Izlanishlar, yechimlar


oltita asosiy farq mavjud



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/112
tarix25.09.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#148611
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   112
Jurnal Xalq ta\'lim sayt uchun

 
oltita asosiy farq mavjud:
1. Bilimga bo‘lgan ehtiyoj. Kattalar “nima uchun” o‘rganish kerakligini 
bilishlari kerak.
2. Motivatsiya. Kattalar ichki motivlar bilan boshqariladi. Ular o‘rganishni 
xohlaganlaridagina o‘rganadilar. Agar siz “bu menga nima uchun kerak?” 
degan savolga ishonchli javob bersangiz, siz kattalarga kuchli ichki 
motivatsiya berasiz.


90
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI 
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI 
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
3. Xohish-istak. Katta yoshlilarda o‘rganishga intilish va o‘qishga tayyorlik 
bilimning muhimligini anglaganlarida paydo bo‘ladi. Ular uchun 
o‘rganish hayotlarini yaxshi tomonga o‘zgartirishga qanday yordam 
berishini tushunish muhimdir.
4. Tajriba. Kattalar boy tajribaga ega. Bu ularning yutug‘i. Ular o‘zlarining 
tajribalari orqali yangi g‘oyalarni tahlil qiladilar, tushuntiradilar, 
birlashtiradilar va yaratadilar yoki eskilarini “burmalaydilar”. 
5. Mustaqillik. Kattalar o‘zlariga ishonadilar va o‘qish uchun mas’uliyatni o‘z 
zimmalariga olishni xohlashadi. Ular mustaqil va hamma narsa nazorat 
ostida bo‘lishini xohlaydilar.
6. O‘qishga munosabat. Kattalar biror narsa qilish orqali yaxshiroq 
o‘rganadilar. Ular uchun muammoga yo‘naltirilgan ta’lim dolzarb bo‘lib, 
ular o‘z ishlarida buni qo‘llashlari mumkin. Hech bir kitob inson o‘zi biror 
ishni qilganda oladigan darajada aniq, chuqur bilim bermaydi. Empirik 
ta’lim nazariyasi kattalar ta’limi amaliy tajribani anglash bilan bog‘liqligini 
ta’kidlaydi. Kattalar kitoblardagi raqamlar va ta’riflarni yodlash bilan emas, 
balki biror narsa qilish orqali yaxshiroq o‘rganadilar.
Bu tamoyillarning barchasi bir xil asosiy g‘oyalar atrofida aylanadi: 
motivatsiya, mustaqil ta’lim, hayotiy tajriba, maqsadga yo‘naltirilgan taʼlim, 
amaliy qo‘llash va hurmat.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘qishga bo‘lgan motivatsiya omili ko‘pincha 
aqliy omildan kuchliroqdir. 
Kattalar auditoriyasida motivatsiyani shakllantirish, rivojlantirish, kerakli 
darajada saqlashga doir metod hamda yondashuvlarni inobatga olish, darslar va 
o‘quv materiallarini tashkillashtirgan holda olib borish juda muhimdir.
Birinchidan, taqdim etilayotgan matnlar, materiallar, vazifalar va dars 
mashg‘ulotlari kattalar auditoriyasining qiziqishlariga mos bo‘lishi lozim.
Ikkinchidan, o‘qituvchi o‘quvchiga vazifalarning bajarilishini mustaqil 
baholash imkonini berishi lozim.
Uchinchi muhim narsa – mashg‘ulotlarni faqat ma’ruza ko‘rinishida emas, 
balki hayotiy voqealar, bellashuvlar uyushtirish, video taqdimotlar, loyiha ishlari 
singari dars mavzusidan tashqari, qo‘shimcha mashg‘ulotlar komponentlari 
bo‘lgan shaklda olib borish o‘quvchining ishtiyoqini oshirish xususiyatlari 
hisoblanadi.
Kattalarni o‘qishga nima undaydi?



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin