Javob: «Aks-sado», «Qaytish», «Tasvir», «Xotirot», «Koʻzlar», «Tavba», «Sabr daraxti», «Sukunat», «Sakina», «Soʻngi vido». 4. Shoir ijodida qanday adabiy mavzular yetakchilik qiladi?
Javob: inson erki, Vatan ozodligi, Turkiston yodi, muhabbat tuygʻusi 5. Shoir oʻz quvonchlari, dard-u alami ifodasida koʻpincha nimaga murojaat qiladi? Javob: tabiat unsurlariga 6. Rauf Parfi kimning asarlarini tarjima qilgan? Javob: Bayronning «Manfred», Nozim Hikmatning «Inson manzaralari», Karlo Kaladzening «Dengiz xayoli», A.Tvardovskiyning «Zaytun novdasi» 7. Rauf Parfining qaysi sheʼrida quyosh zambarak deya taʼriflangan? Javob: «Tong otmoqda» 8. Qaysi sheʼrida shoirning umidlari, yorqin tuygʻulari ifodasini topgan? Javob: «Tong otmoqda» 9. «Tong otmoqda» sheʼrida quyoshning nurlari nimaga qiyoslangan? Javob: oʻqqa 10. Shoir oʻz qalb kechinmalarini ifodalashda tabiatga murojaat qilishini qaysi sheʼrida koʻrish mumkin? Javob: «Yomgʻir yogʻar» 11. Koʻngil hodisasi nima? Javob: Sheʼr 12. «Yomgʻir yogʻar, shigʻalab yogʻar» misrasi necha marta qoʻllanilgan? Javob: 6 marta 13. Rauf Parfi oʻz sheʼrida qanday badiiy sanʼatlardan mohirona foydalangan? Javob: takrir, tavzeʼ, tazod 14. Rauf Parfi sheʼriyat maydoniga qachon kirib kelgan? Javob: XX asarning 60-yillarida 15. «Yomgʻir yogʻar» sheʼrida nima «meni asir etadi» deyilgan? Javob: Yomgʻir 16. Qaysi shoir qaysi sheʼrida «Chigirtkalar chirillar chunon» degan misrasida “Ch” tovushining nazorati mitti hasharotlar kuylayotgan kuy nafosatiga qoʻshiladi? Javob: Rauf Parfining «Yoz kechasi»