182
GLOSSARIY
Aktiv to’lov balansi (Aktivniy platejniy balans, Favorable balance of
payments) –
to’lov balansida tushumlar summasi to’lovlar summasidan ortiq bo’ladi.
Arbitrajchilar (Arbitrajeri, Arbitrations)
– bir vaqtning o’zida
turli bozorlarda,
turli narxlar asosida moliyaviy resursni sotib olish va sotish orqali foyda ko’radigan jahon
moliya bozori ishtirokchilari.
ASEAN (ASEAN, ASEAN)
– 1967 yilda Bruney, Vetnam,
Indoneziya,
Kambodja, Laos, Malayziya, Myanma, Singapur, Tailand va Filippin tomonidan tashkil
etilgan Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi.
Autrayt forvard kursi (Forvardniy kurs autrayt, Forward Rate outright)
–
bitim tuzilgan kunda qayd etiladi va uning ijro kuni uchun haqiqiy.
BRIK (BRIK, BRIC)
– barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlariga, jahon iqtisodiyoti va
savdosida
katta ulushga ega Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoydan iborat
mamlakatlar guruhi.
Bojxona ittifoqi (Tamojenniy soyuz, Customs Union)
– o’zaro
savdodagi
to’siqlarni bekor qilgan va a’zo bo’lmagan mamlakatlarga nisbatan yagona bojxona
tariflari asosida umumiy tashqi savdo siyosati olib borayotgan mamlakatlar guruhi.
BENILYuKS (BENILYuKS, BENELUX)
– 1960 yilda Belgiya, Niderlandiya va
Lyuksemburg o’rtasida imzolangan iqtisodiy ittifoq.
Birja
(
Birja, Exchange
) – strandartlar yoki namunalar asosida savdo qilinadigan
ommaviy tovarlarning muntazam ulgurji bozori yoki qimmatli qog’ozlar, oltin, chet el
valyutalari (fond birjasi) bozori.
Bevosita kotirovka (Pryamaya kotirovka, Direct quotation)
– Milliy valyuta
birliklarida ifodalangan xorijiy valyuta birligining narxi.
Dostları ilə paylaş: