O. R, Teshaev



Yüklə 295,5 Kb.
səhifə1/2
tarix31.01.2017
ölçüsü295,5 Kb.
#6743
  1   2
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIKNI SAQLASh VAZIRLIGI
TIBBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISh MARKAZI
TOShKENT TIBBIET AKADEMIYaSI

«Tasdiklayman»

TTA ning o’quv ishlar bo’yicha

Prorektori prof. O.R, Teshaev

______________________

«______»_________ 2014yil
Kafedra: TERI VA TANOSIL KASALLIKLARI

Fan: TERI VA TANOSIL KASALLIKLARI

MAVZU :YUQUMLI KASALLIKLAR . PIODERMIYaLAR .

( strepto, stafilo, aralash piodermiyalar) Etiologiya, epidemiologiya, klinika, diagnostika, tekshirish usullari, yiringli kasalliklarni davolash asoslar, oldini olish choralari )

DERMATOZOONOZLAR Etiologiya, epidemiologiya, klinika, diagnostika, tekshirish usullari, kasalliklarni davolash asoslari, oldini olish choralari

Amalliy mashgulot

Talim Texnologiyasi
ЦMK majlisida kurib chikilgan

«___» «__________» 2014 yil

Protokol № __________

Terapevtik fanlar buyicha

stiklopredmet sekstiyani raisi

Prof ____________________



Karimov M.Sh.

TOShKENT

Tuzuvchilar : t.f.n. D.A. Muratxanova –TTA teri tanosil kasalliklar kafedrasi dostenti

Takrizchi- prof Ismailova G A

O’quv mashg’ulotida ta’lim texnologiyasi modeli

MAVZU : YUQUMLI KASALLIKLAR . PIODERMIYaLAR . ( strepto, stafilo, aralash piodermiyalar) Etiologiya, epidemiologiya, klinika, diagnostika, tekshirish usullari, yiringli kasalliklarni davolash asoslar, oldini olish choralari )

DERMATOZOONOZLAR Etiologiya, epidemiologiya, klinika, diagnostika, tekshirish usullari, kasalliklarni davolash asoslari, oldini olish choralari


Vaqt: 306 dakika

Talabalar soni: 10-12

O’quv mashg’ulotining shakli va turi

Amaliy mashg’ulot

O’quv mashg’ulotining tuzilishi

1. Kirish kism..

2. Nazariy kism

3.Analitik kism:

-organayzer

-Test va vaziyatli masalalarlar

4. Amaliy kism



O’quv mashg’uloti maqsadi:

Talabalar teri yiringli va parazitar kasalliklar xakida klinik bilimlarga ega bo’lishi kerak. UASh talablariga asoslanib yiringli va parazitar kasalliklarni etiologiyasini, klinikasini, diagnostik asoslarini ,.profilaktik choralarni va davolashning prinstiplarini urgatish .


Pedagogik vazifalar:
Teri yiringli kasalliklari, bitlash, kutir klinik tasnifi, . Strepto-stafilodermiyalar, aralash piodermiyalar. Teri va eg bezlarini kasalliklari. Piodermiyalarni aniqlash va davolash prinstiplari. Qo’tir, bitlash –epidemiologiya, klinik ko’rinishi, davolash prinstiplarini zamonaviy xususiyatlari.Profilaktik choralar. . Epidemiologik uchokda ish olib borish


O’quv faoliyati natijalari:
Piodermiyalarda, qo’tirda, bitlashda klinik manzarani, birlamchi va ikkilamchi toshmalarni ajrata olishi kerak . Be’morlarni ko’rikdan utqazishi kerak .Tashxis qo’yib , kiesiy tashxis utqaza olishi kerak.

Profilaktik choralarni utkazish .




Ta’lim usullari

Ma’ruza, aqliy ҳujum, ҳikoya, namoyish, videousul, amaliy ish usuli, kitob bilan ishlash, suҳbat, ta’limiy o’yin, organayzer.

Ta’lim shakli

Jamoaviy, guruҳlarda ishlash («Birgalikda o’qiymiz», «O’ylang-Juftlikda ishlang-Fikr almashing»), yakka tartibli

Ta’lim vositalari

Doska-stend, flipchart, videofilmlar, atlas, grafik, organayzerlar , nazorat varag’i, matnlar, nazorat savollari, testlar, mavzuga oid bemorlar

Ta’lim berish sharoiti

Maxsus texnika vositalari bilan jiҳozlangan,

guruҳli shakllarda ishlashga mo’ljallangan xonalar

-teri tanosil kasalliklar kafedrasi

Tematik xona, yangi axborot texnologiyalar vositalari , kurgazmali kurollar, slaydlar, fotorasmlar , videofilmlar , atlas

UTV : multimedia



Monitoring va baҳolash

Og’zaki so’rov: tezkor-so’rov,yozma so’rov: savollar

O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi (jadval)

mavzusi buyicha uquv mashg’ulotining texnologik xaritasi

Ish bosqichlari va vaqti

( 306 dakika)



Faoliyat

ta’lim beruvchi

ta’lim oluvchilar

1-bosqich.

20 dakika




1.1. Daftarlar va davomatni tekshirish


1.2 Mavzuning nomi, maqsad va kutilayotgan

natijalarni etkazadi. Mashg’ulot rejasi

bilan tanishtiradi.

1.2. Mavzu bo’yicha asosiy tushunchalarni;

mustaqil ishlash uchun adabiyotlar

ro’yxatini aytadi (ilova №.7)

1.3. O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarini

baҳolash mezonlari bilan tanishtiradi (ilova№5)

1.4. Tanaffus

Tinglaydilar, yozib

oladilar.

Aniqlashtiradilar,

savollar beradilar


2-bosqich.
226 dakika

2.1. Tezkor-so’rov/ savol-javob/ aqliy

Ҳujum, ezma ravishda bilimlarni faollashtiradi.

2.2. Amaliy mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga

muvofiq ta’lim jarayonini tashkil etish

bo’yicha ҳarakatlar tartibini bayon qiladi («Aylanma stol ishbilarmon uyini, galareya buyicha tur ) (ilova №2)

2.3. Grafik organayzerlarni ishlash tartibini tushuntiradi va talabalarni guruxlarga ajratadi (ilova №3)

2.4.Talabalarga mavzuni o’zlashtirish uchun belgilangan ko’rgazmali qurollar ( test va vaziyatli masala, atlas, preparat, kompyuter dasturlari, )ni taqdim etish, ulardan foydalanish buyicha ko’rsatmalar va tushuntirish berish (ilova №3)




Javob beradilar

Yozadilar.

Guruҳlarda

ishlaydilar,

taqdimot qiladilar

va bosh.




3.1.Mustakil kurastiya , muxokamaga yakun yasash

Talabalarni maщgulotning amalliy kismini ukituvchi erdamida

egallash


Bemorlarni kurastiyasi palatalarda va xonalarda

Amaliy kunikmalarni bajaradilar




40 min

Katta tanaffus



3-bosqich.


60 min

3.2.Tematik be’morni laboratoriya, instrumental tekshiruvlardan olingan natitjalari taxlili , diagnosika, davolash va soglomlashtirish rejasi, oldini olish rejasini tuzish , resteptlar ezish

.

O’z-o’zini, o’zaro

baҳolashni

o’tkazadilar







3.3.Mavzu bo’yicha yakun qiladi, qilingan

ishlarni kelgusida kasbiy faoliyatlarida

aҳamiyatga ega ekanligi muҳimligiga

talabalar e’tiborini qaratadi.

3.4. Guruҳlar ishini baҳolaydilar, o’quv

mashg’ulotining maqsadga erishish

darajasini taҳlil qiladi. Kontrol savollar taxlli (ilova №6)


Savol beradilar

Topshiriqni yozadilar





3.5. Mustaqil ish uchun topshiriq beradi va

uning baҳolash mezonlarini etkazadi





Savol beradilar

Topshiriqni yozadilar



1.Fanlararo va Fan ichidagi bogliklik

Shu mavzuni ukitish talabalarning terini anatomiyasi, gistologiyasi, patogistologiyasi, patologik fiziologiyasi buyicha olgan bilimlariga asoslanadi. Dars davomida olingan bilimlar kasalliklarni oldini olish choralarni kullashda kerak buladi.


2.Mashgulot mazmuni :

2.1.Nazariy qismi

Piodermitlar – terining yiringli yallig’lanishi (yunoncha pyon – yiring, derma – teri degan so’zlardan iborat) teri kasalliklari orasida ko’p uchraydi. Kasallik terining butunligi buzilib, teriga yiring tarqatuvchi mikroblar – stafilokokklar, streptokokklar, goҳo ko’k yiring tayoqchasi kirishi tufayli vujudga keladi. Noqulay meҳnat va turmush sharoitlari, sanitariya-gigiena me’yorining buzilishi yiringli kasalliklarning tarqalishiga sabab bo’ladi.

Ekzogen omillarga terining ifloslanishi, shilinishi, shikast-la-nishi, ishqor tomonga qarab rNning o’zgarishi kiradi.

Endogen omillarga esa – avitaminozlar, asab faoliyatining buzilishi, uglevod almashinuvining buzilishi va boshqalar kiradi. Etiologiyasiga qarab kasallik stafilokokkli, streptokokkli va aralash piodermiyalarga bo’linadi.

Stafilokokkli piodermitlar teri ҳosilalari (sochlar, follikulalar, bezlar) bilan bog’liq bo’ladilar. Stafilokokk yiringchalari mayda, shakli yarimsharsimon bo’lib, ustki qobig’i qalin, ular sariq va quyuq yiring bilan to’lgan bo’ladi. Yiringcha atrofida o’rab turuvchi yallig’lanish belgilari, ya’ni terida qizarish va shishish ko’rinib turadi.

STAFILOKOKKLI PIODERMITLAR

Stafilokokkli piodermitlar – follikulyar piodermitlar deb ataladilar, sababi stafilokokklar terida albatta soch follikulalarini jaroҳatlaydilar va bir-biridan soch follikulasida yallig’lanish chuqurligi va yallig’lanish darajasi bilan ajralib turadi. Stafilokokkli piodermitlar yuza va chuqur turlarga ajratiladi. Yuza stafilokokkli piodermitlar terining, asosan, epidermis qavatini jaroҳatlab ularga: ostiofollikulit, follikulit va sikoz kiradi. Dermani jaroҳatlaydigan chuqur stafilokokkli piodermit-lar-ga: follikulit, furunkul, karbunkul, gidradenit kiradi.

Ostiofollikulit (ostiofolliculitis) – soch piyozchasining teri satҳidan chiqishdagi teshik qismining stafilokokkdan o’tkir yiringli yallig’lanishidir. Ҳosil bo’lgan yiringcha epidermal, qobig’i qalin, konus yoki yarimshar shaklida, bo’shliqning ichi sariq rangli quyuq suyuqlik bilan zich to’lgan, diametri 1–3 mm, atrofi bilinar-bilinmas qizil ҳalqa yoki yallig’lanish belgisi bilan oralgan va bu yiringcha markazida albatta soch tolasi joylashadi. Ostiofollikulit, asosan, yuz, bosh, qo’l va oyoqlarning sochli qismi, ko’krakning old-orqa yuzasida uchraydi. Bu yiringcha 3–4 kunda qurib qaloq paydo qilishi mumkin yoki jarayon faol kechsa, ostiofollikulit chuqurlashib, atrofiga kengayib follikulitga aylanishi mumkin.

Davosi.

Maҳalliy davo:



– yiringchaning bo’shliq ustidagi qobig’ini ochish;

– dezinfekstiyalovchi eritmalar (salistil kislotaning spirtdagi 2% li eritmasi, anilin bo’yoqlarining spirtli eritmalari);

– dezinfekstiyalovchi krem, mazlar (Fucidin, Ung.Sulfurati 3%, Ung.Dermatoli 5%).

Follikulit (Folliculitis) – soch piyozchasining o’tkir, yiringli yallig’lanishi. Agarda yallig’lanish soch piyozchasining yuqori qisminigina jaroҳatlab, faqat dermaning yuza qismida kechsa – yuza follikulit ҳosil bo’ladi va bu follikulitlar keyinchalik qurib, qaloq yoki yuqori qismi ochilib eroziya ҳosil qiladi, ҳech chandiq va atrofiya qoldirmaydi.

Soch piyozchasining to’la yallig’lanishi bilan kechuvchi jarayon esa – chuqur follikulit deb ataladi va bu jarayon yuza chandiq ҳosil qilib tugaydi. Noto’g’ri maҳalliy davo o’tkazganda follikulitdan furunkul paydo bo’lishi mumkin.

Klinik ko’rinishi. Terida tugunchaga o’xshash yoki dastlab katta bo’lmagan infiltrat ҳosil bo’lib, uning yuzasida esa bir necha kun mobaynida follikulyar yiringcha ҳosil bo’ladi. Ostiofollikulitdan farqi, bu uning atrofidagi yallig’lanish belgilarining (qizarish va shishish) ko’proq ko’zga tashlanib turishi va bemorning og’riqqa bo’lgan shikoyati. Yiringcha yorilib quyuq yiringli ajratma oqadi yoki u qotib qaloqqa aylanadi, so’ng tushib ketadi. Yallig’lanish infiltratining chuqurligiga qarab o’rnida asta-sekin nuqtadek chandiq ҳosil bo’lishi mumkin yoki qaloq tushib, o’rnida vaqtinchalik pigment dog’ paydo bo’ladi.

Differenstial – Acne vulgaris;

tashxisi – Sycosis vulgaris;

– Sycosis parasitaria;

– Scabies.

Davosi.

Maҳalliy davo:



– yiringcha qobig’ini ochish;

– terini dezinfekstiyalovchi vositalar bilan tozalash (borat va salistil kislotalarining spirtdagi eritmalari, anilin bo’yoqlari eritmalari va boshqalar);

– dezinfekstiyalovchi kremlar, mazlar, linimentlar (Fucidin, 5% ixtiol linimenti, 5% oltingugurt mazi, antibakterial mazlar).

Umumiy davo:

Chuqur follikulitlar uchun:

– Fucidin 0,5 dan 2 maҳal, 1 kunda;

– antibiotiklar (Erythromycinum 0,5, kuniga 4 maҳal, 1 ҳafta mobaynida, Clindamycin hydrochlorid 150 mg, kuniga 4 maҳal, 7–10 kun, Dicloxacillinum 0,5, kuniga 4 maҳal, 7–10 kun va boshqalar).

SIKOZ


(SYCOSIS VULGARIS)

Cikoz – surunkali, qaytalanib turib, birdaniga ko’p soch folli-kulalarining yallig’lanishi bo’lib, asosan, soqol, mo’ylab, qosh, kip-rik soҳalarida ostiofollikulit va follikulitlar ҳolida kuzati-ladi va, asosan, neyroendokrin va jinsiy bezlar faoliyati o’zgargan, ko’proq darmonsiz erkaklarda uchraydi.

Klinik ko’rinishi. Terining mo’yli sochlarida uchrovchi, asosan, betda ҳamda qov, son soҳalarida ostiofollikulit va follikulitlar yuzaga keladi. Kamroq bu xil toshmalar boshning sochli qismlarida ҳam kuzatiladi. Kasallik surunkali kechadi. Jaroҳatlangan soҳa terisi qizarib, infiltrastiyalanib, yuzasi kepaklanadi va yangi follikulitlar ҳosil bo’lishi kuzatiladi. O’choqdan yulib olingan soch ildizi biroz shishgan bo’lib, shishasimon parda bilan o’ralgandek ko’rinadi. Bu follikulyar yiringchalar regressiyasidan so’ng chandiq ҳosil bo’lmaydi, teri infiltrastiyasi saqlanib eski yiringchalar o’rnidan yangi yiringchalar ҳosil bo’laveradi.

Differenstial – Sycosis parasitaria (trichophytia profunda).

tashxisi – Folliculitis.

– Acne vulgaris.

– Acne rosacea.

Davosi.


Maҳalliy davo:

– dezinfekstiyalovchi spirtli eritmalar;

– dezinfekstiyalovchi liniment;

– mazlar (Lin.Synthomycini 2–5%, Ung.Ol.Rusci 3–5%,Ung.Fucidini va boshqalar).

Umumiy davo:

– gormonal terapiya – Methyltestosteronum 0,005, kuniga 3 maҳal, til ostiga 10–15 kun, 2–4 ҳaftadan so’ng qayta kurs o’tkaziladi;

– vitaminoterapiya (E-vitaminlari, V-guruҳ vitaminlari);

– antibiotiklar (Erythromycinum 250 mg, kuniga 2 maҳal, uzoq muddat);

– sulfanilamid preparatlari.

Furunkul – chipqon (Furunculus) bu soch piyozchasi va uning atrofidagi yumshoq to’qimalarning o’tkir yiring va nekrozli yallig’lanishidir. Chipqon birlamchi sog’ terida paydo bo’lishi mumkin yoki bo’lgan ostiofollikulit va follikulitni noto’g’ri davolash natijasida rivojlanadi.

Klinik ko’rinishi. Dastlab, teri osti yog’ qavatida qattiq og’riq bilan kechadigan infiltrat yuzaga kelib, qisqa vaqt ichida o’sib, konussimon tugun ko’rinishiga kiradi va to’q qizil tusda bo’ladi. Tugun vaqt o’tib yumshab, markazidan nekrotik massa ҳosil bo’lishi ҳisobiga biroz yassilanadi va og’riq kuchayishi kuzatiladi. Faqatgina markazidan nekrotik o’zak ajralgandan keyin og’riq keskin kamayadi va o’rni yaralanadi. Yara chuqur, konussimon, chetlari o’yilgan, tubiga qarab osilgan bo’lib, mo’l yiringli, qon aralash ajratma ajraladi. Yara chandiq ҳosil qilib bitadi.

Differenstial – Hydradenitis.

tashxisi – Actinomycosis.

Davosi.


Maҳalliy davo:

– Ichtyolum purum bilan kompress, isitib-qizdiruvchi fiziote-rapevtik muolajalar furunkul yorilgunicha qo’llaniladi;

– dezinfekstiyalovchi eritmalar, suspenziyalar (gipertonik eritma, 5% dermatol suspenziyasi va boshqalar);

– nekrotik to’qima evakuastiyasini tezlashtirish maqsadida ferment preparatlari (fibrolat, iruksol) qo’llaniladi;

– yara atroflariga dezinfekstiyalovchi mazlar, pastalar (Fucidin, 5%-oltingugurt mazi, 5%-dermatol, ixtiol pastalari) surtiladi.

Umumiy davo:

– keng spektrli antibiotiklar (doksistiklin, eritromistin...);

– Fucidin 0,5, 2 maҳal, kunda;

– sulfanilamid preparatlari (biseptol, kotrimoksazol...).

Furunkulez (Furunculosis) – surunkali, qaytalovchi, yangi-yangi chipqonlar ҳosil bo’lishi bilan ketuvchi og’ir kasallik bo’lib, asosan, gipovitaminoz, disproteinemiya, qandli diabet va boshqa ҳastaliklar, intoksikastiyalar ҳisobiga vujudga keladi.

Klinikasi. Terining turli soҳalarida bir yoki bir necha furunkullar qayta-qayta yuzaga kelib, ular turli rivojlanish bosqichida bo’ladilar.

Differenstial – Hidradenitis.

tashxisi – Actinomicosis.

Davosi.


Maҳalliy davo:

"Furunkul" davosiga qarang.

Umumiy davo:

– immunostimulyastiya (autogemoterapiya, autovakstina, stafilokokk anatoksini, T-aktivin...);

– vitaminoterapiya (vitamin S, V-guruҳi);

– antibakterial preparatlar (doksistiklin, eritromistin va boshqalar).

Avval antibiotikka mikroorganizmning ta’sirchanligini aniqlab, so’ng tayin etiladi.

Karbunkul (Xo’ppoz, Carbunculus) – bir necha soch qopchasi va ularning atrofidagi yumshoq to’qimalarining qo’shilgan o’tkir yiringli-nekrotik yallig’lanishi bo’lib, ko’proq darmonsiz, ichki a’zolari funkstiyasi buzilgan kishilarda uchraydi. Ko’pincha yuzaki joylashgan piodermitlarni noto’g’ri davolash asorati bo’lib chiqadi.

Klinik ko’rinishi. Qattiq og’riqli chuqur joylashgan infiltrat paydo bo’lishi bilan boshlanib, yuzasida bir necha follikulyar pustulalar bir vaqtda yuzaga kelmagani uchun, turli rivojlanish bosqichida bo’lishi mumkin. Jaroҳatlangan to’qimalar vaqt o’tib nekrozga uchraydi va bir katta yara ҳosil bo’ladi. Yara chetlari qizargan, notekis, yuzasida nekrotik to’qimali bir necha tiqin (probka) bo’ladi. Yara yuzasi katta bo’lib, qattiq og’riq, limfangoit, limfadenit, sepsis ҳolatlari kuzatiladi.

Differenstial – Trichophytia profunda.

tashxisi

Davosi.


"Furunkul" va furunkulez davosiga qarang.

Gidradenit (Hidradenitis) – apokrin ter bezlari va ular atrofidagi yumshoq to’qimalarining o’tkir yiringli yallig’lanishi. Gidradenit, asosan, qo’ltiq ostida va sut bezining so’rg’ichsimon o’simtasi atrofi – areolalari va oraliq soҳasida uchrashi kuzatiladi.

Klinik ko’rinishi. Dastlab teri soҳasida og’riqli, chuqur, kichkina tugun yoki infiltrat ҳosil bo’ladi va kattalashib, uning markazida yiringcha vujudga keladi. Tugun nekrozga uchrashi natijasida, follikulyar teshiklardan yiring va nekrotik to’qimalar ajralib chiqadi. Yallig’lanish jarayoni tugagach, jaroҳat o’rnida tortilgan chandiqlar qoladi. Gidradenit tezda qaytalib turishi va limfangoit, limfadenit va sepsis bilan birgalikda kechishi mumkin.

Davosi.


"Furunkul" davosiga qarang.

STREPTOKOKKLI PIODERMIYaLAR

Streptokokkli piodermitlar (chaqiruvchisi streptokokklar) – faqat nozik yassi terini jaroҳatlaydilar va ko’pincha yuza joylashgan, yassi, yupqa tomli, bo’shashgan pufakka o’xshash, seroz suyuqlikni eslatadigan suyuq yiring saqlovchi yiringchalarni, ya’ni fliktenalarni ҳosil qiladi. Asosan nozik terida, ayollar va bolalarda kuzatilib, bu tur piodermitlar soch, ter – yog’ bezlarining follikulyar apparatlarini jaroҳatlamaydi. Yallig’lanish jarayonining chuqurligiga qarab, yuza va chuqur streptokokkli piodermitlar tafovut etiladi.

Yuza streptokokkli piodermitlarga: streptokokkli impetigo, bullyoz impetigo, streptokokkli bichilish, tirqishsimon impetigo, yuza panaristiy kiradi. Chuqur streptokokkli piodermitlarga – streptokokk ektimasi kiradi.

Streptokokkli impetigo (impetigo streptogenes s.contagiosa) – terining birdaniga boshlanidigan yuza va juda YUQUMLI o’tkir streptokokk jaroҳatlanishi bo’lib, asosan, yosh bolalarda uchraydi.

Klinik ko’rinishi. Eritematoz qizargan teri yuzalarida fliktena nomli yiringcha ҳosil bo’ladi. Fliktena – yupqa va bo’sh tomli yassi pufak bo’lib, ichida seroz suyuqlikni eslatadigan yiringni saqlaydi, bu suyuqlik qisqa vaqt ichida loyqalanadi, tomi esa tezda yorilib, natijada yuza eroziya yoki u qurib qolib yupqa, ko’p qavat sarg’ish qaloqlar ҳosil qiladi. Jarayon tezda tarqalib, ayniqsa bemorning terisi namlanib tursa, turli yangi o’choqlar ҳosil bo’ladi. Bolalar bir-birlari bilan yaqin kontaktda bo’lishlari oqibatida kasallikni yuqtiradilar. Streptokokkli impetigoning bir necha turlari (bullyoz impetigo, bichilish, tirqishsimon impetigo va yuza panaristiy) mavjud bo’lib, ular bir-birlaridan jarayonning joylashishi, yallig’lanishning intensivligi va kechishiga qarab farq qiladilar.

Bullyoz impetigo (impetigo bullosa) – ko’proq katta yoshdagilarda uchraydi. Bunda fliktenalarning tomi qalin bo’lib, uzoq vaqt yorilmasdan saqlanadi va ular o’rnida keyinchalik shaffof suyuqlik saqlovchi pufaklar ҳosil bo’ladi. Atrofida ҳar xil darajada o’zgargan eritematoz teri ko’zga tashlanib turadi.

Differenstial – Herpes simplex.

tashxisi – Dermatitis bullosa.

– Varicella.

– Microsporia cutis glabrae.

Davosi.


Maҳalliy davo:

– pufaklarni yorish;

– suv bilan bo’ladigan muolajalarni cheklash (dush, yuvinish, cho’milish);

– jaroҳat atrofi terilariga dezinfekstiyalovchi eritmalar bilan ishlov berish (20% spirt, borat kislotasi, taninli loson va boshqalar);

– dezinfekstiyalovchi liniment, krem, mazlar (Lin.Synthomycinum 2-5%;

– Ung.Mycitracini, Ung.Hydrargyri oxidati flavi 2%, Ung.Dermatoli 5%, Ung.Fucidin va boshqalar).

Umumiy davo:

– jarayon tarqalishi kuzatilsa keng spektrga ega bo’lgan antibiotiklar tayin etiladi (Dicloxacillinum 0,25–0,5, kuniga 4 maҳal, Eryth-ro-mycinum 0,5, kuniga 4 maҳal);

– polivitaminlar.

Streptokokkli bichilish (impetigo streptogenes) ko’pincha to’la odamlarning tabiiy burmalari soҳalarida kuzatiladi. Bunda teri qizargan, shishgan bo’lib, epidermisning oqarib, shishib, shilingan yuzasida eroziya yoki yoriqlar ҳosil bo’ladi. Eroziya yoki yoriqlar yuzasi sarg’ish qaloqlar bilan qoplanadi.

Differenstial – Intertrigo candidamycetica.

tashxisi – Epidermophytia inguinalis.

– Pemphigus vegetans.

Davosi.


Maҳalliy davo:

– teri burmalarini dezinfekstiyalovchi eritmalar bilan artiladi (Methyleni coerule 1–2%, borat kislotasining spirtdagi 2% li eritmasi, permanganat kaliy eritmasi 1: 5000);

– dezinfekstiyalovchi krem va linimentlar (Fucidin, Clotrimasol va boshqalar);

– dezinfekstiyalovchi kukunlar (2% borat kislotasi kukuni, 3% dermatol, Mediphon kukuni...).

