Mavzu: Axborotlashuv jarayonining jamiyat taraqqiyotiga ta'siri


Mavzu:Dunyoda axborot o`lchovlarining o`rganilishi



Yüklə 67,39 Kb.
səhifə5/23
tarix28.04.2023
ölçüsü67,39 Kb.
#104243
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Mediasavodxonlik va Axborot texnologiyalari

Mavzu:Dunyoda axborot o`lchovlarining o`rganilishi.

Matbuotda nisbatan yangi «axborot quroli» va «axborotlar jangi» atamalari tez-tez uchraydi, ular mazmunan harbiy san’atda inqilobni anglatadi. Chunki bu atamalar ortida qarama-qarshilikning printsipial yangi shakli yashirinib yotadi, ularda «g‘alaba», «dushmanni yo‘q qilish» maqsadi, yadro quroli yoki urush olib borish an’anaviy usullari yordamida emas, balki radioelektron vositalar axborot qurolidan ommaviy foydalanish yo‘li bilan erishiladi. Rivojlangan mamlakatlarning ko‘pchilik analitiklari qurolning bu turini «zamonaviy dunyoda egalik qilishning hal qiluvchi omili» deb hisoblaydilar. Shunday qilib, «XXI asrning troyan oti» deb atash odat bo‘lib qolgan «axborot jangi» va «axborot quroli » o‘zi nima?


Yaqin o‘tmish tarixidan (1970-1990) Аmerika raketasi faqatgina EHM dasturida etti raqami o‘rniga bir raqami bo‘lgani uchungina berilgan kursidan chetlangan. Raketa yerdan boshqarish punktidan buyruq berish bo‘yicha portlatib yuborildi.
Mars sayyorasi rayoniga uchib yetgan «Fobos» sovet fazoviy apparati keyingi vazifalarni bajarmadi: yuborilgan signalda atigi bir harf tushirib qoldirilgan edi, natijada yo‘l ko‘rsatish tizimi o‘chib qolishi sodir bo‘lgan.
Veneraga yo‘naltirilgan Аmerika fazoviy kemasi boshqaruv tizimi modulida operator vergul o‘rniga nuqta qo‘yib qo‘ygani uchungina o‘z uchishini to‘xtatgan.
1988 yil oktabr oyida АQShning sharqiy va g‘arbiy qirg‘oqlaridagi kompyuter markazlari bir necha soatlar davomida shunday deb ataluvchi «virusli infektsiya» bilan «zararlandi». «Epidemiya» 6 mingdan ko‘proq kompyuterlar va 70 kompyuter tizimlarini qamrab oldi. «Viruslar» axborotlar kanallarini to‘ldirib tez tarqalib bordi. Bundan tashqari, «Virus dasturlari» maxfiy parollarni bilib olishga imkon berdi va shu tariqa kompyuter tizimlariga ulanish, harbiy ob’ektlarni boshqarishni ta’minlagan. Bu ishda jinoyatchi 23 yoshli Kaliforniya universitetining talabasi bo‘lib chiqdi, u qiziqqani uchungina o‘zi tuzgan «virusli dasturni» universitet kompyuter tizimiga kiritgan edi. Bu «EHMga hujum» EHM xavfsizligini ta’minlash bilan shug‘ullanadigan, ayniqsa, АQSh yadro raketalarini uchirishni boshqarish bilan bog‘liq tizimlar ilmiy-texnik xodimlar orasida katta shov-shuv keltirib chiqardi.
G‘arbiy Evropa mamlakatlarining biridan Iroq sotib olgan PVO tizimlarida shunday ataluvchi «mantiqiy bomba» kiritib qo‘yilgan edi, buning natijasida 1991 yili Fors ko‘rfazi hududidagi urush paytida bu tizimlar ishga tushirila olinmadi.
Yuqorida aytib o‘tilgan faktlarda qanday umumiylik bor? Bunga javob darhol topiladi: tasodifan, yoki bilib turib atayin kiritish uchun buzilgan ma’lumotdir. Tasodifiy xatolar operator xatosi, dasturchi yanglishishi, ishdan chiqishi, tabiiy ofatlar natijasida bo‘lishi mumkin. Bilib turib atayin buzilishlar bu aynan ana shu axborot quroli deb atalishi mumkin bo‘lgan holatdir.
Аxborot quroli bu radioelektron klassli qurol, dushmanning axborot imkoniyatlarini yo‘q qilish uchun yaratilgan dasturli-axborot vositalar kompleksidan iboratdir.
Bu aniqlik kirituvchi tushuncha jahonda qadimiy tarixga ega bo‘lgan «dezinformatsiya» nomi bilan hammaga ma’lum bo‘lgan «oddiy» tashviqot-psixologik axborot quroli ham mavjudligi sababli muhimdir. Harbiy-tarixiy adabiyotlarda urush davrida va tinchlik davrida ham muvaffaqiyatli amalga oshirilgan dezinformatsiyalar ko‘plab ma’lum misollari ko‘rsatilgan. «Deza» hozir ham maxsus xizmatlar qurollari bo‘lib saqlanib kelinmoqda.
Lekin 60-70 yillar davrida «oddiy» axborot quroliga «sun’iy intellekt» kirib keladi, axborot tizimlarni kompyuterni va mikrokompyuterni jihozlash sodir bo‘ladi. Natijada, axborot quroli faqatgina uni qo‘llash doirasini cheksiz kengaytirishga imkon beruvchi emas, balki G‘arbda aytishlaricha, u ommaviy hujum vositalarining ham o‘rnini bosa oladigan xususiyatga ega bo‘ladi. Endi rossiyalik ekspertlar bergan axborot quroli aniq tushunchasini keltiramiz.
Аxborot quroli bu «axborot massivlarini yo‘q qilish, buzish yoki o‘g‘irlash vositasi, himoya tizimini buzib kirgandan keyin ulardan kerakli ma’lumotlarni bilib olish, ularga qonuniy foydalanuvchilarining kirishini ta’qiqlash yoki cheklash, texnik vositalarining ishlarini buzish, telekommunikatsion tarmoqlarni ishdan chiqarish, kompyuter tizimlarini, jamiyat hayotini yuqori texnologik ta’minlashni va davlat faoliyatining barcha bo‘g‘inlarini yo‘ldan chiqarishdir».

Yüklə 67,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin