Izlanuvchi Kadirova Feruza Xikmatullayevnaning 13.00.02- “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (ingliz tilini o‘qitish) ixtisosligi bo‘yicha pedogogika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Veb-texnologiyalar yordamida nofilologik yo‘nalish talabalariga ingliz tilini mustaqil ta’lim sifatida o‘rgatish” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi va “Essential English for computer users” nomli o‘quv qo‘llanmasi hamda “Teach-English.uz” onlayn veb-platformasi natijalarining amaliyotga tadbiq etilganligi to‘g‘risida
MA’LUMOTNOMA
Izlanuvchi Kadirova Feruza Xikmatullayevnaning “Veb-texnologiyalar yordamida nofilologik yo‘nalish talabalariga ingliz tilini mustaqil ta’lim sifatida o‘rgatish” mavzusidagi dissertatsiyasi va “Essential English for computer users” nomli o‘quv qo‘llanmasi, “Teach-English.uz” onlayn veb-platformasida berilgan taklif va tavsiyalardan Muhammad al-Xorazmiy nomidagiToshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘quv-ilmiy jarayonlarini tashkil etishda foydalanilgan.
Mazkur tadqiqot ishi va o‘quv qo‘llanmada keltirilgan taklif va tavsiyalardan foydalangan holda oliy ta’lim muasassamizda, Veb-texnologiyalar asosida “Komputer injiniringi”, “Dasturiy injiniring” va “AKT sohasida kasb ta’limi” yo‘nalishlari talabalarining kasbiy kompetentsiyasini shakllantirish va rivojlantirishning metodik tamoyillarini ishlab chiqish yuzasidan olib borgan pedagogik tajriba-sinov ishlari universitetning texnika yo‘nalishi uchun ingliz tili fanini o‘qitish bo‘yicha pedagogik faoliyatiga mos keladi.
Shuningdek, F.Kadirova tomonidan auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda talabalarning amaliy chet tili ko‘nikmalarini rivojlantirishni (o‘qitilganlik darajasi, ta’lim olishga qiziqishlari, o‘qishdan tashqari mashg‘ulotlar, shaxsiy tajriba, kommunikativlik, ishchanlik qobiliyati) mezonlari gomogen (bir turdagi) va geterogen (har turdagi) guruhlarda tashkil etish asosida takomillashtirilgan. Ushbu ma’lumotnoma Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashga taqdim qilish uchun berildi.