Marja (Marja, Marja) – sotib olish va sotish kurslari o’rtasidagi farq. Mijozlik
bitimlarida banklararo kurslar va mijozlar bilan hisob-kitob qilinadigan kurslar hamda
foiz stavkalari o’rtasidagi farqni belgilash uchun qo’llanadi.
Milliy valyuta tizimi (Natsionalnaya valyutnaya sistema, National Monetary System) – ma’lum bir mamlakat hududida valyuta munosabatlarini tashkil etish, tartibga
solish bilan bog’liq tadbirlar majmuasini ifodalaydi.
Mintaqaviy valyuta tizimi (
Regionalnaya valyutnaya sistema, Regional currency system) – muayyan bir mintaqa doirasidagi mamlakatlar tashabbusiga ko’ra
tashkil etilgan valyuta tizimini ifodalaydi.
Milliy valyutaning pariteti (Paritet natsionalnoy valyuti, The national currency parity) – milliy valyuta qiymatining xorijiy valyuta qiymatiga nisbati bo’lib, u
hisoblanadigan ko’rsatkich hisoblanadi va milliy valyuta kursini belgilash uchun asos
bo’lib xizmat qiladi.
Maastrixt shartnomasi (Maastrixtskiy dogovor, Maastricht Treaty) – 1992
yilda Maastrixt shahrida Evropa Ittifoqini tuzishning asosini tashkil etuvchi shartnoma.
Moliyaviy investitsiyalar (Finansovie investitsii, Financial investments) – mulkka egalik qilish va mulkdan daromad olish bilan bog’liq bo’lgan aktsiya, obligatsiya
va boshqa qimmatbaho qog’ozlar orqali qo’yilmalar kiritish.
Neft mahsulotlari eksport qiladigan mamlakatlar tashkiloti (OPEK )
(Organizatsiya stran-eksporterov nefti, Organization of petroleum exporting countries) – Xalqaro hukumatlar o’rtasida tuzilgan tashkilot. U Osiyo, Afrika va Lotin
Amerikasi davlatlari hududlaridagi neftni qazib olish va eksport qilish, ularning narxlarini
belgilash massalarini amalga oshirish bo’yicha 1960 yilda tashkil etilgan.
NAFTA (NAFTA, NAFTA) – 1992 yilda AQSh, Kanada va Meksika o’rtasida
tuzilgan Shimoliy Amerika Erkin savdo assotsiatsiyasi.