Ызбекистон республикаси олий ва ырта


Iste’molchilarni tadqiq qilish



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/147
tarix24.09.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#147906
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   147
biznes - rejalashtirish (2)

Iste’molchilarni tadqiq qilish
iste‘molchilarni tovarni tanlashga undovchi 
omillar majmuini (daromad, ijtimoiy holat, yosh tuzilmasi, ma‘lumoti va hokazo) 
aniqlash va o‘rganishga imkon beradi. Yakka tartibda iste‘molchilar, oilalar, uy 
xo‘jaliklari hamda iste‘molchi tashkilotlar bu erda obyekt vazifasini bajaradi. Tadqiqot 
predmeti iste‘molchilarning bozordagi xulq-atvori va uni belgilab beruvchi omillar 
hisoblanadi. Iste‘mol tuzilmasi, tovarlar bilan ta‘minlanganlik, iste‘mol talabi 
tendentsiyalari o‘rganiladi.
Marketing uchun tovarni xarid qilish psixologiyasi va ehtiyojlarni ushbu tovar 
bilan qondirish mexanizmini aniqlash katta ahamiyatga ega. Faqat shundagina mahsulot 
ko‘p sotilishiga umid qilish mumkin. Taklif etiluvchi mahsulot avvalo, iste‘molchi 
uchun foydali bo‘lishi, undan keyingina ishlab chiqaruvchining o‘ziga yoqishi lozim. 
Raqobatchilarni o‘rganishdan asosiy maqsad bozorda raqobatli afzallikka ega 
bo‘lish, kutilajak raqiblar bilan hamkorlik qilish uchun zarur ma‘lumotlarni olishdan 
iborat. Shu maqsadda raqobatchilarning kuchli va zaif tomonlari tahlil qilinib, ularning 
bozordagi ulushi, iste‘molchilarning raqobatchilar marketing vositalariga (tovarni 
takomillashtirish, tovar markalari, reklama kompaniyalari, servisni rivojlantirish) 
reaktsiyasi o‘rganiladi. Raqobatchilarning moddiy, moliyaviy va mehnat salohiyati
mehnat faoliyatini boshqarishni tashkil qilishi o‘rganiladi. Bunday tadqiqotlar natijasida 
bozorda raqobatchilarga nisbatan qulay holatga erishish uchun imkoniyat va yo‘l tanlash, 
taklif etilayotgan tovarlarning narx va sifat bo‘yicha ustunligini ta‘minlash strategiyasini 
aniqlash mumkin bo‘ladi. 
 
8.4 Korxonaning baho siyosati
 
Baho siyosati - baho va bahoni shakllantirishni boshqarish san‘ati, qo‘yilgan 
maqsadlarga erishish uchun mahsulot va korxonaning bozordagi xolatidan kelib chiqib 


84 
mahsulot bahosini belgilash san‘atidir
17
. Bu esa tadbirkordan menedjerdan yuqori ma-
horat talab qiladi. Baho siyosati baho strategiyalari orqali amalga oshiriladi va faqat 
korxonaning umumiy siyosati yo‘nalishida ko‘rib chiqilishi kerak.
Biznes-rejada korxona baho siyosatini ishlab chiqish jarayoni 8.1-rasmda keltiril-
gan. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin