J: Iskandarning Arastu (yoki boshqa hakimlar) bilan savol-javoblari tariqasidagi hikmatlari 43. Doston qaysi voqea bilan boshlanadi? J: Faylaqusning Iskandarni topib olishi bilan 44. Unga kim ustozlik qiladi? J: Naqumohis (Arastuning otasi) 45. Iskandar kimning vasiyati bilan taxtga òtiradi? J: Otasining 46. U paytda qayer Faylaqusning qòl ostida edi? J: Rum ahli 47. Ammo jahonning katta qismi kimga qarar edi?
J: Doroga 48. Faylaqus Doroga har yili qancha boj tòlar edi? J: Ming tilla tuxumdan iborat 49. Iskandarning davrida necha yil ichida Rumning boyliklari otasi davridagidan òn marta kòproq bòldi? J: Uch yil ichida 50. Amma u boj sòrab kelgan elchilarga nima deb javob beradi? J:" Tilla tuxum tuģadigan qushlar uchib ketdi" deb 51. Doro esa unga elchilari orqali nima yuboradi? J: Chavgon bilan tòp-koptok, bir idishni tòldirib kunjut 52. Buning ma'nosi nima edi? J: "Sen yosh bolasan, bolalar esa mana shu narsalar bilan ovunib yurishi lozim. Mening askarlarim kunjut donalari singari behisob." Degani edi 53. Iskandar Doroga qanday javob qaytaradi? J: " Olimlar yer yuzining gòyo (koptok) singari yumoloq ekanini aniqlashgan. Demak, Doro menga yer yuzini in'om etibdi. Chavgon esa uni boshqarish ramzidir. Kunjutlarni u menga qushlarimning ozuqasi sifatida yuboribdi" deb 54. Iskandar va Doroning jangining ertasi kuni Iskandarga nima topshiriladi? J: Maxfiy xat 55. Doroga kim suiqasd qilishadi? J: Òzining xos navkarlari 56. Doro Iskandardan qanday iltimoslar qiladi? J: - suiqasd qilganlarni jazolash