J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro moliya munosabatlari


 -rasm. Xalqaro fond bozorida yevroobligatsiyalarning shakllanish



Yüklə 3,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/170
tarix16.12.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#180865
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   170
Xalqaro Moliya munjsabatlari. Ataniyazov J.X

11.3 -rasm. Xalqaro fond bozorida yevroobligatsiyalarning shakllanish
mexanizmi.
281


Ikkinchidan, d ie t el obiigatsiyalari joylashtiriladigan m am - 
lakatda ro'yxatga olinadi, uning nominal qiymatijoylashtiriladigan 
m am lakat uchun milliy valutada bo'ladi, u faqat joylashtiriladigan 
m amlakat fond bozorida muomalada bo'ladi. Yevroobligatsiyalar 
esa, m a ’lum bir mamlakatga ro'yxatga olinm asdan joylashtirila- 
di, bir vaqtning o'zida bir necha mam lakatlar fond bozorlarida 
m uom alada bo'lishi m um kin, shuningdek, obligatsiya nominali 
ko:rsatilgan milliy voki xalqaro valutaning xususiyati em itentining 
milliy xususiyatlari mos kelmasligi lozim. Yevroobligatsiyalarni 
dastlabki joylashtirish to'g'ridan to'g'ri emitent joylashgan m am - 
lakatning milliy fond bozorlarida amalga oshirilm asdan, balki 
xorijiy m am lakatlar milliy fond bozorlarida amalga oshiriladi va 
ular orqali emitent joylashgan mamlakat milliy fond bozorlariga 
kelib tushishi va muomalasi amalga oshirilishi m um kin.
Milliy fond bo/ori vositasi bo'lgan oddiy obligatsiyalar bilan 
xalqaro fond bo/ori ning maxsus vositasi bo'lgan yevroobligatsiya­
lar o'rtasidagi asosiy larqlar quyidagilarda namoyon bo'ladi:
— xalqaro 
anderrayter 
konsorsiumlari 
yoki 
investitsion 
banklarni o '/ ichiga oluvchi oddiy sindikatlar to m onidan bir vaqt­
ning o'zida bir necha mamlakatlarda yevroobligatsiyalar emissi- 
yasi amalga oshiriladi;
— sindikat tom onidan ko'rsatilgan hududlarda joylashtiril- 
gan yevroobligatsiyalar emissiyasi liech qaysi bir m am lakatdan 
ro'yxatdan o'tmaydi. Yevroobligatsiyalar muomalasi m a ’lum bir 
davlatning obligatsiyalar muomalasini tartibga solishning iqti- 
sodiy-huquqiy m e ’yorlari orqali tashkil etilmaydi, balki yevro­
obligatsiyalar asosati xalqaro huquqiy m e’yorlar bo'yicha tartibga 
solinadi;
— yevroobligatsiyalar bir vaqtning o'zida bir necha m a m - 
lakatlarga yoki turli mam lakatlar fond bozorlariga joylashtiriladi. 
Xorijiy investorlar o'zlarining mahalliy birjalaridan yevroobli­
gatsiyalarni sotib olishlari m um kin. Shuningdek, emitent m a m ­
lakat investorlari boshqa m am lakatlar orqali o'z fond bozorlariga 
yetib kelgan yevroobligatsiyalarga egalik qilishadi;
282


— 
oddiy obligatsiyalardan farqli ravishda yevroobligatsiya 
nom inali bo‘yicba to ‘lanadigan foizdan «daromad manbai silali 
da» soliq undirilm aydi. 0 ‘zining yuqori d aro m ad ini soliqqa torti- 
lishidan olib qochib, u n i sir saqlaydigan o m o n atchin i Fransiyada 
«belgiyalik dantist» deb h am atashadi.
Yevroobligatsiyalar bozori transm illiy korporatsiyalarning o ‘rta 
va uzoq muddatli investitsiyalarini moliyalashtirishning m uhim
m an b alard an hisoblanadi. Davlatlar odatda budjet d arom adlari- 
ni ko‘paytirish va davlat qarzlarini qayta moliyalashtirish uchun 
yevroobligatsiyalardan foydalanishadi.
Yevroobligatsiyalarning oddiy konvertirlanadigan shakli ham
mavjud b o ‘lib, m a ’lum bir belgilangan m u d d atdan keyin, emitent 
kompaniya aksiyalariga ularni almashtirish sharti bilan chiqarila- 
di. Bunday yevroobligatsiyalar egasi emitent kompaniya faoliya- 
tining foydalilik darajasi ortadi, degan tax m in bilan ularni sotib 
oladi. C h u nk i odatd a, konvertatsiya davrigacha yevroobligatsiya­
lar bo‘vicha foiz to ‘lovlari amalga oshirilmaydi.
Jahon yevroaksiyalar bozori 1983-yildan sinditsiyalashgan 
kreditlash amaliyoti bilan birga rivojlana boshladi, biroq ularning 
emissiyasi yevroobligatsiyalarga nisbatan ju d a kam. Yevroaksi- 
yalarga konvertirlanadigan yevroobligatsiyalarning muom alaga 
chiqarilishi ja h o n q im m atli qog‘ozlar bozorida m azk u r turdagi 
segm entlarning o £zaro integratsiyasini kuchaytirdi.
Yevrotijorat veksellari — foiz stavkasi yevrodollar depozit ser- 
tifikatlari b o ‘yicha olingan (odatda o ‘rtacha 0,25%), 3—6 oylik 
m uddatga yevrovalutada rasmiylashtirilgan hujjatli veksellardir. 
Yevroveksellar o ‘rta m uddatli qarz m unosabatini ifodalovchi q im ­
matli qog‘ozlar hisoblanadi.
U m u m a n olganda, yevroveksellar bozori hajm jih a td a n ju d a 
kichik, 1981-yildan boshlab rivojlangan. Yevroveksellar 1984-yil- 
d an emissiya qilib kelinmoqda.
Yevrovaluta depozit sertifikatlari — o m o n atch in in g depozitini 
va unga tegishli foizlarni olish huquqini tasdiqlovchi, yevrovalu­
ta d a q o ‘yilgan pul m ablag‘lari to ‘g‘risida b an klarn in g yozma
283


guvohnomalari. Yevrobozorda bu kabi sertifikatlar amaliyotda 
keng qo'llaniladi. Bu kabi depozit sertifikatlarining muddati 
30 ku n d an 3—5 yilgacha boMishi m um kin. Yevrobanklar no- 
minali 25 rning AQSH do]lari va u ndan yuqori bo'lgan depozit 
sertifikatlarini qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi bozorida so- 
tish imkoniyatini taqdim etgan holda turli ban k lar va xususiy 
korxona yoki tashkilotlar o'rtasida joylashtiradilar. Muomaladagi 
muddatli depozit sertifikatlari, odatda brokerlarga sotiladi yoki 
innossament bo'yicha boshqa shaxsga o'tkaziladi. Depozit sertifi­
katlari yevrobanklarda om onatlarni ko'paytirgan holda, ularning 
kreditlash imkoniyati oshiradi va yevrobozorning kengayishini 
rag'batlantiradi. Yevrovalutadagi depozit sertifikatlari bo'yicha 
foiz stavkasi yevrodollar depozitlariga nisbatan past boMsada, 
ularni ikkilamchi bozorda oson sotish m um kin.
Yevronotalar — suzuvchi foiz stavkadagi qisqa muddatli maj- 
buriyatlar hisoblanadi. 1980-yildan yevronotalar bilan operatsi- 
yalar amalga oshirib kelinmoqda. Ular b a’zan yevrobank kafolati 
bilan turli kreditlash vositalariga h am almashtirilishi m um kin.
Yevroobligatsiyalar va yevronotalar o ‘zaro bir-biridan farq 
qiladi. Yevroobligatsiyalar taqdim etuvchiga ko‘rinishida, ya’ni 
nomi yozilmasdan chiqariladigan qim matli qog‘oz hisoblanadi 
va savdo tizim larining depozitariylarida saqlanadi. Bunday nomi 
yozilmagan qimmatli qog‘ozlar odatda rivojlanayotgan m am - 
lakatlarga joylashtiriladi. Yevroobligatsiyalarni chiqaradigan emi- 
tentlarga qulaylik yaratish maqsadida ularning ta ’minoti uchun 
zaxira shakllantirilmaydi.
Yevronotalar nomi yozilgan qimmatli qog‘ozlar hisoblanadi va 
ular bozor iqtisodiyoti rivojlangan m am lakatlarda emissiya qili- 
nadi. Yevroobligatsiyalardan farqli ravishda yevronotalar ta’minoti 
uchun zaxira shakllantiriladi.
Yevropa ittifoqida bosqichma-bosqich yagona yevropa fond 
bozori shakllangan bo‘lib, bunda Yevropa ittifoqida joriy etilgan 
quyidagi tamoyillar asosiy rol o‘ynagan:
— b ank faoliyatini unifikatsiyalashga ruxsat berish;
284


— o ‘zaro axborot alm ashinishini va tadbirkorlik faoliyatini 
erkinlashtirish;
— bozor ishtirokchilarini mamlakatlarga qarashliligi bo'yicha 
nazorat qilish;
— birjalararo axborot almashishning yagona ti/.imi yaratilishi.
Yevropa ittifoqida yagona moliyaviy nuihilni shakllantirish
u ch u n m am lak a tla r moliya bozorlaridagi xususaii, milliy fond b o - 
zorlariga xos bo‘lgan quyidagi asosiv I'arqlar bosqichm a-bosqich 
b a r ta r a f etib borildi:
— birja operatsiyalarini milliy doirada tartibga solish (qim- 
matli qog‘ozlarni birja savdolariga qo‘yishga ruxsat berish, ax- 
borotlar oshkor etishga bo'lgan talahlar va h.k.);
— birjalarning operatsiyalar hajmi va milliy iqlisodiyotdagi roli;
— qim m atli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi 
institutsional investorlar, ya'ni sug'urta kompaniyalari, pensiya 
fondlari, investitsiya fondlari, b an k larn in g loud bozoridagi roli va 
o ‘rni bilan bog‘liq farqlar.
Yevropa ittifoqida yagona fond bozori tarkibi shakllantiril- 
gan b o ‘lib, u o ‘z ichiga aksiyalar, obligatsiyalar, davlat q im m a t­
li q og‘ozlari va hosila moliyaviy vositalar bilan operatsiyalarga 
ixtisoslashgan, hamkorlikda yangi tashkil etilgan qo‘sh m a birjalar 
(Yevropa birjasi, Xalqaro birja, L IF F I va boshq.) va qator seg- 
m entlarni oladi.
Yevropada tashkil etilgan yagona ssuda kapitallari va qim m atli 
qog‘ozlar bozorlari yevropa iqtisodiy integratsiyasini tashkil etish- 
da asosiy rol o ‘ynagan.
H ozirda ja h o n fond bozorlari infratuzilm asida quyidagi asosiy 
o ‘zgarishlar sodir b o lm o q d a :
Birinchidan, savdolarga xorijliklar ishtirok etishi uch u n ularga 
alohida savdo maydonchalari tashkil etilmoqda. Xususan, L o n ­
don fond birjasida yuzlab xalqaro investitsiya institutlari, 500 d an
ortiq xorijiy ban k lar savdo qilishmoqda, 60 dan ortiq m am lakat 
xalqaro kom paniyalarining aksiyalari birja listingi ro‘yxatida turib 
sotilm oqda.
285


Ikkinchidan, jah o n q im m alli qog‘ozlar bozorida banklar- 
ning roli boshqa moliyaviy vositachilar hisobiga qisqarayotgan 
boMsada, ular birjalarning ish vaqtlari tugab, yopilganda sav- 
dolar uzluksizligini t a ’minlovchi va an o n im ravishda qim m atli 
qog‘ozlar kotirovkasini amalga oshiruvchi xususiy elektron bro- 
kerlik tizimlarini h am d a moliyaviy vositalarning yangi turlarini 
yaratishmoqda.

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin