131
qobiliyatini pasayishiga olib keladi.
Inflyatsiyani hisobga olgan holda investitsiya jarayonlarida
pul oqimlarini
to‘g‘rilash bilan bog‘liq hisob-kitoblarda ikkita asosiy tushuncha – pul
mablag‘larining nominal va real (haqiqiy) qiymatidan foydalanish qabul qilingan.
Nominal qiymat pul mablag‘larining kattaligini pulning
xarid qobiliyatidagi
o‘zgarishlarni hisobga olmagan holda baholashni ifodalaydi.
Real qiymat esa pul mablag‘lari kattaligini inflyatsiya
jarayoni natijasida
pulning xarid qobiliyatini yo‘qotishini hisobga olgan holda baholashni nazarda tutadi.
Bunday baholashni pul mablag‘larining kelajakdagi
qiymatini aniqlashda ham,
hozirgi qiymatini aniqlashda ham qo‘llash mumkin.
Investitsiya faoliyati bilan bog‘liq moliyaviy-iqtisodiy
hisob-kitoblarda
inflyatsiya quyidagi holatlarda hisobga olinadi va baholanadi:
1)
pul mablag‘larining o‘sgan qimatini to‘g‘rilashda;
2)
diskontlash uchun foydalaniluvchi foiz stavkasini
inflyatsiyani hisobga
olgan holda shakllantirishda;
3)
inflyatsiya sur‘atlarini hisobga olgan holda
investitsiya daromadlari
darajasini shakllantirishda.
Inflyatsiyani baholash jarayonida ikkita asosiy ko‘rsatkich qo‘llanadi:
a) inflyatsiya sur‘ati (T
j
) - ko‘rib chiqilayotgan davrda (n) o‘rtacha narx
darajasining o‘sishini tavsiflaydi va o‘nli kasr bilan ifodalanadi;
b) inflyatsiya indeksi (I
j
) - ko‘rib chiqilayotgan davrda (n), 1QT
j
ko‘rinishida
aniqlanadi.
1. Inflyatsiyani hisobga olgan holda pul mablag‘lari qiymatining o‘sishini
to‘g‘rilash (korrektirovka qilish) quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi:
Dostları ilə paylaş: