J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan


Qadimgi Xitoy iqtisodiy g’oyalari



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə10/55
tarix07.04.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#94277
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55
J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedra

4. Qadimgi Xitoy iqtisodiy g’oyalari.
Qadimgi Xitoy iqtisodiy g’oyalari. Qadimgi Xitoy mutafakkirlari ichida Konfutsiy (m.av. 551 – 479 y.) alohida o’rin tutadi. Konfutsiyning fikrlari uning shogirdlari yozib qoldirgan «Lun Yuy» («Suhbat va mulohaza») to’plamida aks ettirilgan. Uning fikricha, mehnat ham kishilarning, ham davlatning boyligini ko’paytiradi. Konfutsiy «buyuk jamoa mulki» (dehqonlar jamoasi mulki) va xususiy egalik (quldorlar mulki)ni farqlaydi, ikkinchisini ko’proq qo’llaydi. Bu erda u xususiy mulkni xo’jalik yuritishda ustun qo’yadi.
Konfutsiy aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat farqini ko’rsatib, aqliy mehnat bilan «yuqori» tabaqali kishilar, jismoniy mehnat bilan esa, asosiy qismi qullardan iborat bo’lgan «oddiy» kishilar shug’ullanadi, deb qayd qilib o’tadi.
Konfutsiy ta’limotiga ko’ra, bilimdon hukmdor – u «xalqning otasi», va boylikni ancha tekis taqsimlashning kafolatidir5. Uning tasdiqlashicha, Alloh va tabiat tomonidan jamiyat toifalarga ajratilgan, shu bilan birga u har bir odamni ma’naviy yuksalishga da’vat etgan, kattalarga bo’lgan hurmat qoidalari to’g’risida, farzandlik burchi to’g’risida, aka-ukalar o’rtasidagi do’stlik to’g’risida qimmatli fikrlarni ilgari surgan. Konfutsiy ta’limotidan shu narsani ko’rish mumkinki, agar reglamentlashtirilgan patriarxal munosabatlarda ustalik bilan xo’jalik yuritilsa, «xalqda hamma narsa muhayyo bo’ladi» deb ta’kidlangan.


5. Qadimgi Gretsiyadagi iqtisodiy fikrlar
Iqtisodiy fikrlar qadimgi Gretsiyada yana ham rivojlantirildi. Ksenofont, Platon, Aristotel asarlarida iqtisodiy muammolar maxsus tadqiqot ob’ektiga aylandi. Buni Sokratning shogirdi, Platonning zamondoshi Ksenofont (m.o. 430–355) asarlarida yaqqol ko’rish mumkin. Uning ko’p sonli asarlari ichida «Daromadlar to’g’risida» va «Ekonomiks» (xo’jalik to’g’risida ta’lim) maxsus iqtisodiy asarlari alohida ahamiyatga ega.
Ksenofont «Daromadlar to’g’risida» asarida Afina davlatining iqtisodiy holatini tahlil qilib uni yaxshilashning uch yo’lini tavsiya etadi:

  1. xorijiy kishilardan olinadigan soliqni ko’paytirish, ularning Afinaga kelishini rag’batlantirish;

  1. kumush qazib olishni kengaytirish;

  2. qullar savdosini tashkil etish.

«Ekonomiks» asarida hamda Ksenofontning alohida mulohazalarida quldorlik xo’jaligi iqtisodiyotiga tavsifnoma beriladi.
Ksenofont qishloq xo’jaligini xalq xo’jaligining eng asosiy tarmog’i deb hisoblagan. «Qishloq xo’jaligi rivojlansa, – deb yozadi u, – boshqa faoliyat turlari ham rivojlanadi. Agar dehqonchilik pasaysa, u holda uning bilan birga suv va quruqlikdagi barcha boshqa sanoat faoliyati tarmoqlari halok bo’ladi».
Ksenofont iqtisodiy fikrlar tarixga birinchilardan bo’lib mehnat taqsimotini tahlil qilgan olim sifatida kirib keldi. U o’zining «Kiropediya» asarida shunday yozadi: «Kichkina shaharlarda bitta ustaning o’zi yotoq joy, eshik, plug, stol yasaydi, ko’pincha o’sha odamning o’zi uy ham quradi... Albatta, bunday har xil hunar bilan shug’ullanuvchi odam, hammasini bir xilda yaxshi tayyorlashi mumkin emas. Aksincha, yirik shaharlarda har bir buyumga ko’pchilikning ehtiyoj sezishi tufayli, har bir ustaga o’zini boqish uchun bitta hunar etarli. Ko’p joylarda o’sha hunarning hatto bir qismi ham kifoya: masalan, bir usta erkaklarning oyoq-kiyimini tikadi, boshqasi esa – xotinlarning. Ba’zida esa odam faqat boshmoq uchun yarim mahsulot tayyorlab, boshqasi – charm kesib, uchinchi biri bichib berib, to’rtinchisi esa – ularning hammasini birlashtirib tikib hayot kechirish uchun haq oladi. O’z-o’zidan ma’lumki, kim muayyan cheklangan ish turi bilan shug’ullansa, o’sha uni eng yaxshi qilib bajarishga qodir».
6. Aristotelning iqtisodiy qarashlari.
Antik dunyodagi iqtisodiy fikrlarning yirik namoyandalaridan biri Aristotel (m.o 384–322) hisoblanadi. O’z mamlakatida shakllangan natural-xo’jalik munosabatlarini himoya qilgan bu qadimgi grek mutafakkiri boshqa zamondoshlariga qaraganda, iqtisodiy muammolarga chuqurroq kirib borishga muvaffaq bo’lgan. Uning iqtisodiy savollar bo’yicha fikr yuritgan asosiy asarlari «Nikomaxova etikasi» va «Siyosat» hisoblanadi. Bu erda Aristotel, xuddi Platonga o’xshab, ideal davlat loyihasini ilgari suradi. Aristotel loyihasining o’ziga xosligi shundan iboratki, unda xo’jalik va kishilar faoliyatining barcha turlari har bir toifa yashash vositalaridan foydalanishi va boylik topish nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Shu erda Aristotel boylik topish va ehtiyojlarni qondirish usullari to’g’risida fikr yuritib, ekonomika va xrematistika tushunchalari farqini ajratib ko’rsatib beradi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin