Hozirgi zamon puli tovarlarni ayriboshlashda umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi, umumko‘pchilik tomonidan tan olingan va davlat tomonidan qonunlashtirilgan vositadir. Pul tovar muomalasi doirasidan tashqarida ham amal qila boshlaydi: pul rentasi, pul soliqlari vujudga keladi, natural majburiyatlar pul majburiyatlariga aylanadi.
Shu tariqa pul ishlab chiqarish va muomala jarayonida bir qator vazifalarni bajaradi: 1. Qiymat o‘lchovi. 2. Muomala vositasi. 3. Boylik to‘plash vositasi. 4. To‘lovvositasi.
Pul massasini naqd pulga aylantirish imkoniyati turlicha bo‘lib, faqat naqd pulni xohlagan maqsadda ishlatish mumkin.
Pul – bu ayriboshlashning umumiy tan olingan vositasi. Bu yerda «umumiy tan olingan»22 so‘ziga e’tiborni qaratish juda muhim.
Shunday qilib, tovar ayriboshlash, ishlab chiqarish va pulning kelib chiqishi hamda tovar - pul muomalasining rivojlanishi bozor va bozor iqtisodiyotining kelib chiqishiga sabab bo‘ldi va uning rivojlanishiga shart-sharoit yaratdi.
1.Bozor iqtisodiyotining vujudga kelishi va uning asosiy modellari Кishilik jamiyati tarixiy taraqqiyoti davomida tovar xo‘jaligi negizida bozor iqtisodiyoti vujudga kelib, u borgan sari rivojlanib borishini ko‘rsatdi. XVII–XVIII asrlarga kelib, insoniyat xususiy mulkchilikka asoslangan bozor iqtisodiyotiga o‘tdi. Iqtisodiyotda unga xos bo‘lgan tub belgilar sekin-asta shakllanib, pirovard natijada hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga xos yaxlit iqtisodiy tizim tashkil topdi.
O‘zining yorqinligi, samaradorligi, erishgan yutuqlari bilan jahon iqtisodiyoti taraqqiyoti tarixiga kirgan modellar «Amerika», «Yaponiya», «Germaniya», «Shvetsiya», «Janubiy Кoreya», «Xitoy» modeli va boshqalar hisoblanadi.
«AQSH modeli» liberal model sifatida tavsiflanadi. Amerikacha andozaningo‘ziga xos xususiyati uning tadbirkorlikni aholi orasida keng yoyishga, ommaviylikka erishishni ta’minlashga asoslanganligidadir. U jamiyat a’zolaridan har birining ishbilarmonlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiy faoliyatni, xususiy manfaatdorlikni oshirish uchun keng shart-sharoit yaratishga qaratilgan.