Tirqishsimon impetigo (impetigo fissurica s.angulus infec-tio-sus) kasalligi ko’pincha og’iz burchaklarida rivojlanadi va surunkali kechadi. Kasallik ko’p ҳollarda lab burchaklarining travmatiza-stiyasi (stomatolog muolajalaridan)dan so’ng, og’iz shilliq pardasi infekstiyalari (tonzillit, glossit, stomatit, kariesli tishlar) bor bo’lgan yoki labini yalash odati bor kishilarda ko’proq uchraydi. Lab burchaklari yallig’lanadi, sarg’ish qaloqlar ҳosil bo’ladi, teri zichlashadi va oqibatda yoriqlar paydo bo’lib, ular uzoq vaqt bitmaydi. Kasallik qaytalanishga moyil kechadi.

Differenstial – Angulus infectiosus candidamycetica.

tashxisi – Papulae syphilitica.

Davosi.


Maҳalliy davo:

– teriga dezinfekstiyalovchi eritmalar, losonlar bilan ishlov berish;

– dezinfekstiyalovchi krem va mazlar (Fucidin, Ung.Hydrargyri oxidati flavi 2% va boshqalar);

Umumiy davo:

– V-guruҳi vitaminlari (asosan riboflavin);

– infekstiya o’choqlarini sanastiya qilish.

Yuza panaristiy (panaritium superficiale) – tirnoqlar atrofi xaltachasi va uning atrofidagi to’qima-lari-ning o’tkir yoki surunkali yallig’lanishi bo’lib, bunga sabab bo’luvchi omillar turli xil mikrojaroҳat, masterastiyalar va boshqalardir.

Klinik ko’rinishi. Tirnoq atrofi ҳalqasining qattiq og’riqli o’tkir yallig’lanishi bo’lib, asosan, biror-bir barmoqdan boshlanadi. Jaroҳatlangan teri qizarib, shishadi, uning yuzasida yassi taqasimon ko’rinishdagi pustula ҳosil bo’lib, u tezda yoriladi va qaloq ҳosil bo’ladi. Surunkali yuza panaristiyga teri stianozi va infiltrastiyasi xos bo’lib, tirnoq ҳalqasida kutikula bo’lmaydi. Agar yallig’langan tirnoq ҳalqasini bosib ko’rilsa, yiring ajralishi kuzatiladi. Tirnoq distrofiyasi kuzatilishi tirnoq matristasini infekstiyaga chalinganidan dalolat beradi. Tirnoq notekis o’sadi va ildiz qismidan qat-qatlanib ko’chadi.

Differenstial – Paranichyia candidamycetica.

tashxisi – Acrodermatitis continua suppurativa Hallopo.

Davosi.

Maҳalliy davo:



– soda, dengiz tuzi, borat kislotasi yoki ixtiolli ilik, dezin-fek-stiyalovchi vannachalar;

– tirnoq atrofi ҳalqachasini dezinfekstiyalovchi eritma (Sol.Fuci-dini 2%, Clotrimasol va boshqalar) bilan ishlov berish;

– dezinfekstiyalovchi mazlar (Fucidin, Mycitracin, Ung.Dermatoli, Ung.Ichthyoli 5–10% va boshqalar).

Umumiy davo:

– infekstiya atrofga va teri osti to’qimalariga tarqalganda keng spektrli antibiotiklar tavsiya etiladi;

– vitaminoterapiya.

Fizioterapiya: – lazeroterapiya.

ChUQUR STREPTOKOKKLI PIODERMIYa

Ektima (Ecthyma vulgare) organizm immunobiologik xususiyatining pasayishi yoki turli xil surunkali intoksikastiyalar oqibatida yoki qon tomirlar jaroҳatlanishi sababli yuzaga keluvchi terining chuqur, yarali defekti ҳisoblanadi. Odatda ektima boldir, son soҳalarida uchraydi va kasallik surunkali kechadi, tuzalish sekinlik bilan kuzatiladi.

Klinik ko’rinishi. Kasallik boshlanish davrida – terida yuza pustula ҳosil bo’ladi, u ҳam atrofiga, ҳam ichkariga qarab o’sadi, ichidagi serozsimon suyuqlik tezda yiringli -gemorragik tus oladi. Yiringcha yorilishidan so’ng yara ҳosil bo’ladi va uning atrofida yaqqol ko’rinadigan yallig’langan infiltrat vujudga keladi. Ayrim ҳollarda yara yuzasini qat-qat yiringli – gemorragik qaloqlar qop-laydi. Bu qaloqlarning quyi qatlami yuzasi yuqori qatlami yuzasidan kattaroq bo’ladi. Bunday toshmalar rupiya deb ataladi. Yara bitgach o’rnida atrofik chandiq qoladi. Toshmalar odatda soni kam va aniq chegaralangan bo’ladilar.

Differenstial – Ecthyma syphiliticum.

tashxisi – Ulcus cruris.

Davosi.

Maҳalliy davo:



– atrof terisini dezinfekstiyalovchi eritma, losonlar bilan ҳimoya qilish;

– qaloq va nekrotik to’qimalarini ko’chirish maqsadida, enzimatik mazlar (fibrolat, iruksol) qo’llaniladi;

– regenerastiya tezlashtirish maqsadida oblepixa yog’i, propolis mazi, solkoseril va boshqalardan foydalaniladi.

Umumiy davo:

– teri mikrostirkulyastiyasini yaxshilovchi preparatlarni (stugeron, prodektin, ksantinol nikotinat, trental va boshqalar) qo’llash;

– polivitaminlar;

– mikroelement, fosfolipid saqlovchi preparatlar (Essentiale);

– keng spektrda ta’sir etuvchi antibiotiklar;

– antigistamin va desensibilizastiyalovchi preparatlar;

– patogenetik davo.

O’tkir diffuz streptodermiya

(Streptodermia acuta diffusa)

Streptodermiyaning atipik turi ҳisoblanadi va teri ҳimoya vazifasi kuchsizlangan katta yoshdagi bemorlarda kuzatiladi va jarayon ko’proq tizza soҳalarida joylashadi. Kasallikka olib keluvchi omillar quyidagilar: travma, teri trofikasining va teri gigienasining buzilishi.

Klinik ko’rinishi. Tizza-boldir soҳalari terisining qizarib-shishgan yuzalarida yassi yiringchalar vujudga keladi, yiringchalar atrofiga o’sib, bir-biri bilan qo’shilib, terining diffuz yallig’lanishini vujudga keltiradi. Teri namlanadi, keyin qurish natijasida jaroҳatlangan teri satҳida sarg’ish qaloqlar vujudga keladi. Tovon soҳasida jaroҳatlangan teri chegarasida notekis epidermis ko’chkilari kuzatiladi. Kasallik o’z vaqtida davolanmasa surunkali turiga (surunkali diffuz piodermiya) yoki mikrobli ekzemaga o’tishi mumkin.

Differenstial – Eczema microbicum.

tashxisi


Davosi.

Maҳalliy davo:

– dezinfekstiyalovchi eritmalar (borat kislotasining 2% li eritmasi, ixtiol 2% li eritmasi) bilan xo’llash, xo’llashni linimentlar bilan (Lin.Synthomycini 5–10%) almashtirish zarur;

– dezinfekstiyalovchi pasta, krem, mazlar: 3–5% li oltingugurtli, 3% li qora moyli, 3–10% li naftalanli, 2% li borat kislotasi.

Umumiy davo:

– keng spektrli antibiotiklar;

– yallig’lanishga qarshi ta’sir etuvchi vositalar (antigistamin preparatlari);

– patogenetik davo.

Surunkali diffuz piodermiya

(Pyodermia chronica diffusa)

Surunkali diffuz piodermiya piokokklar keltirib chiqargan, asosan, tizza-boldir terilarida uchrovchi, terining surunkali, yiringli yallig’lanishi bo’lib, asosan, oyoqning venoz tomirlari kengaygan, periferik qon aylanishi buzilgan, turli xil jaroҳat olgan yoki o’tkir diffuz streptodermiyasi bo’lgan, ammo davolanmagan bemorlarda uchrovchi kasallikdir. Teri gigienasiga rioya etmaydigan qimsalarda ҳam rivojlanishi mumkin.

Klinik ko’rinishi. Tizza soҳasida chegaralangan infiltrat vujudga kelib, u stianotik o’choq ko’rinishida bo’lib, yuzasida sarg’ish-qo’ng’ir tusli qaloq-kepaklar bilan qoplanadi. Kasallik atrofga tarqalish xususiyatiga ega, sog’ teri oralig’idagi chegarada epidermis ko’chkisidan iborat ҳalqasi kuzatiladi.

Differenstial – Psoriasis exudativa.

tashxisi – Psoriasis pustulosa.

Davosi.

Maҳalliy davo:



– dezinfekstiyalovchi – oltingugurt, naftalan, antibiotik saqlovchi pasta, krem, mazlar;

– mikrostirkulyastiyani tiklovchi, venoz tomirlarda qon turg’unligini kamaytiruvchi vositalar (Essentiale, troksevazin, ksantinol nikotinat, andekalin...);

– vitaminoterapiya;

– anabolik gormonlar;

– antibiotik vositalari (antibiotiklar, sulfanilamidlar, fustidin...);

QO’TIR (SCABIES)

Qo’tir – YUQUMLI parazitar, asosan, kechasi kuchayadigan teri qichinishi bilan kechadigan kasallik.

Etiologiyasi. Kasallikni qo’tir kanalari – Sarcoptes hominis chaqiradi. Kasallik YUQUMLI bo’lib, bemor yoki uning buyumlari orqali yuqadi.

Asosiy belgilari. Sog’ teriga kana tushgandan keyin 7–14 kun o’tgach, bemor terida qattiq qichinish va toshmalarga e’tibor beradi. Bemor terisida mayda pufakchasimon tugunchalar va egri-bugri, kulrang, uzunligi 5–10 mm keladigan chiziqlar (qo’tir yo’llari) va qora nuqtalar ko’rinib turadi. Qo’tir yo’lining uchi ochiq (mayda eroziya), oxiri yopiq bo’lib, u erlarda pufakchalar (tuguncha) bo’lib, ular doim juft joylashadilar (eroziya – tuguncha). Odatda bu joylarga kanalar joylashgan bo’ladi. Qo’l panjasi ustki bo’g’imlari, barmoq oralari, qo’ltiqning oldi, ayollarda ko’krak uchi terisida juft-juft joylashgan pufakcha (tuguncha) va eroziyalar uchraydi. Qichinish, ayniqsa, kechasi zo’rayib, qashinish oqibatida terida tirnalishlar kelib chiqib, ikkilamchi infekstiyaga yo’l ochiladi. Kechqurun zo’rayadigan qichinish, qo’tir yo’llari, eroziya va pufakchasimon tugunchalarning o’ziga xos joylashishi, kanalar topilishi, kasallikka to’g’ri tashxis qo’yishga yordam beradi.

Davolash: kattalarda 33 % li oltingugurt malҳami, 1 kunda bir marotaba (4–6 kungacha surkaladi), so’ngra dush qabul qilib, kiyimlar almashtiriladi. Bugungi kunda ko’pincha benzilbenzoatning 20% li suvdagi eritmasi qo’llaniladi (4 kun, kuniga 10 daqiqa davomida 10 daqiqa tanaffusdan so’ng 2 marta surkaladi). DEMYaNOVICh USULI: 1/1 eritma, ya’ni 60 % li natriy tiosulfat bilan 10 daqiqa orasida butun tana, qo’l-oyoq terisiga zo’r berib surkaladi (tananing ҳar qismiga 2 daqiqadan va 5 daqiqa tanaffusdan so’ng 2 marotaba) 10 daqiqa tanaffusdan keyin 1/2 eritma bilan, ya’ni xlorid kislotaning suvdagi 6 %li eritmasi xuddi shunday usul bilan surtib chiqiladi. 4 kun davodan keyin bemor cho’miladi va uning ko’rpa-to’shagi, ichki kiyimlari almashtiriladi.

Albatta bemorning oila a’zolari, yaqin muloqotda bo’lgan insonlarni tekshirib davolab, epid o’chog’ni yo’qotish zarur (ilova X).

ChOV BITLAShI

(PEDICULUS PUBICUS)
ChOV bitlashi – parazitlar, ya’ni xo’jayinlarda yashashga mos-lash-gan bitlar orqali vujudga keladigan, YUQUMLI kasallik. Bitlar odamdan-odamga, uning o’rin-ko’rpalari, kiyim-boshlari orqali o’tadi va xo’jasining qoni bilan oziqlanadi. Bir kunda 0,3–0,5 ml gacha qon so’rishi mumkin. Bit qon so’rganida odam terisiga yopishib olib, unga so’lak chiqaradi va terini sensibilizastiyalab qichitadi.

Bitlar 3 xil bo’ladi – bosh biti (Pediculus capitis), kiyim biti (Pediculus corporis) va chov biti (Pediculus pubis) uchraydi.

Chov biti kulrang qora tusda bo’lib, junlarning asosiga maҳkam yopishib oladi. Bitlar asosan, qov, qorin va sonning chegara qismlaridagi terida yashaydi, lekin ba’zan o’rmalab, tananing jun bilan qoplangan boshqa qismlariga (qo’ltiq, ko’krak, soqol, kiprik, qoshga) o’tib oladi. Bu ҳasharotlar odatda jinsiy aloqa vaqtida bir odamdan ikkinchi odamga o’tadi, ammo ichki kiyim, o’rin-ko’rpa jildlari orqali ҳam o’tishi mumkin.

Bugungi kunda, bitlashning bu turi jinsiy yo’l bilan yuquvchi kasalliklar guruҳiga kiritilgan.

Bitlar chaqqanda qattiq qichishish yuzaga kelib, ko’p sonli uzunchoq tirnalishlar (ekskoriastiya), shilinishlar ҳosil bo’lib, ikkilamchi infekstiyalar tushishiga yo’l ochadi. Chov satҳida – bitlar chaqqan joylarda oldin qizil rangli ekximoz toshmasi, keyin vaqt o’tgach, rangi o’zgarib kulrang, yumaloq shaklda, ustidan bosganda yo’qol-may-digan dog’lar ҳosil bo’ladi. Dog’ o’rtasida nuqtadek eroziya – bit qon so’rgan o’rni turadi. Dog’lar odatda 7–10 kun saqlanib turadi. Bit chaqqan joy terisi qattiq qichishib shu soҳalarda tirnalishlar paydo bo’ladi va butunligi buzilgan teri yuzasiga ikkilamchi piodermiya va ular bilan bir qatorda boshqa jinsiy aloqa yo’li bilan yuqadigan infekstiyalar ҳam yuqtirilishining eҳtimoli yuqori bo’ladi.

Tashxisi – aniq klinik belgilari;

– terida qov biti topilishi.

Davosi.


– davolashdan oldin jinsiy a’zolar, anus atrofi va boshqa soҳalardagi junlar qirib tashlanadi.

– 2–3 kun 10%li simobli malҳam, 20% li benzilbenzoat, oltingugurt malҳami.

Ichki kiyim va ko’rpa-to’shak jildlari dezinfekstiyalanadi yoki sovun bilan issiq suvda yuvilib almashtiriladi yoki 10%li sovunli-solvent pastali eritmada bir necha soat saqlanadi va keyin quyoshda quritilib dazmollanadi. Xuddi shu eritmaning 20% lisi xonalarni tozalash uchun ishlatiladi.

Bitlashning oldini olish va profilaktikasi. Bitlashning oldini olish, asosan, aҳolining moddiy farovonligi va sanitariya madaniyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish va uni ҳayotga tadbiq etishdan iborat. Shaxsiy gigienaga rioya qilish, choyshab, ichki kiyim, o’rin-ko’rpa jildlarini ҳar ҳaftada almashtirib turish, yuvilgan kiyimlarni dazmollab kiyish, birovlarning o’rnida yotmaslik, oiladan chetta va tasodifan jinsiy aloqa qilmaslik.


Yüklə 295,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin