Mavzu: Axborotlashuv jarayonining jamiyat taraqqiyotiga ta'siri


Mavzu: Kiberterrorchilar keltirgan zararlar



Yüklə 67,39 Kb.
səhifə6/23
tarix28.04.2023
ölçüsü67,39 Kb.
#104243
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Mediasavodxonlik va Axborot texnologiyalari

Mavzu: Kiberterrorchilar keltirgan zararlar.

Bugun har bir inson axborot texnologiyalari bilan chambarchas bog‘liq, internetdan foydalanuvchilar soni kundan-kunga ortib bormoqda, Yer yuzining deyarli istalgan nuqtasida internetga ulanish imkoni mavjud. Biroq bu "virtual dunyo" turli kuchlar uchun terroristik, ekstremistik tashviqotlar va g‘oyalar, о‘z qarashlarini ommaga targ‘ib qilish, har xil jinoiy tо‘dalar faoliyatini amalga oshirish yо‘lida asosiy qurol sifatida ham qо‘l kelmoqda. О‘z navbatida global va mintaqaviy xavfsizlikka nisbatan yangi tahdidlar, muammolar yuzaga kelayapti.


Qayd etish о‘rinli, kiberterrorizm yangi va о‘rganilmagan jinoiy sohadir. Internet tarmog‘idagi ochiq manbalar orqali biologik, kimyoviy, hattoki yadro qurollarini tayyorlash texnologiyalarini о‘rgangan holda amalga oshirilayotgan terrorchilik harakatlari huquqni muhofaza qiluvchi organlar e’tiborini tortmoqda. Saytlarni noqonuniy yо‘llar bilan buzish orqali kiberterrorchilar turli maxfiy ma’lumotlarni olish imkoniga ham ega bо‘layotganini aytish joiz.
Kiberterrorizm aslida axborot texnologiyalari ichki faoliyatiga noqonuniy aralashish, kompyuterda mavjud dasturlar yoki ma’lumotlarni maqsadli ravishda yо‘q qilish, zarar keltirish, davlat organlarining muhim qismlari faoliyatini izdan chiqarish, shu bilan birga, insonlar hayotiga xavf solish, moddiy zarar keltirish yoki ommaviy qо‘rqitish, harbiy nizolar kabi turli zararli oqibatlarni keltirib chiqarishga qaratilgan xatti-harakatdir.
Kiberterrorizm shiddat bilan о‘sib borishining yana bir sababi, u qurol-yarog‘ yordamida amalga oshiriladigan terrorchilik harakatidan arzonga tushadi, jangovar harakatlar, xunrezliklar bо‘lmaydi. Buzg‘unchi harakatlar internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Internet tarmog‘i о‘zining ochiqligi, tezkorligi va tejamkorligi, nazoratning sustligi yoki umuman yо‘qligi, dunyo bо‘ylab foydalanuvchilari borligi, axborotlarning tez va arzon yо‘l bilan tо‘liqligicha tarqalishi, hamfikr guruhlarni tashkil etish mumkinligi, aloqalarning anonim ekani, asl manbani aniqlash imkoni yо‘qligi, strategik obyektlar, harbiy tashkilotlar kompyuterlariga noqonuniy ulanish imkoni mavjudligi, tarmoqlarning yashovchanligi bilan terrorchi tashkilotlarni о‘ziga jalb qilayotir.
Bugun terrorizm jangarilar yashirinib yurgan yoki bosh qarorgohlari joylashgan muayyan davlat hududi bilan chegaralanib qolayotgani yо‘q. Ular allaqachon kiberolamga kо‘chib ulgurishgan. Terrorchi tashkilotlar о‘z saflarini kengaytirish hamda maqsadlariga erishishda texnika va internetning sо‘nggi imkoniyatlaridan ustomonlik bilan foydalanayapti. Shu yо‘l bilan terrorchilik harakatlari, maqsad va vazifalari haqida ma’lumot berish, о‘z g‘oya va mafkurasini omma orasida tarqatish bilan birga internet foydalanuvchilariga axborot-psixologik ta’sir о‘tkazish, odamlar о‘rtasida vahima uyg‘otish, terrorchilik harakatlarini qо‘llab-quvvatlash uchun mablag‘ yig‘ish, zaharli moddalar, portlovchi vosita va qurilmalar hamda ularni tayyorlash texnologiyasini о‘rgatish, terrorchilik tashkiloti safiga yangi a’zolarni qabul qilish singari harakatlarni amalga oshirishmoqda.
Ushbu jihat keyingi 5-6 yilda dahshatli oqibatlar keltirgan ISHID terrorchilik tashkiloti faoliyatida yaqqol kо‘rindi. Ular о‘z tizimida g‘oya va maqsadlarni targ‘ib qilish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarni birlashtirgan alohida tuzilma tashkil etishdi. Bugungi kunda internetda tarqatilayotgan bu kabi ma’lumotlarning 80 foizi Yaqin Sharq hududlarida faoliyat yuritayotgan terrorchi tashkilotlarga tegishlidir.
OAV ma’lumotlari tahlili hamda jabrlanuvchilarning iqrorlariga kо‘ra, radikal g‘oyalarning tarqatilishi va tashkilotlarga yollash harakatlarining aksariyati "Facebook", "Odnoklassniki", "Vkontakte", "Twitter", "Youtube" kabi ijtimoiy tarmoqlarda amalga oshirilmoqda.
Hozir psixologik jihatdan ishlov berilgan, jangarilarning ekstremistik, aqidaparastlik g‘oyalari bilan yо‘g‘rilgan videoroliklari bilan bir qatorda mobil ilovayu, terrorchilar belgisi aks ettirilgan buyumlarni sotib olish imkonini beruvchi elektron dо‘konlar kо‘payib borayotgani ham kiberterrorizmning tarkibiy unsurlariga aylangan.
Biz ana shunday xavfdan ogoh bо‘lishimiz, farzandlarimizni ularning ta’siridan har tomonlama himoya qilishimiz lozim.



Yüklə 67,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin