«Yaponcha model» – bu ikkinchi jahon urushida vayronaga aylangan mamlakat aholisiningqattiq mehnati hisobiga, hokimiyatni har tomonlama va so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashi, vatanparvarlik tuyg‘usi asosida yaratilgan.
«Shved model» – uning boshqa modellardan farqqiluvchi xususiyati ijtimoiy yo‘naltirilganligi, mulkdagi notenglikni qisqartirishga qaratilganligidir. Aholining kam ta’minlangan qatlami himoya qilinadi. Ishsizlikni kamaytirish chora-tadbirlari ko‘riladi. Bu andozaning shakllanishida Shvetsiyaning tarixan iqtisodiy jihatdan yuksak rivojlanganligi va kasaba uyushmalarining jamiyatda, ayniqsa ishlab chiqarishda katta o‘rin tutishi alohida ahamiyatga ega bo‘lgan.
«Nemis model» – ijtimoiy yo‘naltirilganligi bilan ajralib turadi. Ijtimoiy bozor iqtisodiyotining bosh g‘oyasi LyudvigErxardga (1897–1977) tegishli.
Dastlab, Erxard industriallashtirish rejasini ishlab chiqdi. Unda sanoat mahsulotini 1936-yilga nisbatan 65%, 1938-yilga nisbatan esa 50-55% ga ko‘paytirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari pul islohoti, narx-navo islohoti o‘tkazish, davlatning iqtisodiyotdagi aralashuvdarajasiga alohida e’tibor qaratilgan.
«Xitoy modeli» – iqtisodiyotni qayta qurish qishloq xo‘jaligini islohqilishdan boshlandi. Qishloq xo‘jaligida xalq kommunallari asosiy xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘lib, davlat pudrat tizimi barpo qilindi. Bu tadbirlar 1984-yil oxiriga kelib yakunlandi.
Bozor iqtisodiyoti – xususiy mulk ustuvorlikka ega bo‘lgan, iqtisodiy jarayonlar bozor mexanizmi yordamida uyg‘unlashtiriladigan va tartibga solinadigan iqtisodiy tizimdir. Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanadi, uning negizida tovar va pulning turli shakllaridagi harakati yotadi, iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Hozirgi zamon iqtisodiy nazariyalarida bozor iqtisodiyoti deganda bozor xo‘jaligi subyektlari iqtisodiy xatti-harakatlariningerkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning tovar-pul mexanizmi orqali bir-biriga bog‘lanib muvofiqlashuvi tushiniladi. Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari uning butun tizimni, takror ishlab chiqarish bosqichlari va jarayonlarini hamda iqtisodiy munosabatlarining barcha subyektlarini qamrab oladi.
Bozor iqtisodiyoti subyektlari tarkibi turli - tuman bo‘lib, uning barcha subyektlari uch turga ajratiladi.