Vibratsiyali saralash mashinasida



Yüklə 52,23 Kb.
tarix11.10.2023
ölçüsü52,23 Kb.
#153879
VIBRATSIYALI SARALASH MASHINASIDA


VIBRATSIYALI SARALASH MASHINASIDA
Saralash jarayoni sanoatning ko‘p tarmoqlarida keng qo‘llaniladi. Tog‘ jinslarining va maydalangan materiallarning o‘lchamlari bir xilda bo‘lishi qiyin, shu sababdan materiallar saralanadi. Materiallar tarkibidagi sifatini buzuvchi jismlar chiqarib tashlanadi. Materiallarni saralash mashinalari quyidagi usullar bo‘yicha ishlaydi: - Mexanik usul - Gidravlik usul - Havo yordamida (aerodinamik usul)
Materiallarni saralashning eng ko‘p tarqalgan usuli mexanik usuldir. Bu usulda asosan saralovchi mashinalardan foydalaniladi. Elakka kelayotgan turli o‘lchamdagi aralashma berilgan material deyiladi. Berilgan material donalari elak teshiklari diametridan katta bo‘lsa elak yuzasi ustida qoladi va «elak usti sinfi» deyiladi (+ ishorasi bilan belgilanadi). Elakdan o‘tgan material «elak osti sinfi» deyiladi (-ishorasi bilan belgilanadi). Masalan, 40 mm teshikli elakdan o‘tmagan material +40, o‘tgani esa –40 bo‘ladi.
Agar material n - ta elak yuzasidan o‘tayotgan bo‘lsa n+1 sinfga bo‘linadi. Saralash mashinalarning material to‘qiluvchi yuzalari kolosnikli panjara yoki setka ko‘rinishida bo‘ladi va gorizontal tekislikka nisbatan parallel yoki qiya holatda bo‘ladi. Elakning materialni saralash yuzasi harakatlanish turiga ko‘ra aylana, ellips va to‘g‘ri chiziq shaklida bo‘ladi.
Qiya, ya’ni gorizontal tekislikka nisbatan burchak ostida o‘rnatilgan saralash mashinalarida shu uch xil ko‘rinishidagi traektoriya mavjud. Gorizontal holatdagi saralash mashinalarida to‘g‘ri chiziqli harakatda bo‘ladi. Saralovchi yuzaning titrash tezligi shunday tanlanadi-ki, material yuzadan ko‘chsin. Materialini qayta ishlashda quyidagi ko‘rinishdagi saralash ishlari olib boriladi: Dastlabki - bunda berilgan tog‘ jisnlari maydalanishi kerak bo‘lgan hamda maydalash talab qilinmaydigan sinflarga ajratiladi.
Oraliq saralash - keyingi bosqichda maydalanishi talab qilinmaydigan sinflarga ajratiladi. Nazoratli saralash - maydalash jarayonning oxirgi bosqichida qo‘llanilib, o‘lchamlar nazorat qilinadi va katta o‘lchamdagi toshlar qayta maydalash uchun yuboriladi.
Oxirgi saralash - maydalangan toshlar tovar donalariga saralanadi. Materiallarni saralashning ho‘l va quruq usullari mavjud.
Ho‘l usulda saralashda material ustiga suv sepiladi. Bu usuldan o‘ta nam materiallarni hamda tarkibida tuproq bo‘lgan materiallarni saralashda foydalaniladi. Bu usulda material saralanadi, balki yuviladi ham.
Mashinalarning turlari va asosiy ko‘rsatkichlari
Saralanayotgan materialning o‘lchami va zichligicha bog‘liq holda engil, o‘rta va og‘ir elaklarga bo‘linadi. Engil elaklar ko‘mir sanoatida, o‘rta va og‘ir elaklar qurilish materiallari sanoatida foydalaniladi. Ishlab chiqarishda eng ko‘p tarqalgan elaklardan burchak ostida ishlovchi inersion va gorizontal inersion elaklardir. Burchak ostida ishlovchi inersion elak aylana shaklida tebranadi, gorizontal inersion elak esa ilgarilama-qaytma yo‘nalishda tebranadi.
Elakning po‘lat tanasi list va kuvurlardan payvandlash yo‘li bilan tayyorlanadi. Tanaga 2 qator ustma-ust holatda panjaralar o‘rnatiladi. Tananing o‘rta qismiga titratkich o‘rnatilgan bo‘lib, titratkich vali bir juft rolikli podshipniklarga o‘tiradi. Bu podshipniklar korpusga mahkamlangan. Val chang va zarblardan himoyalanish uchun unga truba kiygizdirib qo‘yilgan. Valning ikki chekka qismiga simmetrik holatda debalanslar o‘rnatilgan. Valni harakatga keltirish uchun esa valning bir tomoniga shkiv ham o‘rnatilgan bo‘lib, tasma yordamida elektrmotordan harakat oladi.
Vibromashinaning ish samaradorligini quyidagicha aniqlanadi.
G‘alvir mashina effektivligining etalon kattaligi materialda 89 g‘alvir mashina egilishni hisobga oluvchi koeffitsient. da 1 ga teng bo‘ladi. yuklanayotgan material tarkibidagi pastki sinf ulushi 0.86 pastki sinf tarkibidagi o‘lchamlari elak teshiklari o‘lchamlaridan ikki barobar kichik bo‘lgan materialni hisobiga oluvchi koeffitsenti 0.90 Topilgan qiymatlarni formulaga qo‘yib effektivlik qiymatini aniqlaymiz.
G‘alvir mashinani ish unumdorligi quyidagicha topiladi. , m3/soat (4.3) - g‘alvir mashinaning solishtirma ish unumdorligi, elak teshigiga bog‘liq kattalik, elak teshigi diametri 60 mm bo‘lganda 62 ga teng. f - g‘alvir mashinaning elash maydoni f 7.8 g‘alvir mashina egilishi hisobga oluvchi koeffitsient. yuklanayotgan material tarkibidagi pastki sinf uchun berilgan donadorlik xarakteristikasida belgilangan 25 da 0.82 ga teng. pastki sinf tarkibidagi elak teshigi o‘lchamlaridan ikki barobar kichik bo‘lgan material ulushini belgilovchi koeffitsient, buni proporsiya orqali topamiz. 25 -100 12.5 - x x Demak da 1.02 ga teng bo‘ladi. M- materialning bir xilda yuklanmasligini xisobga oluvchi koeffitsienti m 0.6 ga teng.
Yüklə 52,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin