Xuddi (goyo) va -day (-dek) elementlari aslda boglovchi emas (boglovchi -ki), balki oxshatish yuklamalari bolganligidan, uslubiy talab bilan gapda ikki orinda qosha qollanmasligi –biri tushib qolishi ham mumkin. Qiyoslaylik: Uning oppoq nozik yuzi quyoshda shu qadar tiniq korindiki, guyo u nurdan yaratilganday. ...u nurdan yaratil-ganday. ... guyo u nurdan yaratilgan. Biroq -day, -dek, kabi, singarioxshatish shakllari boglovchi vazifasida kelganda, ergash gap shu vositalar bilan bosh gapga tutashganda, bu vositalarni tushirib bolmaydi. Masalan, Qalbim xuddi (guyo) bir narsani sezganday (-dek), uyga jonab ketdim gapida xuddi (guyo) shakllarini qollanmasligi mumkin, biroq, -day (dek)ning qollanishi zarur, chunki u boglovchi vazifasida kelgan.
Uslubiy talab bilan chogishtirish va oxshatish ergash gapli qosh-ma gaplarning komponentlari turlicha orinlashadi.
Agar ergash gap bosh gapga -sa, -guncha, -gan+dan kora, -sh (-ish) dan kora, kabi, singari, -day (-dek) boglovchilari bilan biriksa, birinchi orinda keladi va shu boglovchi vositalar ergash gapning kesimi tarkibida boladi.
-ki orqali biriksa, bosh gap birinchi, ergash gap ikkinchi orinda boladi. Oxshatish ergash gap bosh gapning ortasida kelishi ham mumkin. Bunda bosh gapning ega tarkibi alohida ahamiyat berib aytilganligi uchun oldinga kochiriladi: Onaxon, issiq yelkasiga birov muzdek qolini bosgandek, seskanib tushdi (Asq.M.). Yigit, xuddi birov turtgandek, birdan uygonib ketdi (P.T.). A'lamning qiyofasi, guyo bulut bosganday, ozgarib ketdi (O.).
Tahlil namunasi: Kichkinagina bola kuchli bir tuyaning boshiga noxta urib, uni istagan joyga olib borgani kabi, ta'ma va ochkuzlik ham yomon odamning buyniga arqon solib uni xohlagan joyga sudraydi ("K.D.").
1) ikkita gapdan tuzilgan,
2) birinchi gap ergash gap, ikkinchisi bosh gap,
3) ergash gap kabi boglovchisi orqali bosh gapga birikkan,