J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan


-mavzu NARX VA UNING SHAKLLANISHI



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə52/55
tarix07.04.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#94277
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedra

14-mavzu

NARX VA UNING SHAKLLANISHI



1. Narxning mazmuni va vazifalari
Bozor iqtisodiyotida narx butun tizimni harakatga keltiruvchi asosiy harakatlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Tovarlar narxi bozor mexanizmining asosiy iqtisodiy dastagi hisoblanadi.
Ayni vaqtda ishlab chiqaruvchi va iste’molchilar (sotuvchi va xaridor)ning, tadbirkorlar, butun jamiyat va davlatning iqtisodiy manfaatlari narx orqali ro‘yobga chiqariladi. Bu narxning mazmuniga turlicha qarashlarni qaror toptiradi.
Narxning mazmuniga turli qarashlardan A.Marshall tomo­nidan sintezlashtiriladi.
A.Marshall narxga keyingi naflilik, ishlab chiqarish xa­rajatlari hamda talab va taklif nisbatining pulda mujassam­lashishi sifatida qaraydi.
A. Marshall o‘zining narx konsepsiyasida A.Smit, D.Rikar­do, J.B.Sey, Bem-Bavrik va boshqalarning nazariyalariga tayanadi hamda ularni umumlashtiradi.
U o‘z qarashlarida keyingi qo‘shilgan naflilik, ishlab chiqarish xarajatlari, talab va taklif nazariyasini uyg‘un­lash­tirib narxning mazmunini ochishga harakat qiladi. U qiy­matning amal qilishini inkor qilib, faqat almashuvqiymatni tan oladi. Uning fikri bo‘yicha shu almashuvqiymat – narxdir.
A. Marshall fikricha narx – bu tovar va xizmatlarning foydaliligini, ya’ni kishilarga naf keltirishini baholash vositasi bo‘lib, tovar birligi uchun to‘lanadigan pul miqdori bilan o‘lchanadi.
Bunda ikki xil narxni ajratib ko‘rsatishadi.
a) talab narxi. Bu – narx har bir tovar birligining xari­dorlarni o‘ziga jalb qila olish qobiliyatidir, istaklar ko‘paysa u ortadi.
b) taklif narxi – bu tovarning sotuvga kelib tushgan narxidir.
Narx – talab va taklifning muayyan nisbatida, tovar (xiz­mati)ni ishlab chiqarishga ketgan iqtisodiy resurs xarajatlari hamda uning nafliligining pul ko‘rinishida mujassam­lash­tiradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx bir qator vazifalarni bajaradi:

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin