Ызбекистон республикаси



Yüklə 179,23 Kb.
səhifə12/13
tarix28.11.2023
ölçüsü179,23 Kb.
#169122
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
KOMPYUTER TARMOQLARI

Zaharli moddalar
Lazerli printerning kukuni tarkibiga zaharli moddalar kiradi. Ular qog'ozga tushirilayotgan paytda kuydiriladi va butunlay zararsizlantiriladi. Printerga tiqilib qolgan qog'oz sug'urib olinganda undagi kukunning bir qismi kuydirilmagan bo'ladi va havoga chang tarzida tarqalishi, kiyim va teriga yuqib, inson organizmiga kirib borishi mumkin. Bunday chala kuydirilgan qog'ozlarni qarovsiz qoldirish, ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish va axlat qutilariga tashlash mumkin emas. Ularni darhol avvaldan tayyorlab qo'yilgan yupqa sellofan yoki qog'oz paketlarga joylash va tashqariga olib chiqib kuydirib tashlash kerak.
Lazerli printerlarda faqat ularda foydalanish ko'zda tutilgan qog'ozlarni ishlatish kerak. Boshqa turdagi, ayniqsa qipiqlanadigan gazeta qog'ozlaridan foydalanish tavsiya etilmaydi.

X u l o s a.




Kompyuterlardan turli xil masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. Axborot almashinish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa kompyuterlar bilan umumiy tarmoqqa ulanish kerak bo`ladi. Kompyuterlarning o`zaro axborot almashinish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuiga kompyuter tarmoqlari deyiladi. Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyuterlar va axborot ashyolariga bog`liq bo`ladi. Axborot ashyolari deganda arxiv, kutubxona, fondlar, ma’lumotlar ombori va boshqa axborot tizimlaridagi hujjatlar yig`indisi tushuniladi. Tarmoqdagi kompyuterlarda saqlanayotgan axborot ashyolariga ushbu tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlar yordamida kirish mumkin.
Kompyuterlar uchun tarmoqqa biriktirilgan holda foydalanish juda kup afzalliklarga ega. Masalan, kompyuter tarmog`iga ulangan bir printerni barcha foydalanuvchilar birgalikda ishlatishi, biror tashkilot miqyosida hisobotni tez tayyorlash uchun uni bo`limlarga bo`lib, xar bir bo`lagini alohida tarmoq kompyuterida tayyorlash mumkin. Fayllar, katologlar, printer, disklardan birgalikda foydalanish mumkin. Bu esa o`z navbatida tejamkorliklarga olib keladi. Shuning uchun kompyuterlar tarmoqqa birlashtiriladi. Tarmoqlarning fizik jihatdan biriktirilishi (simlar yoki boshqa yo`llar bilan) tarmoq o`zidan o`zi ishlayveradi, degan gap emas. Tarmoqdagi kompyuterlar tarmoq operatsion sistemasida ishlaydi. Hozirda ko`p ishlatilayotgan Windows 95 tarkibida lokal tarmoqda ishlash imkoniyatini beruvchi dasturlar mavjud.
Lokal kompyuter tarmog`i tushunchasi nisbiydir. Bunday deyishimizga sabab, kompyuterlar bir xona (sinf xonasi), bino, tashkilot yoki bir qancha filiallardan iborat bo`lgan tashkilot doirasida kompyuter tarmoqlari tashkil etish mumkinligidadir. Shuning uchun xam 500 metrgacha bo`lgan masofada birlashtirilgan kompyuterlar ham lokal tarmoqqa birlashtirilishi mumkin. Lokal tarmoq maxsus simlar bilan birlashtirilgan kompyuterlar, kommunikatsiya, pereferiya (tashqi ulanadigan) qurilmalarning birgalikda foydalanish maqsadida biriktirilishidir.

Yüklə 179,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin