133
Biznes-reja yoki investitsion loyhaning samaradorligi ko‘rsatkichlari loyiha
qarorlarini texnikaviy, texnologik va tashkiliy nuqtai nazaridan tavsiflab beradi.
Loyiha samaradoligi loyihaning jalb etiladigan hamkorlar uchun jozibadorlig-
ini aniqlash va moliyalash manbalarini qidirish maqsadida baholanadi.
U o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
-
loyihaning tijorat samaradorligi
-
loyihaning ijtimoiy (ijtimoiy-iqtisodiy) samaradorligi
Investitsiyalar samaradorligini baholash investitsion
qarorlar qabul qilish
jarayonidagi mas‘uliyati eng yuqori bo‘lgan bosqichlardan biridir.
Kompaniyaning rivojlanish sur‘ati va kiritilgan kapitalni qaytarish muddatlari
baholashning qanchalik obyektiv va har tomonlama amalga oshirilganligiga bog‘liq
bo‘ladi. Buni ko‘p jihatdan baholashning zamonaviy usullardan foydalanish belgilab
beradi.
Shuni aytib o‘tish kerakki, oldingi paytda mamlakatimizda kapital qo‘yilmalar
samaradorligini baholash usullarini unchalik qoniqarli deb hisoblab bo‘lmasdi. Bu
maqsadda qo‘llanuvchi ikkala ko‘rsatkich samaradorlik koeffitsienti (o‘rtacha yillik
foyda miqdorining kapital qo‘yilmalar hajmiga nisbati) va o‘zini
qoplash muddati
(unga teskari ko‘rsatkich) bir qator jiddiy kamchiliklarga ega bo‘lib, ular real
investitsiyalar samaradorligini baholashda obyektiv ma‘lumot olishga imkon
bermaydi.
Bu
kamchiliklar
nimalardan
iborat?
Ulardan
biri
sanab
o‘tilgan
ko‘rsatkichlarning har bittasini hisob-kitob
qilishda vaqt omili hisobga
olinmasligidadir – foyda va investitsiya mablag‘lari hajmi haqiqiy qiymatga
keltirilmaydi. Demak, hisob-kitob jarayonida oldindan solishtirib bo‘lmaydigan
ko‘rsatkichlar – investitsiyalar summasi hozirgi qiymatda va foyda summasi
kelajakdagi qiymatda beriladi. Yana bir kamchilikka ko‘ra
investitsiya qilingan
kapitalni qaytarish ko‘rsatkichi sifatida faqat foyda qabul qilingan. Biroq amalda
investitsiyalar sof foyda va amortizatsiya ajratmalaridan iborat pul oqimi ko‘rinishida
qaytariladi. Demak, investitsiyalar samaradorligini faqat foyda asosida baholash
hisob-kitob natijalarini juda o‘zgartirib yuboradi.
Va nihoyat, uchinchi kamchilik
shundan iboratki, ko‘rib chiqilayotgan ko‘rsatkichlar investitsiya loyihasi to‘g‘risida
faqat bir tomonlama baho olishga imkon beradi, chunki ularning ikkalasi ham bir xil
boshlang‘ich ma‘lumotlardan foydalanishga asoslanadi.
Real investitsiyalar samaradorligini baholashda xorijda amal qiluvchi, so‘nggi
paytlarda O‘zbekistonda ham qo‘llana boshlagan asosiy tamoyil va uslubiy
yondashuvlarni ko‘rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: