J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan-mavzu TALAB VA TAKLIF NAZARIYASI
1. Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Talab qonuni Ehtiyoj tushunchasi kishilarninghayotiy vositalariga bo‘lgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotninghamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy ko‘rinishi talab tushunchasidir. Ehtiyojning faqat pul bilan ta’minlangan qismi talabga aylanishi mumkin. Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan ta’minlanmasa, u «xohish», «istak» bo‘lib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud bo‘ladi, chunki narx o‘zgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham o‘zgaradi. Shu bog‘liqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta’rif berish mumkin. Talab – iste’molchi tovar va xizmatlarning aniq turini ma’lum vaqt oralig‘ida narxlarninghar xil darajasida sotib olishga qodir bo‘lgan miqdoridir. Bu ta’rif talabning miqdor tavsifini ham ifodalaydi. Talabning sifat tavsifi shundaki, u iste’molchining tovarlarga bo‘lgan pul bilan ta’minlangan ehtiyojini ifodalaydi. Tovar yoki xizmatlarga bo‘lgan talabning ikki turi farqqiladi: individual talab va bozor talabi.Har bir iste’molchining tovarlarning shu biror turiga bo‘lgan talabi individual talab deyiladi. Talab miqdoriga narxdan tashqari ta’sir qiluvchi omillar. Talab hajminingo‘zgarishi faqat tovar narxiga emas, balki boshqa bir qator omillarga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu omillar talabning narxdan tashqari omillari deyiladi. Talabga narxdan tashqari quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: 1) Iste’molchiningdidi; 2) Bozordagi iste’molchilar soni; 3) Iste’molchiningdaromadlari; 4) Bir-biriga bog‘liq tovarlarning narxi; 5) Кelajakda narx va daromadlarningo‘zgarishi kutilishi. 2. Taklif tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Taklif qonuni Taklif deb, ishlab chiqaruvchilar ma’lum vaqt oralig‘ida narxninghar bir darajasida tovar yoki xizmatlarning bozorga sotishga chiqaradigan miqdoriga aytiladi43. Narx o‘zgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham o‘zgarishi sababli talab kabi taklifningham bir qator muqobil variantlari mavjud bo‘ladi. Taklif har xil narxlarda sotishga qancha miqdorda mahsulot chiqarilishini ko‘rsatadi. Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovar (taklif) miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Bu o‘zaro, to‘g‘ridan- to‘g‘ri bog‘liqlik taklif qonuni deyiladi44. Taklifga ta’sir qiluvchi omillarni alohida qarab chiqamiz. 1. Resurslarning narxi. Ishlab chiqarish xarajatlari va taklif o‘rtasida mustahkam o‘zaro bog‘liqlik mavjud. Resurs narxlarining pasayishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va taklifni oshiradi. Aksincha, resurslarga narxning oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Masalan, mineral o‘g‘itlar narxining pasayishi bug‘doy taklifini oshiradi, yomg‘irlatib sug‘orish xarajatlarining oshishi makkajo‘xori doni taklifini qisqartiradi. 2. Ishlab chiqarish texnologiyasi. Texnologiyalarning takomillashuvi mahsulot birligini ancha samarali ishlab chiqarishga imkon beradi. Resurslarning mavjud narxida ishlab chiqarish xarajatlari kamayadi va taklif ko‘payadi. Masalan, paxta zararkunandalariga qarshi kurashishning ancha samarali biologik usullarning yaratilishi paxta tolasining miqdorini va sifatini, binobarin taklifini oshiradi. 3. Soliqlar va dotatsiyalar darajasi.Кo‘pchilik soliqlar ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiradi. Shu sababli, soliqlarning oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Masalan, import tovarlarga boj to‘lovlarining oshishi uning taklifini qisqartiradi. Aksincha, davlat qandaydir tovar ishlab chiqarish yoki biror sohaga subsidiya bersa, bu amalda xarajatlarni kamaytiradi va uning taklifini oshiradi. 4. Boshqa tovar narxi. Boshqa tovarlar narxiningo‘zgarishi ham mazkur tovar taklifini o‘zgartiradi. Masalan, qo‘y go‘shti narxining pasayishi mol go‘shti taklifini oshiradi. Aksincha, mol go‘shti narxining tushishi qo‘y go‘shti taklifini oshiradi. 5. Narx o‘zgarishining kutilishi.Кelgusida mahsulot narxi o‘zgarishining kutilishi ham ishlab chiqaruvchining bugungi kundagi bozorga mahsulot yetkazib berish xohishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, kelajakda neft narxining keskin pasayishining kutilishi neftning taklifini kamaytiradi. 6. Ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) soni. Tovar ishlab chiqaruvchilar qanchalik ko‘p bo‘lsa, taklif qilinadigan mahsulot miqdori shunchalik ko‘p bo‘ladi. Tarmoqdagi ishlab chiqaruvchilar soni ortib borishi taklifni ko‘paytiradi, chunki tovar ishlab chiqarish ko‘payadi. Yüklə 0,54 Mb. Dostları ilə paylaş: |