Ekran yoki uning qismi nusxasini CLIPBOARD (YOKI «БУФЕР ОБМЕНА»)ga ko`chirish mumkin. Buning uchun:
[Prtscr]-Ekranni CLIPBOARD (yoki «БУФЕР ОБМЕНА»)ga ko`chiradi.
[Alt]- [Prtscr]-Joriy darchani CLIPBOARD (yoki «БУФЕРОБМЕНА»)ga ko`chiradi.
Natijada ekran yoki darchaning tasviri CLIPBOARD (yoki «БУФЕР ОБМЕНА»)ga ko`chiriladi.
Windows ishlashi uchun quyidagilarni bajarish lozim.
Autoexec.bat faylida TEMP katalogining doirasini aniqlash lozim. Bu katalogda Windowsning fayllari vaqtincha saqlanadi. Masalan:
set TEMP>C:/ Windows/TEMP
Avvalambor TEMR katalogini Windowsda ochish shart.
AUTOEXEC.BAT faylida SHARE dastursini chaqirish komandasini kiritish zarur. Bu komanda ko`p masalalik rejimda ma’lumotlarning saqlanishini ta’minlaydi.
CONFIG.SYSda xotirani kengaytirish komandasini kiritish zarur. Yoki MS-DOSga kiruvchi HIMEM.SYS drayveridan foydalanish kerak.
Windowsda chop etish bajarilishi uchun printer drayveriga komandalarni yuborish manzilini ko`rsatish zarur. Bu jarayon printerni bog‘lash jarayoni hisoblanadi. Odatda printer LPT1 portiga ulanadi.
Portni ko`rsatish uchun FB (yoki Проводник)ni MAIN guruhidagi ПАНЕЛЬУПРАВЛЕНИЯda sichqoncha tugmasi ikki marta bosiladi. Unda PRINTERS (yoki «Принтерыифаксы») piktogrammmasiga
kiriladi. INSTALLED PRINTERS (yoki «Принтеры и факсы») maydonida drayverlar va ularga mos portlar ko`rsatiladi.
Ularni o`zgartirish uchun sichqoncha tugmasi bosiladi. Keyin CONNECT komandasi tanlanadi.
Kompyuterdan portga chop etish uchun PORTS ro`yxatida printer bog‘langan portni tanlash lozim. Bunda quyidagilardan birini tanlash mumkin:
Local - kompyuterga ulangan printer uchun; Network - tarmoqqa ulangan printer uchun; Not Present - portdan foydalanib bo`lmaydi.
Chop etishni faylga bajarish uchun PORTS ro`yxatidan FILYE menyusini tanlash zarur.
Bu xolda chop etishdan avval fayl nomi so`raladi.