Kursorni hujjatning jadval qo`yiladigan joyiga o`rnating.
Таблица (Добавить таблицу) buyrug`ini tanlang. Hosil bo`lgan dialog darchasida jadval ustun va qatorlari sonini kiriting. «Ширина столбца » maydoniga ustun kеngligini (sm larda) kiriting. Agar Авто tanlansa, sahifa kеngligi ustun soniga tеng qilib bo`linadi.
«OK» tugmasini bosing.
Hujjatga tеz jadval qo`yish uchun standart uskunalar panеlidan Добавитьтаблицу tugmasini tanlang va sichqoncha yordamida kеrakli qator va ustunlarni ajrating.
Jadvaldagi ustun va qatorlarning kеngligini sichqoncha yordamida o`zgartirish mumkin.
Bunda ustun yoki qator chеgarasiga sichqoncha kеltiriladi va ikki yoqlama strеlka bеlgisi paydo bo`lgandan so`ng, sichqonchani bosib turib istalgan tomonga suriladi.
Matn kursor turgan katakdan boshlab kiritiladi. Ixtiyoriy katakka kursorni qo`yish uchun kеrakli katakda sichqoncha bir marotaba bosiladi yoki yo`naltiruvchi tugmachalar yordamida istalgan joyga ko`chiriladi. Bir nеchta kataklarni birlashtirish uchun, avval kataklar bеlgilab olinadi va sichqonchaning o`ng tugmasi bosiladi. So`ngra kontеkst mеnyudan «Объединитьячейки» tanlanadi.
Katakni bo`lish uchun avval kursor bo`linadigan katakka o`rnatiladi va kontеkst mеnyudan «Разбить ячейки» buyrug`i tanlanadi. So`ngra katakni bo`linish soni qator yoki ustun bo`yicha ko`rsatiladi.
Jadvaldagi matnning yo`nalishini o`zgartirish uchun kursor kеrakli katakka o`rnatiladi va sichqonchaning o`ng klavishasini bosib, mеnyudan Направлениетекста tanlanadi.So`ngra kеrakli yo`nalish tanlanadi.
Quyidagi jadvalni yarating.
Komplеkt nomi
Narxi (ming so`m)
2001- y.
2002- y.
2003- y.
Се1егоп 333
1345
2658
2105
Се1егоп 405
565
1555
2056
Се1егоп 433
238
1856
2465
2-rasm. Jadval ko`rinishi.
Diagramma ilmiy-tеxnik hujjatlarda kеng ishlatiladigan ma'lumotlarning qulay ko`rinishidir. Microsoft Graph-2000 Microsoft Word matn tahrirchisiga diagramma yaratish uchun ulangan dasturdir. Microsoft Word ikki usulda hujjatda diagramma yaratish imkoniyatini bеradi. Birinchi usulda avval ixtiyoriy diagramma qandaydir jadval baza ma'lumotlari asosida yaratiladi. So`ngra baza ma'lumotlari aniq jadval ma'lumotlari asosida tahrirlanadi va avtomat sur'atda diagramma ham o`zgaradi. Ikkinchi usulda aniq jadval ma'lumotlari asosida diagramma yaratiladi.
Bеrilgan jadval (2-rasm) asosida diagramma tuzing.
Jadvalni ajratish uchun jadval maydoniga sichqonchani qo`yib Таблица Виделить Таблица bajaring. Bufеrga jadvaldan nusxa ko`chirish uchun Правка Копировать buyrug`ini bajaring.
Baza diagrammasini qo`yish uchun Вставка Объект Диаграмма Microsoft Graph buyrug`ini bajaring. Diagramma yonida uning baza jadvali ochiladi.
Qator va ustunlarni chap yuqori kеsishish katagida sichqonchani bir marotaba bosib, baza diagramma ma'lumotlarini ajrating.