inson ongini egallab oladigan hissiy mazmun bilan to‘ldiriladi. Hissiy ta’sir qanchalik kuchli bo‘lmasin, OAVlarining siyosatga ta’siri axborot tarqatish orqali ro‘y beradi. Axborot olish, saralash, sharhlash, va tarqatish bu jarayonning asosiy bosqichlaridir.
Jamiyat o‘z rivojining barcha bosqichlarida axloqiy qoidalar ishlab chiqqan va ulardan foydalanib kelgan. Ma’lumki, insonning rivojlanishi uchun axborot juda zarur. Axborot axloqqa bo‘ysunuvchi tushuncha hisoblanadi, ya’ni, axborot axloqni boyitadi, uni o‘zgartiradi. Inson ijtimoiy-axloqiy turmushining taraqqiyoti asosida axloq yotadi. «Axborot tevarak-atrofdagi turli xil manbalardan to‘plangan omillar bo‘lib, bu bilimlarni qayta bayon etish» (Davronov Z. Ilmiy ijod metodologiyasi. — Toshkent: Iqtisod-moliya, 2007. 180-b.) shakli hamdir. Axloqning ma’no va mohiyatini anglab yetmasdan turib, uni tushunib bo‘lmaydi. Xuddi shuning uchun ham anglab olingan axloq keyingi bosqichda tushunish holatiga kiradi. Inson, axloqning ma’no va mohiyatini tushunib yetgach, uning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi to‘g‘risida fikr bildiradi. Inson tomonidan o‘zlashtirib olingan bilimlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlariga, xohish-istaklariga, bir so‘z bilan aytganda, hayotiy manfaatlariga mos tushsa, ana o‘shanda kishida o‘zlashtirib olingan bilimlarini turmushga tatbiq etish istagi hosil bo‘ladi.
Axloq epistemologik nuqtai nazardan, obyektiv ma’noga ega va u haqiqatning mohiyatini aglashda yordam beradi. Axloq to‘g‘ri tanlansa, ezgu maqsad va faoliyatga yo‘naltirilsagina, obyektiv ma’no-mazmun kasb etadi. G‘azzoliy bu xususda shunday degan edi: «Axloq — ildizlarning ildizidir, chunki nima qilmoq kerakligi haqida bilim olgandan so‘nggina faoliyat o‘z shaklini oladi». Axloqsiz hech qanday harakat bo‘lishi mumkin emas. Biroq ongli harakatni yuzaga chiqarib, umumjamoaga manfaat keltiradigan axloqgina foydalidir. Jamiyatni axborotlashtirish odamlarga ijodiy yaratuvchilik qobiliyatining yuksalishiga imkoniyat yaratadi. Axborot axloqqa asoslanadi, axloq esa berilayotgan axborot va axloqiy me’yorlarga asoslanadi. Inson axloqli bo‘lib tug‘ilmaydi. Axloq hayot jarayonida, ya’ni amaliy faoliyat natijasi sifatida hosil bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |