Maktablarda sharoit, infratuzilma yaxshilanishini kutsak, bolalarni yo‘qotamiz. Menga kelgan murojaatlardan ko‘rinib turibdiki, joylardagi ayrim
maktablarda muhit yaxshi emas. Mazkur maktablardagi muhitni yaxshilashga
hatto hudud xalq ta’limi rahbarining ham kuchi yetmayapti.
10 A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
O‘qituvchilar o‘z murojaatlarida meni maktablariga borib, sharoitni
o‘rganishga taklif qilgan. Qani edi, hamma maktablarga birdaniga borishga
imkonim bo‘lsa, har birining holatini o‘rganib, shaxsan nazoratga olardim. Bunga
vaqt kerak, lekin, albatta, hammasiga boramiz. Bu yo‘nalishda hududiy rahbarlar
bilan tizimli ish tashkil qilishga kelishib oldik. Hudud rahbarlarining mas’uliyati
hamda vakolatini yanada oshiramiz.
Mulohazalarda qayd etilganidek, biz bilimli, jonkuyar va fidoyi kadrlarni
topishimiz kerak. Buning uchun, kerak bo‘lsa, pedagogika universitetlari bilan
hamkorlikni kuchaytiramiz. Har bir bitiruvchi bilan suhbatlashib, eng yaxshilarini
maktablarga jalb etamiz.
Shu o‘rinda barchangizga yuborilgan fikr va mulohazalaringiz uchun minnat-dorlik bildirmoqchiman. Sizlardan kelgan har bir mulohaza va taklifdan kelgusi ish faoliyatimizda foydalanamiz. Saidov Baxtiyor Odilovich O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri 2021-yil 29-noyabr
11 XALQ TA’LIMI: MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR УВАЖАЕМЫЕ УЧИТЕЛЯ, РОДИТЕЛИ И ПРЕДСТАВИТЕЛИ ШИРОКОЙ ОБЩЕСТВЕННОСТИ! В результате моего первого обращения я получил от вас много
предложений, мнений и комментариев.