Microsoft Excel ishini tugallash
Microsoft Excel ishini tugallash uchun dastur darchasini yopish kerak ( tugmachasini bosish yoki Alt+F4 klavishlarini bosish kerak).
Excel dasturida ushchi kitobi bilan ishlash.
Ishchi kitobi (Рабочая книга)
Fayl Microsoft Excelda ish kitobi deb ataladi. Ish kitobi ish sahifalari (рабочий лист) dan tashkil topadi. Ish saxifalari Лист1,Лист2, . . . deb ataladi va ularning nomi ish kitobi darchasining quyi qismidagi yorliqlardan chiqadi. Yorliqlarni sichqoncha yordamida bosib, ishh kitobi ichida saxifadan saxifaga o`tish mumkin. Yorliqlarni varaqlash uchun gorizontal koordinatalar chizg’ichning chap tomonida joylashgan tugmachadan foydalaniladi:
Ish saxifasi 256 ustun va 65536 satirni o`z uchiga olgan jadvaldan iborat. Ustunlar lotin xarflari bilan, satirlari esa raqamlar bilan belgillanadi. Jadvalning har bir katakchasi satr nomi va ustun nomidan tashkil topgan adresga ega.
Masalan F ustunning 7 satrida joylashgan katakcha F7 adrsiga ega.
Jadval elementlarini ajratish
Jadval katakchalaridan biri hamma vaqt faol (актив) bo`ladi. Faol katakcha hoshiya bilan ajratiladi. Istalgan katakchani faollashtirish uchun siljitish klavishlari yordamida hoshiyani tegishli katakcha ustiga siljitish yoki sichqoncha ko`rsatkichini katakcha ustiga qo`yib, chap tugmachasini bosish kerak.
Bir nechta qo`shni katakchalarni ajratish uchun, sichqoncha ko`rsatkichlari katakchalardan biri ustiga qo`yib, uning chap tugmachasini bosgan holda ajratishni kerakli katarchaga cho`zish kerak . Bir necha yonma-yon joylashgan katakchallarni guruhlarini ajratish uchun, Ctrl klavishini bosib, uni qo`yib yubormagan holda qolgan katakchalarni ajratish lozim.
Jadval ustuni yoki satrini to`liqligicha ajratish ucun, sichqoncha yordamida uning nomini bosish kerak. Bir necha ustun yoki satrlarni ajratish uchun sichqoncha yordamida birinchi ustun yoki satr nomi bosilib ajratishni butun sohaga ajratish lozim.
Bir necha sahifalarni ajratish uchun Ctrl bosilib, uni qo`yib yubormasdan, saxifalar yorliqlarni bosish kerak.
Dostları ilə paylaş: |