Ызбекистон республикаси олий ва ырта


nimani, qancha, qachon va kim uchun



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/147
tarix24.09.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#147906
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   147
biznes - rejalashtirish (2)

nimani, qancha, qachon va kim uchun 
ishlab chiqarish kerak
degan savollarga javob topadi. Xususan, ko‘plab korxona 
yaratilishi va faoliyati rejalashtirishdan boshlanadi. Rejalashtirish mavjud ishlab 
chiqarish quvvatlari, raqobatli afzalliklardan maksimal foydalanish, turli xato va 
kamchiliklarning oldini olish, iqtisodiyotdagi yangi tendentsiyalarni kuzatish va 
ulardan ishlab chiqarish faoliyatida foydalanish, korxona faoliyatining kuchsiz 
tomonlarini aniqlash va bartaraf qilish hamda asoslanmagan tavakkalchiliklarning 
oldini olishga imkon beradi. 
Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti rejalashtirishni ham bashorat qilishni ham 
inkor etmaydi. Ularning ikkalasi ham korxona, birlashma va boshqa ishlab chiqarish 
tuzilmalarining o‘z kuchi bilan yoki buning uchun maxsus jalb qilingan ilmiy 
tashkilotlar, oliy o‘quv yurti mutaxassislari hamda ayrim olim va mutaxassislar 
yordamida amalga oshirilishi mumkin. Bunda zamonaviy tendentsiyalarning 
kelgusida ekstrapolyatsiyasi (unchalik ishonchli bo‘lmagan mexanik usul, noto‘g‘ri 
xulosalarga olib kelishi mumkin), mantiqiy tahlil, turli xildagi iqtisodiy-matematik 
usullar (masalan, ishlab chiqarish funktsiyalari usuli), ekspert baholash usuli va 


19 
vaziyat tahlili kabi bir qator usullar qo‘llanishi mumkin. U yoki bu usuldan 
foydalanish bashorat qilinayotgan obyektning o‘ziga xosliklari, uning rivojlanishiga 
doir ishonchli ma‘lumotlarning mavjudligi va tahlilchilarning malakasiga bog‘liq 
bo‘ladi. 
Rejalashtirishda ham, bashorat qilishda ham iqtisodiy jarayon va vaziyatlarning 
o‘zaro aloqalari
korrelyatsiya usulida 
o‘rganiladi. Korrelyatsiya tahlilining asosiy 
vazifalari bu natijaviy belgilarning omillar belgilariga tahliliy bog‘liqlik shaklini 
aniqlash va aks ettirish hamda korrelyatsion aloqani o‘lchash hisoblanadi. Aloqa 
qanchalik kuchli bo‘lsa, bashoratning asoslanganligi va uning aniqligi shunchalik 
yuqori bo‘ladi. 
Hozirgi kunda bashorat hisob-kitoblari bir qator etakchi tarmoqlar tomonidan 
strategik dastur va rejalarni ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, tajriba-
konstruktorlik ishlarini amalga oshirishda foydalanilmoqda. Reja va bashoratlar 
iqtisodiyotning quyi bosqichlari – korxona, firma va ishlab chiqarish birlashmalarida 
ham menejmentning muhim elementi hisoblanadi.

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin