6. Mashrabning asarlari qisman turli bayoz va tazkiralar, asosan, qanday nomlar ostida xalq orasida qoʻlyozma va toshbosma shaklida tarqalgan qissalari orqali yetib kelgan? Javob: «Devoni Mashrab», «Devonayi Mashrab», «Eshoni Mashrab», «Hazrati Shoh Mashrab» 7. Mashrabning onasi kim va u qanday kasb bilan oila tebratgan? Javob: Bibi Salima ip yigirish 8. Boborahim Mashrab kimning qoʻlida din va falsafa tarixini, fors tilini oʻrganadi? Javob: Soʻfi Eshon mullo Bozor Oxund 9. Taxminan 1665-yillardan 7-8 yil davomida kimning huzurida muridlik maktabini oʻtaydi? Javob: qashqarlik Hidoyatullo Ofoq Xoja eshon 10. Boborahim Mashrabning qattiq jazolanishi hamda pir dargohidan quvilishiga sabab nima? Javob: Kanizakka koʻngil qoʻyishi 11. Ikki tilda ijod qilgan adiblar? Javob: Navoiy, Turdi Farogʻiy, Fuzuliy, Nodira, Lutfiy, Boborahim Mashrab 12. Mashrab sheʼriyatning qanday janrlarida ijod qilgan? Javob: mulamma, mustazod, muxammas, musaddas, musabba' 13. Mashrabning shuhratini oshirgan janrlar qaysi? Javob: gʻazal va murabbaʼ 14. Mashrab gʻazallari va murabba’larida asosiy yoʻnalish qaysi? Javob: ishq-muhabbat 15. Kimning asarlari tilining sodda va jonliligi, oʻzbekona soʻzlarning tabiiy va samimiy jarangi, xalqona ifodalarga, ayniqsa, maqol va iboralarga boyligi bilan ajralib turadi? Javob: Boborahim Mashrab 16. Shoir asarlarining salmoqli qismi qaysi sanʼatning yorqin namunasi hisoblanadi? Javob: Sahli mumtane 17. Mashrab sheʼrlarida nimalar katta oʻrin tutadi? Javob: ijtimoiy muammolar talqini va tanqidi 18. Qaysi adib oʻzbek tasavvuf adabiyotini yangi bosqichga olib chiqqan?