Javob: turmush oʻrtogʻi – Zohidxoʻjani 7. Qaysi asarida esa uning «Oʻratepadan yalangoyoq yetim kelgʻan»ini koʻrsatib oʻtadi? Javob: «Debocha» 8. Anbar Otinning farzandlari? Javob: Moʻminxoʻja, Bibixon, Usmonxoʻja, Ominaxon 9. Anbar Otinning qaysi farzandi yoshligida vafot etgan? Javob: Ominaxon 10. Anbar Otin qaysi maktabda taʼlim olgan? Javob: Dilshod Otin 11. «Anbaroy bugʻdoyrang, sunbul sochli, ohu koʻz, oy yuzli, axloqi hamida va odobi pisandida sohibidur....» deya Anbar Otinni kim taʼriflaydi? Javob: Dilshod Barno 12. Anbar otin necha yoshida Navoiy gʻazallarini oʻrganishga behad qiziqadi? Javob: 8 yoshida 13. Anbar Otin qaysi tillarda ijod qilgan? Javob: oʻzbek va tojik 14. Anbar Otin sheʼrlarida kimning taʼsiri sezilib turadi? Javob: Uvaysiy 15. Anbar otin kimni “momom” deb tilga oladi? Javob: Uvaysiyni 16. Anbar Otin qiziqqan ijodiy davraning nomi? Javob: «Haziniy toʻdasi» 17. Anbar Otin sheʼrlarida kimlarga murojaat qilgan, ular bilan bahslashgan? Javob: Muqimiy, Furqat, Kamiy, Zavqiy, Shavqiy 18.Shoira yotib qolganiga nima sabab bo'lganini aytadi? Javob: Bir yig'inda haqni aytib zinadan quvlanganida yiqilib oyog'i chiqib ketganini 19. Shoira ijodidagi eng go'zal adabiy kashfiyot? Javob: "Qarolar falsafasi" 20. «Qarolar falsalasi» tarixda qanday nom bilan saqlanib qolgan? Javob: “Risolayi falsafayi siyohon” 21. Shoira shaxsiyatidagi ijtimoiy jurʼat va jasoratning, yetuk salohiyat va ijodiy barkamollikning goʻzal namunasi boʻlgan asar qaysi?