Ызбекистон республикаси


Yong'inning oldini olish choralari



Yüklə 179,23 Kb.
səhifə11/13
tarix28.11.2023
ölçüsü179,23 Kb.
#169122
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
KOMPYUTER TARMOQLARI

Yong'inning oldini olish choralari
Kompyuterning ichida kamida 4 ta: elektr ta'minoti blokida, mikroprosessor ustida, vinchester rusumidagi diskda va videoprosessor ustida ventilyator borligining o'zi kompyuterning qizib ketishi xavfi qanchalik kattaligini ko'rsatib turibdi. Ayniqsa, respublikamiz sharoitida bahor va yoz oylarida obi-havoning keskin isib ketishi, bu xavfni yanada oshiradi.
To'g'ri, kompyuter uskunalarining qizib ketishi, ko'proq ularning ishdan chiqishiga olib kelsa-da, kuygan uskunalar elektr ta'minoti tizimida qisqa tutashuvga va yong'inga sabab bo'lishlari mumkin. Kompyuterning qizib ketishining oldini olish uchun ularning korpusidagi ventilyasion teshiklarning berkilib qolishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Ularga havo oqimlarining bemalol bora olishi uchun kompyuterni devorga taqab qo'yish, ularni saqlash uchun mo'ljallangan temir qutilarda turgan holida ishlatish, kompyuter va monitor ustiga qog'oz varaqlari, daftar va kitoblarni qo'yish, kompyuter texnikasini changdan saqlash uchun maxsus tikilgan g'iloflarni yig'ishtirmay ishlatish taqiqlanadi.
Kompyuter texnikasining ashaddiy dushmani havodagi chang bo'lib, ular havoni kompyuter ichiga haydaydigan ventilyatorlar tufayli kompyuter ichida yig'ilib qoladilar, ventilyatorlarning o'zini to'xtab qolishiga olib keladilar, elektron uskunalar ustini qoplab, ularning tashqi muhitga issiqlik uzatish imkoniyatlarini kamaytirib, ularning kuyishiga olib keladilar. Havodagi changlar miqdorini kamaytirish uchun xonaning devorlari, poli va shifti, eshik va derazalarni bo'yashda faqat moyli bo'yoqlar ishlatilishi kerak va suvli bo'yoqlardan bu maqsadda foydalanib bo'lmaydi.
Odatda, kompyuter xonalarining derazalari va eshigi temir panjara bilan to'silgan bo'ladi. Yong'in xavfi tug'ilganda o'quvchilarni tezda va turli yo'llar bilan olib chiqish imkoni bo'lishi uchun deraza panjaralari qulf va kalit yordamida ochiladigan bo'lishlari kerak.
Elektromagnit va lazer nurlanishlari
Kineskopli monitorlarda, ekrandagi tasvirga qarab 30 000 Voltgacha bo'lgan yuqori kuchlanish, sistemali blokda 3000 000 000 Gersgacha bo'lgan yuqori chastotali elektr signallari mavjud bo'lib, ularning ikkalasi ham oson nurlana oladi. Bunday nurlarni to'sib qolish uchun barcha choralar ko'rilgan va inson sog'lig'i uchun xavfli emas.
Kompyuter texnikasidan noto'g'ri foydalanish, ayniqsa bitta xonada katta miqdordagi texnika yig'ilgan, ulardan kun bo'yi foydalanilgan, xona havosida yetarli miqdorda chang bo'lgan hollarda bu nurlanish havodagi chang zarralarining oz miqdorda bo'lsa-da ionlashuviga (zaryadlanishiga) olib kelishi va foydalanuvchilarning kayfiyatiga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Buning oldini olish uchun kompyuter xonasiga toza havoning tabiiy ravishda havo shaxtalari orqali va majburiy ravishda ventilyatorlar orqali kirishi ko'zda tutilgan bo'lishi kerak.

Yüklə 179,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin