O‘zbek tilshunosligida metanimiya hodisasiga ilmiy munosabatlar
Reja:
I.Kirish .Oʻzbek tilshunosligida metanimiya hodisasi.
II.Asosiy qism:
1.Metanimiyaning oʻrni
2.Olimlarning qarashlari tahlili
3. Metanimiyaga ilmiy munosabat.
III.Xulosa. Tilshunoslikda metanimiyani oʻrganish tadqiqotlaridan xulosa.
Bugungi jadal globallashuv jarayonlarida axborot kommunikasiya texnologiyalarining rivoji misli ko‘rilmagan holatlarini qamragan bir vaqtda, bir tildan boshqasiga so‘z o‘tmasligini tasavvur etishni o‘zi mushkul, shunday ekan tilimiz yanada boyib boradi, ravnaq topadi va go‘zallashadi. Bu bugungi kunda dunyoning inkor etib bo‘lmaydigan lisoniy mantiqiy haqiqatlaridan biridir.
Muhtaram yurtboshimizning quyidagi so‘zlari tilshunoslar va tarjimashunoslarga alohida mas’uliyat yuklaydi: “Biz ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan bebaho boylik sifatida ona tilimizni asrab- avaylashimiz, uni boyitish, nufuzini yanada oshirish ustida doimiy ishlashimiz zarur, ayniqsa, fundamental fanlar, zamonaviy kommunikasiya va axborot texnologiyalari, bank-moliya tizimi kabi o‘ta muhim sohalarda ona tilimizning qo‘llanish doirasini kengaytirish, etimologik va qiyosiy lug‘atlar nashr etish, zarur atama va iboralar, tushuncha va kategoriyalarni ishlab chiqish, bir so‘z bilan aytganda, o‘zbek tilini ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish, milliy o‘zlikni, vatan tuyg‘usini anglashdek ezgu maqsadlarga xizmat qilishi shubhasiz”.
Ma’lumki, ingliz adabiyotining yorqin vakillari, V.Shekspir, Dj.London, T.Drayzer asarlari qatorida E.Hemingueyning durdona asarlari ham dunyo tillari qatorida o‘zbek tiliga tarjima qilingan va o‘zbek xalqini o‘z ma’naviy va milliy qadriyatlari bilan bahramand qilib, kitobxonlar diqqatini o‘ziga jalb qilib kelgan.
Mazkur asarlarning tarjima sifati, uslubi bilan bog‘liq jihatlari o‘rganilmagan. Shu sabab ushbu masalani o‘rganish tarjimashunoslikda muhim ahamiyatga ega. Shunga ko‘ra biz ishimizda E.Hemingueyning “Alvido qurol” asarining asliyati va tarjimasini tahlilga tortdik. Asar tarjimasida badiiy tasvir vositasi, ya’ni ko‘chimning eng murakkab shakllaridan biri bo‘lgan metonimiyaning tarjimada qay darajada saqlaganligini atroflicha tadqiq etdik. Bu esa mavzuning
dolzarbligini ta’minladi.
“Metonimiya” atamasi paydo bo‘lganidan beri o‘tgan yillar davomida metonimiyaga doir ko‘plab tadqiqotlar, izlanishlar amalga oshirildi. Ayniqsa o‘zbek olimlari tomonidan metonimiya sohasida ko‘plab izlanishlar olib borildi. Bunga misol qilib R.Qo‘ng‘irov, S.Karimovlarning ilmiy tadqiqotlarini keltirishimiz mumkin. Metonimiya hodisasi R.Qong‘irov, S.Karimovning tadqiqotlarida o‘zbek badiiy tili misolida qisman o‘rganilgani bilan ajralib turadi. Agar T.Aliqulov, M.Mirtojiyev tadqiqotlarida nazariy jihatdan asoslangan bo‘lsa, yuqoridagi ikki tadqiqotda esa metonimiya asar tilida yozuvchi uslubni yuzaga keltiruvchi hodisa sifatida tahlil etilgan. Ikkinchidan bu ikki tadqiqotda metonimiya lingvistik hodisa ekanligiga ham alohida urg‘u berilgan.
Demak, tadqiqotlar orasida metonimiya grammatik hodisa sifatida
o‘rganilgan. Metonimiyani tasviriy vositaning shakllari bilan qorishtirish, holatlari uchrab turadi. 60-yillarda T.Aliqulov tadqiqotlarida metonimiya ko‘p ma’nolik hodisa sifatida qaraldi. 70-yillarga kelib esa M.Mirtojiyev tadqiqotlarida metonimiyaning bunday xususiyati yanada chuqurlashtirib o‘rganildi. Har ikki tadqiqotda ham metonimiya hodisasi nazariy jihatdan asoslanishga harakat qilingan. Metonimiya hodisasi badiiy asarlardan olingan parchalar yoki ma’lum ijodkor qo‘llangan tasviriy vosita asosida emas, asosan tadqiqotlarning o‘z qarashlaridagi so‘zlarni tahlil etish jarayonida ko‘rsatilgan. M.Mirtojiyev metonimiyani polisemiyaning bir shakli sifatida o‘rganar ekan, unga shunday ta’rif beradi. “Metonimiya .... nomdoshlovchi bilan nomdoshlanuvchi o‘rtasidagi aloqadorlik tufayli ko‘chma ma’no hosil bo‘lishidir” muallif bu fikrini misollarda asoslashga erishadi.
Metonimiya hodisasi M.Mirtojiyev tadqiqotining bir qismi sifatida o‘rganilganligi sababli ham uning xususiyatlari ilmiy nazariy jihatdan to‘la ochilgan. Muallifning doktorlik dissertasiyasida ham mazkur fikrlar rivojlantirilgan. Mazkur tadqiqotda metonimiyaning klassifikasiyasi haqida fikr yuritilar ekan, muallif nomi asarning nomi bilan qo‘llaniladi. Birinchi qo‘llanmada o‘zbek tilida metonimiyaning olti ikkinchisida yetti xil ko‘rinishi mavjudligi asoslab berilgan. Masala bir muallif tomonidan yoritilganligi sababli ham metonimiya hodisasining ko‘rinishlari har ikki qo‘llanmada ham bir xil ta’rif keltirilgan. Bu o‘rinda metonimiyaning yetti xil ko‘rinishini keltirish maqsadga muvofiq. Narsa (idish) ichidagi narsaning ma’nosi o‘sha narsaga o‘tkaziladi. Harakat yoki uning natijasi shu harakatni bajarishdagi vosita, qurol bilan almashtiriladi. Biror narsadan yasalgan material bilan almashtirish. Ma’lum mamlakatda, davlatda yoki ma’lum o‘rinda yashab turgan kishilar ma’nosi shu yerga davlat yoki mamlakatga ko‘chiriladi. Alohida olingan aniqlovchi to‘liq narsani almashtiradi. Aniq tushuncha nomi o‘rniga mavhum ma’noli ot qo‘llaniladi.
Nutq madaniyati va usulbiyat asoslari qo‘llanmasida ta’kidlab o‘tish joizki o‘zbek tili stilistikasi va mazkur qo‘llanmadagi tilning tasviriy vositalari qismlari professor R.Qo‘ng‘irov tomonidan yozilgan metonimiya hodisasining ko‘chma ma’noga asoslangan.
Tadqiqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad mavzuni nazariy jihatdan yoritib berish hamda E.Hemingueyning “Alvido qurol” asari tarjimasida metonimiyaning o‘zbek tilida qay darajada tiklanganligini o‘rganish va tarjima jarayonidagi nuqsonlar va yutuqlarni aniqlashdan iborat.
Tadqiqot maqsadidan chiqib o‘z oldimizga quyidagi vazifalarni ko‘ndalang qo‘ydik.
Metonimiya tushunchasiga to‘la oydinlik kiritish va uning tarjima bilan bog‘liq jihatlarini kompleks o‘rganish;
Tarjimada metonimiyani saqlashda tarjimonning individual uslubiy mahoratini ochib berish;
Metoniya tarjimasida shakl va mazmun birligi saqlanishini aniqlash;
Tadqiqot ishi o‘zbek tarjimashunosligida metonimiyaning ingliz tilidan o‘zbek tiliga o‘girishda yuzaga keladigan muammolarni o‘rganishga qaratilgan dastlabki monografik plandagi ishlardan biridir. Unda tadqiq etilgan masalalar ishning ilmiy yangiligini belgiladi.
Metonimiya tushunchasiga ma’lum va muayyan ma’noda oydinlik kiritildi, uning mavjud tasniflari umumlashtirildi;
Tarjima va asl nusxaga qiyosiy – tipologik jihatdan o‘rganib chiqildi hamda o‘zaro nomutonosibliklar aniqlandi.
tarjimada metonimiya muqobillarining shakl va mazmun birligi o‘rganildi.
Badiiy asardagi metonimiyani saqlashda tarjimonning individual– uslubi tarjima asarning sifatini aniqlash imkonini berishi tadqiq qilindi.
Tadqiqot manbai sifatida E.Hemingueyning “Alvido qurol” asari asliyati va uning o‘zbekcha tarjimasi asos qilib olindi. Tarjimashunoslarning ilmiy qarashlari, tarjimalari, taqrizlari, shuningdek, folklor asarlari namunalari, ilmiy maqola va risolalar mazkur mavzuni tadqiq etishda metodologik asos o‘rnini bosadi.
Tadqiqqotning ilmiy – nazariy va amaliy ahamiyati Mazkur tadqiqot tarjimashunoslikda kam organilgan soha tarjimada metonimiyani saqlanishiga boglik masalalarga bagishlanganligi, bundan keyin yaratiladigan tadqiqotlar uchun nazariy manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Tadqiqotning metodologik asosi va metodlari N. Vladimirova, G Salomov, R.Fayzullayeva, Q.Musayevlarning ilmiy fikrlari, nazariy qarashlari tadqiqotga metdologik asos bo`lib xizmat etdi.
Mavzuning maqsad vazifalaridan kelib chiqqan holda qiyosiy – tipologik, uslubiy (stilistik), tekstologik, semantik, va statistik tahlil qilish metodlariga tayanildi.
Metonimiya tarjimasi doimiy ravishda tadqiq qilishni talab qiluvchi tajimashunoslikda muhim bo‘lgan masalalardan biri hisoblanadi. Metonimiyada ikki predmet tashqi ko‘rinish yoki ichki xususiyatlari bilan bir-biriga qandaydir aloqasi bo‘lsa ham, umuman bir-biridan farq qiluvchi predmetlar belgilari chog‘ishtiriladi.
Metonimiya ancha murakkab ma’no ko‘chish hodisasi hisoblanib, ayni zamonda ham tilshunoslar, ham adabiyotshunoslar diqqatini o‘ziga jalb etib keladi. Bu ma’no ko‘chishga tilshunoslar ko‘p ma’noli so‘zlardagi semema va semalarning xarakterli xususiyatlarini ochish, ko‘chma ma’no hosil qiluvchi hodisalar tahlili nuqtai nazaridan yondoshsalar, adabiyotshunoslar esa polisemantik so‘zlardagi tasvirning turli vositalar (o‘xshatish, sifatlash, majoz istoriya)ni yuzaga keltiruvchi omillar deb biladilar. Har ikkala yo‘nalishda ham maqsad bitta, u ham bo‘lsa, so‘zning ko‘p ma’noligi va undagi uslubiy imkoniyatlarni o‘rganishdir.
So‘zning ko‘p ma’noliligini o‘rganish, avvalo, leksik uslubiyat uchun muhim rol o‘ynaydi. Chunki, bir so‘zning o‘zida turli xil ma’noning bo‘lishi uchun og‘zaki va yozma nutqda qo‘llashda uslubiy bo‘yog‘iga, ma’nosiga e’tibor berishni talab qiladi. Shu boisdan ma’no ko‘chish ham sinonimiya, omonimiya va boshqa leksik vositalar singari hazil, mutoyiba, kulgi va turli so‘z o‘yinlarini yuzaga keltiradi. Bunday paytlarda so‘zning to‘g‘ri va ko‘chma ma’nosi to‘qnashtiriladi, natijada kutilmagan yangi ma’no hosil bo‘ladi. So‘zlarning ana shu nozik ma’no ottenkalari badiiy adabiyotda muhim tasviriy vosita sifatida keng qo‘llanadi.
Uslubiyat – nutqning eng yaqin va muvofiq vositasini tavsiya etadi, me’yor qilib belgilaydi. Nutqning turli uslubiy qatlamlarida qo‘llanmalardan vositalarini belgilab beradi. Shunga ko‘ra uslubiyat so‘z san’ati ifoda vositalari haqidagi alohida bir fandir. Hozirgi kunda uslubiyat sohasida tadqiq etilgan tadqiqotlar bizning e’tiborimizni tortdi. Ayniqsa, metafora, metonimiya va sinekdoxa kabi tasviriy vositalar va o‘xshatishlar ham ijodkor asari tilidagi o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish ham mas’uliyatli va ham qiziqarlidir. Ana shu fan haqidagi tushunchalarimizning boyib borishida tilshunos olimlarimiz va yozuvchilarimizning xizmati benihoyatdir. Ularning katta mehnati tufayli o‘zbek tilining ko‘pgina sohalarida qat’iy me’yorlar belgilaydi, til birikmalarining aloqa jarayonidagi lisoniy namunalari tavsiya etiladi.
Til taraqqiyotidagi ko‘pgina masalalar ilmiy nazariy asosda qo‘yildi. Masalan: dastlab o‘zbek tilida tasviriy vositalar, ko‘chimlar bo‘yicha hal qilinadigan masalalariga kam e’tibor berilar edi. Keyinchalik bu sohalarda so‘zlarning biriga ko‘chirish yoki so‘zlarni shu maqsadda, umuman ko‘chma ma’noda (asossiz ma’noga emas), ishlatilishiga troplar (ko‘chimlar) deyiladi.
Ko‘chimlar ko‘proq og‘zaki nutq uchun xarakterli hodisadir. Ulardan zo‘rma-zo‘raki foydalanib bo‘lmaydi, nutqni buzishi mumkin. Ularga yozuvchi yoki notiq zarurat tug‘ilgandagina murojaat qilishi lozim. Aks holda ular badiiy asar qimmatni oshirish o‘rniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ko‘chim (trop)lar quydagi asosiy turlarga bo‘linadi: Metonimiya, metafora, sinekdoxa, epitet (sifatlash), o‘xshatish, jonlantirish, simvol, allegoriya, giperbola, litota, perifraza, antifraza, ironiyalaridir.
Badiiy tasvir vositalaridan biz kuzatishlarimizni metonimiyaga qaratdik.
Metonimiya – grekcha metonumiya so‘zidan olingan bo‘lib boshqacha nom berish degan ma’noni bildiradi. Metaforaga o‘xshash tropning asosiy turlaridan biri bo‘lgan metonimiya ham so‘zlarning, ko‘chma ma’nosiga asoslanadi.
Metofarada bir-birlariga o‘xshash predmet va ularning belgilari ko‘chirilsa, metonimiyada bu ikki predmet tashqi ko‘rinish yoki ichki xususiyatlari bilan birbiriga qandaydir aloqasi bo‘lsa ham ammo, umuman bir-biridan farq qiluvchi predmetlar belgilari chog‘ishtiriladi. Masalan: Ra’no Anvarga xat yozib yuboradi va gapning qolganini Fuzuliydan o‘qirsiz, deydi (A.Qodiriy “Mehrobdan chayon”). Bunda muallifning nomi uning asari o‘rniga ko‘chgan uni nomi bilan qo‘llanadi.
Yoki darsdan so‘ng A.Qodiriyni olish uchun do‘stimni uyiga bordim gapida ham asar avtor nomi bilan qo‘llanilgan.
Umuman metonimiyada biror narsa ichidagi predmetni ma’nosi, o‘sha narsaga o‘tkaziladi. Masalan: Bir piyola ichdim. Bir tovoq tushurdim, “piyola”, “choy” ma’nosida tovoq esa “osh” ma’nosida keltirilgan. Yoki muallif nomi asar o‘rnida qo‘llanilishi mumkin: Navoiyni o‘qidim, Oybekni o‘qidim: yana harakat natijasi shu harakatni bajaruvchi qurol nomi bilan almashtiriladi. Masalan: mazkur gaplarning hammasi ustoz S.Ayniy qalamiga tegishli.
Metonimiya – yunoncha so’z bo’lib, “qayta nomlash ” degani. Metonimiya
ham ma’no ko’chish usullaridan biri bo’lib, bunda “bir predmetning, belgining ,
harakatning nomi boshqasiga o’xshashlik asosida emas, bog’liqlik asosida
ko’chiriladi. ”
Metominiya ham yangi ma’no hosil qilish jarayoni va bu jarayon
natijasining barqarorligiga ko’ra lison va nutqqa dahldor hodisa, boshqacha
aytganda metonimik hosila ma’no sof yoki lisoniy bo’lishi mumkin.
1. Bir predmet nomi shu predmetdagi boshqa bir predmetga ko’chiriladi.
2. Bir predmet nomi shu predmetga soslangan o’lchov birligining nomi bilan
xizmat qiladi.
3. Bir predmet nomi shu predmet asosida hosil bo’ladigan predmetga
ko’chiriladi.
4. Harakatning nomi shunday harakat natijasida hosil bo’ladigan predmatga
ko’chiriladi.
Yusuf Xos Hojib ham o’z asarida ma’no ko’chishining bu usulidan samarali
foydalangan va so’zning ma’no ta’sirchanligiga erishgan.
Tili yolg’on erning jafa qilqi ul,
Jafa kimda ersa asha yilqi ul.
Kishi yalg’anindin tilama vafa,
Bu bir so’z sinamish o’gush yilqi ul.
Tili yolg’on erning jafo xulqidir,
Jafo kimda bo’lsa osha yilqidur.
Kishi yolg’onidan vafo kutmagin,
Bu so’z sinalgan talay yilgidir.
Til so’zi asli “og’iz bo’shlig’ida joylashgan tam bilish va nutq tovushlarini
hosil qilish uchun xizmat qiladigan organ, a’zo”
ma’nosiga ega. Ana shu dastlabki “azo” semasidan “insonning shu a’zo
yordamida hosil bo’ladigan so’zlashish, gapirish qobiliyati, so’zlashuv, fikr
ifodalash va o’zaro aloqa vositasi bo’lib xizmat qilish” semasi o’sib chiqqan
va natijada fikr ifodalash vositasi ma’nosiga bog’liqlik asosida “nutqning
o’ziga xos xususiyatlari va ifoda vositalari bilan ajralib turadigan bir turi,
stil, uslub” ma’nosi ifodalanmoqda. Bunda(tili yolg’on) til so’zi o’zining
asosiy bosh ma’nosi(organ)dan chekingan. Natijada metonimiya hodisasi
yuzaga kelayotgani kuzatiladi.
Qamug’ nangka vaqt ul, kuni belguluk,
Nafas, tin to’qurqa sani belguluk.
Yil, ay, kun kechartek tiriklik kechar,
Kechar kun kechirkay sani belgulik.
Hamma ishga vaqti, kuni belgilik,
Nafas, dam olishning kuni belgilik.
Yil, oy, kun o’tardek tiriklik o’tar,
O’tib kunlar eltgay seni belgilik.
Oy “quyosh nur olib yogdu sochuvchi samoning samoviy jismi.Ushbu orinda metonimiyaning yana bir turi : narsa-buyumga asoslangan
olchov birligi bolib xizmat qilgan .
Badiiy
asarda
so’zlarning
o’z
ma’nosida
ishlatilishi
bilan
birga
tasvirlanayotgan voqealikning mohiyatini ochish uchun so’zning turli ma’nolarda
tovlanishi tilshunoslik hamda adabiyotshunoslikda maxsus o’rganib kelinadi.
Masalan: Mirtojiyev yozishicha, “Tildagi polisemiya hodisasi juda qadimdanoq
olimlar diqqatini o’ziga jalb qilib keldi”. Eramizdan avval uni falsafa va uslubiyat
nuqtai nazaridan o’rganishdi. Tilchilarimizning qayd etishicha bu masala bilan
Xitoy va Hind olimlari eramizning boshlarida esa yunonlar ham shug’ullanishgan
ekan. So’zlarning turli ma’nolarda tovlanishi qadimgi turkiy til boyliklariga
bag’ishlangan asarlarda ham o’rganilgan. Mahmud Qoshg’ariyning “Devoni
lug’otit turk”, Alisher Navoiyning “Muhabbat-ul lug’atayn” asarlarida bunday
hodisani kuzatish mumkin.
So’zlarning rang-barang ma’nolarda kelishi adabiy matnlarni tahlil etish
jarayonida aniqlanadi. So’zning o’z ma’nosidan boshqa manoda qo’llanilishi
tilshunoslik va adabiyotshunoslikda trop atamasi bilan yuritilgan. Badiiy tildagi
bunday hodisani R.Qo’ng’irov shunday izohlaydi: “Adabiy asarning badiiy
qimmatini, ifodaligini, ekspressivligini kuchaytirish uchun bir narsaning nomini,
belgisini ikkinchisiga ko’chirish yoki so’zlarni shu maqsadda, umuman ko’chma
ma’noda ishlatishga troplar deyiladi”.
So’z yoki so’z birikmasining o’z ma’nosidan boshqa ma’noda qo’llanilishini
trop atamasi bilan nomlash tilshunoslik hmda adabiyotshunoslikka oid darslik
hamda qo’llanmalarda adabiyotshunoslik lug’atlarida ham uchraydi. Troplar
adabiyotshunoslikda boshqacha nom bilan yuritilgan holatlar ham mavjud.
Masalan:
N.Shukurov
va
boshqa
olimlar
tomonidan
yaratilgan
“Adabiyotshunoslikka kirish darsligida troplash ko’chim atamasi bilan ham
izohlanadi. So’zning ko’chma ma’nosi adabiyotda ko’chim (trop) termini bilan
ifodalanadi. Demak, bu ta’rifda atama yuzaga kelishiga so’zning o’z ma’nosidan
boshqa ma’noga o’tishi, ko’chishi asos qilib olingan. Bunday tarifga troplarning
vazifasi, xususiyatidan kelib chiqib, o’zbek tiliga moslashtirilishi asos qilib
olingan. Trop jahon tilshunosligi va adabiyotshunosligida atama sifatida qabul
qilingan tushunchadir. Asli grek tilida paydo bo’lgan bu atamaning barcha
tillardagi atamashunoslik lug’atlarida ta’rif va tavsiflari mavjud. So’ngi yillarda
o’zbek tilida yaratilgan atamashunoslik lug’atlarida troplar ko’chim atamasi bilan
ham yonma-yon tarzda qo’llanilmoqda. Bu atama haqidagi tasavvurlar
mutaxassislarimizda yetarli bo’lsa-da, o’rganilayotgan masalaning mohiyatini
to’laroq ochish maqsadida atamashunoslik lug’atlaridagi ta’riflarning birini
keltirish o’rinli deb o’ylaymiz.
Troplar – biror narsa yoki hodisani ifodalash uchun so’z yoki so’z
birikmalarining o’z ma’nosidan boshqa ma’noda qo’llanilishi anglatuvchi
tushuncha. Ko’chma ma’noda qo’llanilgan so’zning o’z va ko’chma ma’nosining
munosabati hamda ularning narsa yoki voqelikka bo’lgan munosabatiga qarab
ko’chimlar bir necha turlarga bo’linadi. Ulardan eng asosiylari: metafora,
metonimiya, sinekdoxa, allegoriya, litota, simvol va hokazolar. Bizning ongimizda
qandaydir xususiyatlari, belgilari bilan bir-biriga yaqin bo’lgan ikki narsa yoki
hodisani chog’ishtirish, o’xshatish troplarga asos qilinib olinadi. Boshqacha
aytganda, biror narsa yoki voqea-hodisa haqida aniq, yorqin tasavvur hosil qilish
uchun unda boshqa biror narsa yoki voqeaning belgisi ko’chiriladi, o’xshatiladi.
Ko’chim umuman tilga xos hodisa bo’lib, u so’zning qo’llanish doirasini, uning
ma’no tovlanishlarini boyitadi. Shuning uchun ko’chimlarning badiiy nutqda
ishlatilishi, ifodalilikni, ta’sirchanlikni oshirishga, tasvirlanayotgan voqea hodisani ravshanroq, baholashga yordam beradi.
Ko’chim tufayli badiiy nutqning turli stilistik vazifalari kuchayadi. Shuning
uchun ham ko’chimlar jonli til bilan birga, badiiy adabiyotda ham g’oyat keng
qo’llaniladigan maxsus tasviriy vositalardandir.
Bizningcha ushbu ta’rifda troplar va ularning turlarining vazifasi juda to’g’ri
asoslangan. Eng muhimi troplar til hodisasi sifatida baholanmoqda, ularning badiiy
nutqning stilistik vazifalarini kuchaytirish ta’kidlanmoqda. O’zbek tili uslublarini
vazifaviy jihatdan tasnif qilish amalga til va tildan tashqarida bo’lgan omillarga
tayanadi.
Bu
uslublarning
N.A.Bashakov,
A.Sulaymonov,
A.Shomaqsudov,
G’.Abdurahmonov,
B.O’rinboyev,
S.Muhammadiyevlar
tavsiya
etilgan
qatlamlarida qo’llaniladigan vositalarni belgilab beradi. Shunga ko’ra stilistika so’z
san’ati ifoda vositalar haqidagi bir janrdir. Tildagi ana shunday muammolar bilan
shug’ullanadigan uslubshunoslikning quyidagi yo’nalishlari mavjud:
1. Tilning leksik resurslari o’rganuvchi yo’nalish.
2. Funksional stilistika vazifaviy uslubshunoslik.
3. Badiiy adabiyot uslublari.
4. Amaliy uslubshunoslik .
Mavzu nuqtai nazaridan bu o’rinda bizni vazifaviy uslubshunoslik qiziqtiradi.
Kishilar o’z ijtimoiy faoliyatlarida tildagi barcha foydalanganlarida avvalo ularni
o’z extiyojlaridan kelib chiqib nutq mavzuiga, vaziyatga qarab tanlaydilar va
qo’llaydilar. Tilshunoslikda ko’chma ma’no hosil qiluvchi so’zlarni tasniflash va
ularni nomlash boshqa yo’sinda ko’rinadi.
M.Mirtojiyev o’z risoslasida bunday tasniflarni umumlashtirgan. Shunday
bo’lsada ko’chma ma’no hosil qiluvchi so’zlarni tasniflagan tilshunoslarning
ayrimlari
ishlariga
e’tiborni
qaratish
o’rinlidir.
Bu
muammo
jahon
tilshunoslarining ayrimlari ishlariga e’tiborni qaratish o’rinlidir. Bu muammo
jahon tilshunoslarining doimiy e’tiboridagi hodisadir. Masalan fransuz tilshunosi
J.Maruzo ko’chma ma’noli so’zlarni uch turga metafora, metonimiya, sinekdoxaga
ajratadi. Rus tilshunosi L.A.Buxolovskiy esa ko’chma ma’no hosil qiluvchi
hodisani olti turga bo’lgan. 1) Metafora, 2) Vazifadoshlik, 3) Emotsionallik, 4)
Metonimiya, 5) Xalq etimologiyasi sifatida 6) Aloqadorlik L.A.Buxolovskiy
sinekdoxani metonimiyaning bir ko’rinishi deb hisoblaydi.
Tilshunos K.A.Levkovskaya ko’chma ma’no hosil qiluvchi so’zlarni faqat
metonimiya deb tushunadi: N.M.Shanskiy esa ko’chma ma’noli so’zlarni uch turga
1) o’xshashlik (metafora) 2) yondoshlik (metonimiya)
3) vazifadoshlikka ajratib
o’rganadi. O’zbek tilshunosi A.Azizovning “Tilshunoslikka kirish” darsligida esa
sinekdoxani metonimiyaning bir ko’rinishi sifatida ko’rsatiladi. Demak, yuqoridagi
asarlarda shuningdek biz kutgan ayrim manbalarda ham ko’chma ma’no hosil
qiluvchi so’z yoki so’z birikmasi haqida fikr yuritilganda asosiy metofara va
metonimiya e’tirof etilgan. Sinekdoxa esa ko’chma ma’no hosil qiluvchi ikkinchi
hodisa sifatida o’rganiladi va asosan u metonimiyaning bir turi sifatida qaraladi va
ba’zan unga qo’shilib yuboriladi.
Bizningcha, ko’p ma’noli so’z va birikmalar hosil qiluvchi til hodisalarini
faqat uch turga metafora, metonimiya, sinekdoxa bilan cheklanish unchalik to’g’ri
emas. Negadir o’zbek tilida polisemiya hodisasining tadqiqotchisi M.Mirtojiyev
ham jahon tilshunoslarining bu masaladagi qarashlarni maqullaydi ya’ni o’z
tadqiqotiga boshqa ko’p ma’noli til hodisalari xususida fikr yuritmaydilar. O’zbek
tilida trop, ko’chim yoki majoziy vositalar nomi bilan ifodalangan hodisalar faqat
uch turni tashkil etmay, ularning hammasida ham ko’p ma’nolik alomatlari
mavjuddir. Albatta bu o’rinda o’zbek tilining barcha tasviriy vositalarini sanab
o’tmoqchi emasmiz. O’zbek tilining tasviriy vositalari deyilganda tilshunoslikda mavjud stilistik figuralar esa ma’no va shakl tuzilishiga ko’ra doimiy o’zgarmaslik
xususiyatiga egadir. Demak, troplar so’zlarning ko’p ma’noli, so’zlarning boshqa
ma’nolarga ko’chishi xususiyatlariga ega. Figuralarda bunday hodisa kuzatilmaydi.
Ammo stilistik figuralar (antiteza, gradesiya, ritorik so’roq, ellipsis, takror, epifora
va boshqalar) troplarni to’ldirish, undagi mazmunga aniqlik kiritishda ham xizmat
qiladi.
Metafоra, metonimiya va sinekdoxa troplarning asosiy, badiiy tilda keng
qo’llanilgan turidir. R.Qo’ng’irovning “O’zbek tilining tasviriy vositalari” kitobida
troplarning yana bir necha turlarni jumladan, yuqoridagi uch turidan tashqari epitet
(sifatlash), o’xshatish, perifraz, ironiya, antifraza giperbola (mubolag’a), simvol
litota, jonlantirish kabi turlarini keltirgan. “O’zbek tili stilistikasi” da shunday
troplarning bu turlari to’g’risida fikr yuritiladi. Troplarning bunday turlari va
ularning badiiy tildagi xususiyatlari S.Karimovning risolasida ham yoritilgan.
Xullas, metonimiya so’zga xos semantik-uslubiy hodisa bo’lib, undagi
muayyan ma’no taraqqiyoti, yangi hosila ma’nosining narsa va ma’nolar
o’rtasidagi aloqadorlikka ko’ra yuzaga kelish kechimi deb tushunilish kerak.
O’rganishga bag’ishlangan tadqiqotlar ham mavjud. H.Shukurov bir maqolasida
nutqdagi gaplarning tarkibida kelgan birikmalardan biror so’z ellipsiz hodisasiga
uchrashi natijasida so’zda nutqiy metonimiyalar sodir bo’lishini tahlil etadi.
Tadqiqotchining kuzatishicha, bunday metonimiyalar asosan otlarda keng tarqalgan bo’lib, ular aniqlovchi, birikmalarning natijasida yuzaga kelgan. Metonimiyaning morfologik hamda sintaktik stilistikaga oid xususiyatlari mavjuddir. “Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari” qo’llanmasida metonimiyaning aniqlovchilik hamda ot vazifasida kelgan ko’rinishlari asoslab berilgan. Otlarda metonimiya tilshunoslar metonimiyaning uchdan 12 gacha shakllari mavjudligini ko’rsatib o’tishganini ta’kidlaydi.
Metonimiya hodisasi R.Qo’ng’irov, S.Karimovning tadqiqotlarida o’zbek badiiy tili misolida qisman o’rganilgani bilan ajralib turadi. Agar T.Aliqulov, M.Mirtojiyev tadqiqotlarida nazariy jihatdan asoslangan bo’lsa, yuqoridagi ikki tadqiqotda esa metonimiya asar tilida yozuvchi uslubni yuzaga keltiruvchi hodisa sifatida tahlil etilgan. Ikkinchidan bu ikki tadqiqotda metonimiya lingvistik hodisa ekanligiga ham alohida urg’u berilgan. Demak, tadqiqotlar orasida metonimiya grammatik hodisa sifatida o’rganilgan bo’lsa kerakli metonimiyani tasviriy vositaning shakllari bilan
qorishtirish, holatlari uchrab turadi. 60-yillarda T.Aliqulov tadqiqotlarida
metonimiya ko’p ma’nolik hodisa sifatida qaraldi. 70-yillarga kelib esa
M.Mirtojiyev tadqiqotlarida metonimiyaning bunday xususiyati yanada chuqurlashtirib o’rganildi. Har ikki tadqiqotda ham metonimiya hodisasi nazariy jihatdan asoslanishga harakat qilingan. Metonimiya hodisasi badiiy asarlardan olingan parchalar yoki ma’lum ijodkor qo’llangan tasviriy vosita asosida emas, asosan tadqiqotlarning o’z qarashlaridagi so’zlarni tahlil etish jarayonida
ko’rsatilgan. M.Mirtojiyev metonimiyani polisemiyaning bir shakli sifatida
o’rganar ekan, unga shunday ta’rif beradi. “Metonimiya .... nomdoshlovchi bilan
nomdoshlanuvchi o’rtasidagi aloqadorlik tufayli ko’chma ma’no hosil bo’lishidir”
muallif bu fikrini misollarda asoslashga erishadi. Metonimiya hodisasi M.Mirtojiyev katta tadqiqotining bir qismi sifatida o’rganilganligi sababli ham uning xususiyatlari ilmiy nazariy jihatdan to’la ochilgan. Muallifning doktorlik dissertasiyasida ham mazkur fikrlar rivojlantirilgan. Mazkur tadqiqotda metonimiyaning klassifikasiyasi haqida fikr yuritilar ekan, muallif nomi asarning nomi bilan qo’llaniladi. Birinchi qo’llanmada
o’zbek tilida metonimiyaning olti ikkinchisida yetti xil ko’rinishi mavjudligi
asoslab berilgan. Masala bir muallif tomonidan yoritilganligi sababli ham
metonimiya hodisasining ko’rinishlari har ikki qo’llanmada ham bir xil tarif
keltirilgan. Bu o’rinda metonimiyaning yetti xil ko’rinishini keltirish maqsadga
muvofiq. Narsa (idish) ichidagi narsaning ma’nosi o’sha narsaga o’tkaziladi.
Harakat yoki uning natijasi shu harakatni bajarishdagi vosita, qurol bilan
almashtiriladi. Biror narsani yasalgan material bilan almashtirish. Ma’lum
mamlakatda, davlatda yoki ma’lum o’rinda yashab turgan kishilar ma’nosi shu
yerga davlat yoki mamlakatda ko’chiriladi. Alohida olingan aniqlovchi to’liq
narsani almashtiradi. Aniq tushuncha nomi o’rniga mavhum ma’noli ot
qo’llaniladi.
O’zbek tilshunosligida metonimiya hodisasi to’g’risida umumlashma hodisa
beradigan tadqiqot yaratilganligining boisi ham shu asoslangan. Ya’ni “Tashqi
yoki ichki tomondan bir-biriga aloqador narsa yoki hodisaning nomi boshqa narsa
yoki hodisaga ko’chiriladi” degan ta’rif keltiriladi. Demak bu ta’rifda metonimiya
hodisasi uchun narsalardagi tashqi yoki ichki tomondan aloqadorlik asos qilib
olinmoqda.
Lug’atlarda metonimiyaga bir muncha mukammalroq ta’rif berilgan hamda
uning beshta ko’rinishi xususida fikr yuritilgan. Metonimiyaga shunday ta’rif
kelitiriladi. Metonimiya (grekcha metonumiya qayta nomlash so’zidan olingan).
So’zlarning ko’chma ma’nosiga asoslangan ko’chimning asosiy turlaridan biri ikki
tushuncha o’rtasidagi yaqinlikka asoslangan o’xshatishsiz ko’chim. Metonimiya
biror narsa yoki voqyea-hodisaning nomi boshqasiga ko’chiriladi, u boshqa nom
bilan ifodalanadi, biroq bu nomlanish yoki narsalar o’rtasidagi yaqinlikka,
aloqadorlikka asoslanadi. Lug’atdagi metonimiyada predmetning tashqi ko’rini
yoki ichki xususiyatlari bilan bir-biriga aloqador bo’lgan lekin bir-biriga
o’xshamagan predmet belgilari chog’ishtirilishi haqida fikr bayon etilar ekan,
metonimiyaning quyidagi ko’rinishlari mavjudligi ta’kidlanadi. 1) Kishi yoki
narsaga xos xususiyat o’sha yoki narsaning nomiga o’tkaziladi. 2) avtorning nomi
uning natijasi shu harakatni bajaruvchi qurolning nomiga ko’chiriladi. 3) ma’lum
joydagi narsalar ma’nosi shu joyga ko’chiriladi. 4) Narsa predmetlarga shaxsni
harakati ijodi ko’chiriladi.
O’zbek tili stilistikasida metonimiyaga shunday ta’rif berilgan. Metonimiya
grekcha so’zdan olingan bo’lib boshqacha nom berishi degan ma’noni beradi. Biz
yuqorida lug’atda qayta nomlash degan ta’riflar bilan tanishdik. Albatta qayta
nomlash va boshqacha nom berish o’rtasida ma’no jihatdan qisman bo’lsada farq
mavjud. O’zbek tili stilistikasida ana shunday ta’rif keltiriladi. Metonimiya
hodisasi ham so’zlarning ko’chma ma’nosi bilan bog’liq. Ammo bu yerda asosan
biror narsa yoki voqea hodisaning nomi boshqa biror narsa yoki hodisaga
ko’chiriladi. Bu predmet yoki voqea hodisa ongimizda bir-biri bilan aloqador
tushunchalarni anglatishi bilan o’zaro bog’langan bo’ladi.
Nutq madaniyati va usulbiyat asoslari qo’llanmasida ta’kidlab o’tish joizki
o’zbek tili stilistikasi va mazkur qo’llanmadagi tilning tasviriy vositalari qismlari
professor R.Qo’ng’irov tomonidan yozilgan metonimiya hodisasining ko’chma
ma’noga asoslangan.
Metonimiyada nomdoshlovchi bilan nomdoshlovchi alohida ikki narsa voqyelik, harakat, holat, belgi kabi bo’lgani kabi sinekdoxalarda tamoman boshqachadir. Ma’no ko’chishi metonimiyada obyektlarning o’zaro aloqadorlik belgisiga qarab nomlashdan kelib chiqadi.Metonimiyaga xos yo’l bilan ma’no taraqqiyot ot sifat, fe’l olmosh, son va ravish turkumiga oid so’zlarda yuzaga kelgani holda, bu hodisaga xos yo’l bilan ma’no taraqqiyot faqat ot turkumiga oid so’zlarda yuzaga keladi.
Mazkur hodisani metonimiyaga nisbatan shuncha farqlari borligini nazarda
tutib metonimiya emas alohida ma’no ko’chishi deb atadik.
L.Boboxonova o’zining “Ingiliz tili stilistika”si kitobida metonimiyani ikki
turga , ya’ni tildagi metonimiya va nutqdagi metonimiyaga ajratib qo’yibdi.
Nutqdagi metonimiyaning stilistik vazifasini mukammal aniqlab olish uchun
avvalo tildagi metonimiyada ba’zi bir misollarni ko’rib chiqamiz
Masalan, “Terim paytida ko’p qo’l kerak bo’ladi “ (Ro’znomadan).
Tildagi metonimiya doim siyqasi chiqqan, hammaga ma’lum bo’lib qolgan bo’ladi.
Tildagi metonimiyaga yana bir misol : Uning qalami qasos o’ti bilan yonardi”.
Nutqdagi metonimiyalar badiiy ma’noli yoki tasodifiy bo’ladi. Masalan,
Qalam orom topsa, uyg’onar bolam. Bolam uxlaganda, qalam uyg’onar. Bu metonimiya badiiy ma’noli metonimiya hisoblanadi .Metonimiyalar tushunchalar
o’rtasidagi munosabatiga ko’ra, turli xil bo’ladi:
1) Metonomik so’zlarning mavhum hamda aniq tushunchalari asosida hosil
bo’lishi mumkin.Yuqorida keltirilgan gap shunga misol bo’la oladi.Bu yerda
“qalam” so’zining aniq tushunchasi (ijod) o’rtasidagi munosabat mutloq aniqdir.
Aniq hamda mavhum tushunchalar o’rtasidagi munosabatlarni quyidagi
misolda ko’rishimiz mumkin; Ikkovimizning fikrimiz qarama-qarshi bo’lsa ham,
siz menga avval quloq bering, so’ngra bir gap bo’lar (A.Q)
2) Narsa, hodisa yoki kishilarga xos xususiyatlar o’sha narsaning yoki
kishilarning nomiga o’tkaziladi: Pakana xuddi xech nima bo’lmaganday “miyg’ida
kulib turardi (Mushtum).” Tantanali majlis zalida ”a’lo”, “yaxshi” qator o’tirdi.
(S.J)
3) Bo’lakning butunga yoki butunning bo’lakka munosabatiga misol qilib,
quyidagilarni keltirish mumkin: Nikolay zamonida ostonam tuyoq ko’rmagan (O.)
4) Ma’lum narsa bilan uning nomi o’rtasidagi munosabat asosida
metonimiyaning yana bir turi vujudga keladi:
“Majlisga butun qishloq keldi”. “Auditoriya kuldi”. Keltirilgan misoldagi
“qishloq” so’zi qishloqda yashovchi aholi ma’nosini ifodalagan; “auditoriya” so’zi
esa (yig’ilishga), ma’ruzaga kelga talabalarni bildiradi.
5) Ba’zan esa muallifning ismi uning asari o’rnida qo’llaniladi. Fuzuliyni oldim qo’limga, Majnun bo’lib yig’lab qichqirdim (H.O.). “Ba’zan Shekspirni tushunish
qiyin “. Navoiy “Qush tili” ustida to’lg’in zaqvq bilan ishladi (O,).
Bu tasnif cheklangan emas, uni davom ettirish mumkin, chunki metonimiyaning
boshqa turlari mavjud .
Metanimiya istoriyadan yetarlicha ajralib turishini bilmoq lozim. Birichidan,
istoriyani doimo o’xshatish yordamida o’zgartirib ifodalashimiz mumkin,
metanimiya bilan esa bunday qilib bo’lmaydi.Bundan tashqari, ko’pinch
metanimiya tabiatini ochish, tushunib yeyish uchun ma’lum bir matn zarur, istoriya
uchun esa ma’lum matnni bo’lishi shart emas.Eskirgan, odatiy qo’llanuvchi
metanimiyalarni tushunishda matn kerak bo’lmaydi. Quyidagi misollardan buni
ko’rish mumkin:
Qo’shiq kuylar qizaloq,
Tinglar uni dala, bog’.
Meni og’ir ishga qo’ying, iltimos qilaman. El qatori ishlab ter to’kay (S.A.).
Eskirgan metanimiyalarning ko’pchiligi frazeologiyadan joy olgan. Metanimiya
xuddi istoriya singari voqealik dallillarni obrazli ifoda etish maqsadida
qo’llqniladi. U muallif bayon etilayotgan voqealikkaqaratilgan mulohazalarni
ochib berishi mumkin. Biror belgi yoki hodisaning bo’rttirilgan, umumlashtirilgan
bir xususiyati, shu narsa boshqa narsa bilan taqqoslagan vaqtda, o’sha boshqa narsa haqida ham ma’lumot beradi.
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki,ot turkumida metonimiyaning sodir bo'lishi keng tarqagan:u til hodisasi sifatida ham,nutq hodisasi sifatida ham kuzatiladi.Metonimiya sodir bo'lishida hosil qiluvchi va hosila ma'nolar denotati o'rtasidagi aloqadorlik yaratuvchi nomi bilan atash ,joy munosabatiga egalik,zamon va makon birligi,kechim va unga sarflangan vaqt birligi,joy va mahsulot birligi,yaralish asosi kabilardan iboratdir.Metonimiyaning mohiyati universal xarakterda,ya'ni barcha tillar uchun bir xil belgilangan bo'lsa ham uning sodir bo'lishidagi aktualizatorlari o'zbek tilida milliy xarakterga egaligi bilan ajralib turadi.
1. Erkaboyeva N.O'zbek tilidan ma'ruzalar to'plami.-T.:"Yosh kuch",2019.
2. Aliqulov T.Metonimiya va polisemiya//Tilshunoslik va adabiyotshunoslikka oid tadqiqotlar.//FA TAI to'plami,6-kt.-Toshkent :FAN,1965
3. Aliqulov T.Yana ma'no ko'chish usullari haqida//O'zbek tili va adabiyoti,1974,1-son.
4. Mirtojiyev M.Metonimiyaning sodir bo'lishi//O'zbek tili leksikologiyasi va grammatikasi masalalari. -Toshkent:TUN,1978
Dostları ilə paylaş: |